Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə153/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   161
Respublikasi

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar





    1. Ma’naviyat deganda nimani tushunasiz?

    2. Ma’rifat deganda nimani tushunasiz?

    3. O‘zini va o‘zligini anglash ichki ishlar idoralari xodimlariga nima uchun kerak?

    4. Ma’naviyat va ma’rifat ishlarini tashkil qilish ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat faoliyatida qanday ahamiyat kasb etadi?

    5. Ma’rifat darslarining turlarini aytib bering.

    6. Ma’ruza o‘qish metodikasi haqida bahs-mulohaza yuriting.

    7. Siyosiy o‘qish nima uchun kerak?

    8. Davra suhbati, savol-javob kechalarini o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?

    9. Yakka tartibda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish deb nimaga aytiladi?

    10. Yakka tartibda ta’lim tarbiya ishlarini olib borishning usullari va shakllarini sanab bering.

    11. Yakka tartibda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishga mas’ul bo‘lgan boshliq va rahbar xodimlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov: «Ma’naviy barkamol inson o‘zining savobli ishlari bilan kechirgan hayotidan rozi ketadi», – deganda nimalarni nazarda tutadi? Shu haqda o‘z fikr-mulohazalaringizni aytib bering.

I l o v a


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING KASB MADANIYATI


      1. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb madaniyatining tushunchasi va mohiyati


  1. Ichki ishlar idoralari xodimlarida yuksak madaniyatni kamol toptirish, ular ongiga milliy mafkurani singdirish,ularni boy madaniy merosimiz va tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jasur, mard, fidoyi va vatanparvar xodimlarni shakllantirish kasb madaniyatining muhim vazifalaridir.

  2. Kasb madaniyatiga ega xodim deganda, o‘z kasbini ardoqlaydigan va vazifasini ongli ravishda bekamu ko‘st bajaradigan huquqiy madaniyat sohibi, ma’naviy yetuk, jismonan baquvvat, odobli, bilimli, tajribali, o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘lagan, mamlakat hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati va maqsadini teran anglagan holda uning faol ishtirokchisi sifatida o‘zini namoyon etadigan xodim tushuniladi. Ichki ishlar idoralari xizmatiga qabul qilingan yosh xodimlar esa ushbu ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari talab etiladi.

  3. Ichki ishlar idoralari xodimlari yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni hamda qonun ustuvorligini ta’minlashni oliy maqsad deb hisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga qat’iy rioya qiladi va ularning hayotga tatbiq qilinishini ta’minlaydi.

Ichki ishlar idoralari xodimi o‘z xalqiga sadoqati, kasbiga fidoyiligi, mustaqil fikrlashi, izlanuvchanligi va intiluvchanligi bilan haqli ravishda faxrlanadi.

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘zining ma’naviy va ma’rifiy yetukligi, yuksak siyosiy ongi, madaniyati, yurish-turishi, kiyinishi, muomalasi, axloq-odobi bilan yosh avlod qalbida o‘zlariga nisbatan havas uyg‘otishga intiladi.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyati haqidagi qo‘llanma har bir xodimning Vatan ravnaqi uchun xizmat qilishdek ulug‘ va olijanob maqsadga intilishini, jasurlik va fidoyilik bilan el-yurtga xizmat qilishini belgilovchi dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

      1. Yüklə 0,64 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə