Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Siyosiy o‘qish va uni o‘tkazish metodikasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə145/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   161
Respublikasi

Siyosiy o‘qish va uni o‘tkazish metodikasi. Siyosiy o‘qish – ma’rifat darslarining muhim turlaridan biri bo‘lib, unda shaxsiy tarkibga mamlakatdagi ichki ahvol va tashqi vaziyat haqida quyidagi masalalarga doir ma’lumotlar beriladi:

  1. mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayoti;

  2. davlatning tashqi siyosati va xalqaro ahvol;

  1. axloqiy, huquqiy masalalar, operativ xizmat faoliyatidagi yan- giliklar;

  2. fan, texnika, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat yangiliklari va h.k.

Siyosiy o‘qishning samarali bo‘lishi uchun quyidagi metodik qoidalarga amal qilish talab etiladi:

  1. siyosiy o‘qish uchun mavzu tanlaganda jamoaning diqqat-e’tiborini tortayotgan narsalar, voqea-hodisalarni inobatga olish, mavzuning nomi qisqa, ixcham va ma’noli bo‘lishiga harakat qilish kerak;

  2. siyosiy o‘qishning bosh g‘oyasi, asosiy maqsadini aniqlab olish zarur;

  3. siyosiy o‘qish uchun qancha vaqt ajratilganligini bilib olish va shunga qarab ishni aniq rejalashtirish lozim;

  4. siyosiy axborot uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, tartibga solish, shu asosda reja tuzish, konspekt yoki tezislar yozish kerak;

  5. siyosiy o‘qishni o‘tkazishda uning so‘zlab berish, suhbat o‘tkazish, voqealar obzori kabi shakllaridan birini tanlash joiz.

So‘zlab berish mavzuni jonli va ifodali qilib bayon qilish shakllaridan biri bo‘lib, unda axborotchi aytilayotgan voqealarga nisbatan erkin tarzda, tinglovchini o‘z fikriga qo‘shilishga majburlamasdan o‘z mulohazalarini bayon etadi, asoslaydi, tavsiyalar beradi.
Suhbat tinglovchilarni muayyan mavzudagi bahs-munozaralarga jalb qilish bo‘lib, ko‘pincha savol-javob tariqasida o‘tkaziladi. Bunday tarzda berilgan axborot tinglovchilarning faol ishtiroki tufayli qiziqish bilan qabul qilinadi va xotiradan mustahkam o‘rin oladi.
Voqealar obzori bo‘lib o‘tayotgan voqea-hodisalarni umumlashtirib sharhlashdan iborat. U umumiy xususiyatga ega bo‘lishi yoki muayyan mavzuga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin.
Siyosiy o‘qish shaxsiy tarkib orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishning og‘zaki shakli bo‘lib, u orqali har bir xodim dunyo voqealaridan, mamlakatning ichki va tashqi siyosatidan, fan-texnika va madaniyat yutuqlaridan bahramand bo‘ladi. Uning yordamida shaxsiy tarkib siyosiy ongining, mamlakat hukumati qo‘ygan vazifalarni bajarishdagi jangovar qobiliyatining tobora oshib borishiga erishiladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə