Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə15/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   161
Respublikasi

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar





  1. Axloqshunoslik va nafosatshunoslik fanlari nimalar haqida bahs yuritadi va qanday vazifalarni bajaradi?



1 Каримов И.А. «Соғлом авлод учун» орденини топшириш маросимида сўзланган нутқ // Унинг ўзи. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. Т. 2. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б. 208.

  1. Kasb axloqi va estetik faoliyat deganda nimani tushunasiz va u jamiyat rivojida qanday o‘rin tutadi?

  2. Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy va estetik faoliyati qanday tarkibiy tuzilishlarga ega?

  3. Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy munosabatlariga nimalar kiradi?

  4. «Etika» va «estetika» so‘zlarining lug‘aviy ma’nolarini aytib bering?

  5. «O‘zbekiston Respublikasi ichki idoralari xodimlarining kasb madaniyati» va «O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchi- larining Axloq kodeksi»ni o‘qing va yod oling.
    1. bob


HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHILAR KASB AXLOQI HAMDA ESTETIK MADANIYATIGA DOIR FIKRLAR TARAQQIYOTINING ASOSIY BOSQICH VA YO‘NALISHLARI
Huquq paydo bo‘lishi bilan uni amalga oshiruvchilar, keyinchalik esa butun bir huquqni himoya qiluvchi organlar tizimi yuzaga kelgan. Hozirgi kunda axloq va estetik tafakkurning kelib chiqishi, rivojlanishini o‘rganish va tushuntirish masalasida ikki xil tarzda, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya1 va sivilizatsiya2 nuqtai nazaridan talqin qilish mavjud.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tarafdorlari jamiyat rivojlanishini besh asosiy bosqichga: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal, kapitalistik, kommunistik tuzumlarga bo‘lib o‘rganishga chaqiradi. Shunga ko‘ra, axloq va estetik tafakkur ham bir-birlariga qarama-qarshi bo‘lgan qul va quldor, dehqon va feodal, proletar va burjuaziya axloqi va estetikasiga ajratiladi. Sinfiy kurash davomida mazlumlar axloqi va estetik qarashlar g‘olib chiqadi, deb uqtiriladi.
Axloq va estetik tafakkur tarixini sinfiy kurash g‘oyasiga asoslangan holda o‘rganadigan bo‘lsak, uni ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal, kapitalistik, kommunistik tuzum davrlari axloqi va estetikasi bosqichlariga bo‘lishimiz kerak bo‘ladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi axloq va estetik tafakkurga – ularning urug‘chilik xususiyati, sinfiy emasligi, qo‘pollik; quldorlik tuzumi davridagi axloq va estetik tafakkurga – ijtimoiy ong shaklini olganlik, sinfiylik, ijodkorlik; feodal tuzumidagisiga – din bilan birlashib ketganlik,


1 Formatsiya (lotincha formation – tashkil bo‘lish; shakl, ko‘rinish) biror narsaning muayyan taraqqiyot bosqichi, pog‘onasiga mos keluvchi tipi, tuzilishi. Ijtimoiy- iqtisodiy formatsiya kishilik jamiyati taraqqiyotidagi muayyan ishlab chiqarish usuli va unga bog‘liq ishlab chiqarish, ijtimoiy va siyosiy munosabatlar, huquqiy me’yorlar va mafkura bilan xarakterlanadigan tarixan shakllangan bosqich, davr.
2 Sivilizatsiya (fransuzcha civilization < lotincha civilis – fuqaroga xos, davlatga xos) moddiy va ma’naviy madaniyatning ijtimoiy taraqqiyotida erishilgan muayyan bosqich; madaniy taraqqiyot darajasi. Madaniyat, tamaddun. Madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi. Insoniyatning yovvoyilik va vahshiylik davridan keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. Qarang: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.IV. – Т., 2008. – Б.358, 441.
tabaqalarga bog‘lanib qolganlik; kapitalistik tuzum axloqi va estetik tafakkuriga – individualizm, xususiy mulkning axloqiy va estetik qadriyatga aylanganligi; kommunistik tuzum axloqi va estetik tafakkuriga
– proletar axloqi va estetik tafakkurining g‘alaba qilganligi xosdir.
Sinfiy kurash g‘oyasiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya nuqtai nazaridan yondashuvdagi asosiy xato bir butun xalqning, millatning axloqini sun’iy ravishda ikki qarama-qarshi tomonga ajratib talqin etishdan iborat. Shuning uchun ham biz bunday qarash va yondashuvlardan voz kechamiz, uni mustabid tuzum mafkurasining qoldig‘i deb hisoblaymiz.
Sivilizatsiya nuqtai nazaridan yondashuv esa har bir xalqning va millatning tarixiy makon va zamonda muayyan o‘rni borligini e’tirof etgan holda axloq va estetikani sinfiy qarama-qarshi tomonlarga ajratmasdan, qanday bo‘lsa shundayligicha o‘rganish zarurligini uqtiradi. Bu yondashuvga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchilarning axloqi va estetik tafakkuri taraqqiyotini antik davr, o‘rta asrlar davri, yangi davr va eng yangi davrlardan iborat asosiy bosqichlarga bo‘lib o‘rganishni eng maqbul prinsip deb hisoblaydi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə