Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Xodimlarning xizmat kiyimlarini kiyish va o‘zaro muomala madaniyati



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə155/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   161
Respublikasi

Xodimlarning xizmat kiyimlarini kiyish va o‘zaro muomala madaniyati


  1. Xodimlar xizmat jarayonida xizmat kiyimlarini bo‘y-bastiga mos, dazmollangan, tugmalari qadalgan, mavsumga qarab toza va ozoda kiyishga, farqlovchi belgilarni (pogon, shevron va h.k.), davlat mukofotlari va ichki ishlar idoralari ko‘krak nishonlarini o‘rnatilgan tartibda taqib yurish qoidasiga qat’iy amal qiladilar.

Xodim xizmat vaqtida va xizmat kiyimida spirtli ichimlik iste’mol qilmaydi.

  1. Xizmat kiyimida yurganda unvoni kichik xodim unvoni katta xodimga birinchi bo‘lib harbiycha salom beradi. Salomni baland ovozda aniq va tushunarli tarzda berishlari kerak. Saf oldidan o‘tayotganda O‘zbekiston Respublikasi Umumharbiy nizomlari asosida harbiycha salom beriladi.

  2. Xodim xizmat kiyimida noo‘rin xatti-harakatlarni qilmasligi lozim (qo‘lni qoringa qo‘yib, quchoqlashib yoki o‘pishib salomlashish, pista chaqish va h.k.)

  3. Xodimlarning o‘z hamkasblari bilan so‘zlashish odobi va muomalasi xodimning xizmatdoshlar orasidagi nufuzini belgilaydi. Xodim xizmatdoshlari bilan kattalarga hurmat, kichiklarga izzat va tengdoshlariga ehtirom tarzida samimiy so‘zlashadi. O‘zaro muloqotda kamtar, muloyim, bosiq, vazmin va samimiy bo‘ladi. So‘zlarni aniq, ravon va tushunarli talaffuzda, shoshilmasdan, ifodali bayon etadi. Hamkasblari va boshliqlariga ularning unvonini aytib murojaat qiladi. Rahbarlar tomonidan berilgan topshiriqlarni diqqat bilan tinglaydi. Boshliqlari va o‘zidan katta unvondagi xodimlar bilan munosabatda o‘zini vazmin tutadi.

  4. Xizmatdoshlar bilan so‘zlashayotganda bir-birlarining shaxsiyatiga tegadigan qo‘pol so‘zlar aytmaydi. Yoshi kattalarning so‘zini bo‘lmaydi, tengdoshlari va kichiklarning so‘zini oxirigacha tinglaganidan so‘ng, o‘z fikrini aniq va to‘liq bayon etadi.

  5. Rahbar bilan suhbatlashganda undan oldin so‘zlamaydi va gapini diqqat bilan eshitib, keyin javob qaytaradi. O‘z fikr-mulohazasini rahbar so‘zini tugatganidan so‘ng bildiradi.

  6. Rahbar xonaga kirib kelsa, xodim darhol o‘rnidan turib kutib oladi, agarda rahbar o‘tirgan bo‘lsa, xodim yonida tik turadi, ruxsat bersa o‘tirishi

mumkin. Yurib ketayotganda uning oldiga o‘tib olmaydi. Uning oldida ochiq chehra bilan o‘tiradi. Rahbaridan tanqid eshitganida o‘zini bosiq, vazmin tutadi. Rahbar tomonidan aytilgan tanbehni to‘g‘ri qabul qiladi hamda kamchiliklarni bartaraf etish chorasini ko‘radi. Kelgusida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini takrorlamaydi.

  1. Unvoni yuqori xodim, qaysi lavozimda xizmat qilishidan qat’i nazar, unvoni kichik xodim tomonidan xizmat kiyimini kiyish tartib- qoidalari va boshqa tartibbuzarlik holatlarini ko‘rsa, tanbeh berib, uni bartaraf etish choralarini ko‘rishi, unvoni kichik xodim esa tanbehni to‘g‘ri qabul qilib, kamchiliklarni bartaraf etishi lozim.

Shuningdek, unvoni yuqori xodim jamoat tartibi yoki yo‘l harakati qoidalarini buzayotgan vaqtda xizmat vazifasini bajarayotgan unvoni kichik xodim tomonidan qo‘yilayotgan qonuniy talablarni bajarishi hamda sodir etayotgan huquqbuzarlikni to‘xtatishi shart.

  1. Xizmat telefonidan foydalanganda lavozimi, unvoni va familiyasini aytib, suhbatdoshiga o‘zini tanishtiradi. Suhbatdoshi bilan faqat xizmat doirasidagi masalalar bo‘yicha so‘zlashadi, qo‘pol muomalada bo‘lmaydi. Fuqarolar bilan so‘zlashganida xizmat faoliyatiga oid tarqatilishi cheklangan ma’lumotlar haqida gapirmaydi. O‘z fikrini qisqa, aniq va lo‘nda bayon etadi. Xizmat xonasi va joyida faqat xizmatga doir ishlar bilan band bo‘ladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə