Idishdagi monometrik va absolyut bosimni aniklash. Ishdan maqsad



Yüklə 379,1 Kb.
səhifə5/14
tarix27.09.2023
ölçüsü379,1 Kb.
#123942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Gidravlika tajriba ishi

TAJRIBA NATIJALARINI HISOBLASH
1. Kinematik qovushqoqlik koeffitsiyenti quyidagi jadvaldan aniqlanadi.
2.1-jadval

Suv harorati 0C

0

5

10

15

20

25

Kinematik
qovushqoqlik
koef. , sm2/s

0.0178

0.015

0.0131

0.0114

0.0102

0.0090

Suvning kinematik qovushqoqlik koeffitsiyenti haroratiga bog‘liq holda quyidagi formula yordamida topiladi:


; (2.2)
t – suv harorati 0S.
2. Suv sarfi (sm3/s) formula yordamida aniqlanadi.
t – o‘lchagichdagi V hajmning oqish vaqti.
V – o‘lchov bakidagi suv hajmi.
3. Quvurda suyuqlik harakati o‘rtacha tezligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
, (sm/s)
bu yerda ω – quvur kesimi sm2

d – shisha quvur diametri sm.
4. Ma’lum bo‘lgan d, v, υ lar orqali har bir tajriba uchun Reynolds soni hisoblanadi.

1. O’lchovlar va hisoblar 2.2-jadvalga yoziladi.
2.2-jadval

t/r


O’lchovlar
ma’lumoti.

Hisoblar
ma’lumoti

Xarakat tartibi

Doimiy kattalik
d = 2,5sm

V

t

Q



Re

sm3

s

sm3/s

sm/s

1

2

3

4

5

6

7

8

1






















2






















3























SINOV SAVOLLARI:

  1. Suyuqlikning laminar va turbulent tartibli harakatini tasvirlab bering?

  2. Qanday kattalik suyuqlik harakati tartibini aniqlash uchun xizmat qiladi?

  3. Reynolds soni qanday hisoblanadi?

  4. Suyuqlik qovushqoqligi qanday kattaliklarga bog‘liq?

  5. Tajribada qanday qilib suyuqlik sarfi va o‘rtacha tezligi aniqlanadi?



3 - TAJRIBA ISHI
BERNULLI TENGLAMASINI TAJRIBA YORDAMIDA O’RGANISH
ISHDAN MAQSAD:
1. Tajriba asosida oqimning har xil kesimlarida potensial (p’ezometrik bosim), solishtirma kinetik energiya (tezlik bosimlar) va to‘liq solishtirma energiya (gidrodinamik bosim) kattaliklarni aniqlash.
2. Tajriba natijalari asosida p’ezometrik va bosim chiziqlarini o‘zgaruvchan kesimlar uchun chizish.
QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT
Bernulli tenglamasi, energiyani saqlanish qonunini ifodalaydi. Har qanday harakatdagi suyuqlik oqimi ma’lum bir energiyaga ega. Bu energiya uch ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Holat energiyasi, bosim energiyasi va kinetik energiya. Harakatdagi oqim uchun energiyaning turlari orasidagi bog‘lanish Bernulli tenglamasida ko‘rinadi.
Barqaror harakatdagi real suyuqlik oqimi uchun Bernulli tenglamasi muayyan 2 ta kesim uchun quyidagi ko‘rinishga ega.
(3.1)
Z1 , Z2 - oqim kesimlari markazidan ixtiyoriy tanlangan tekislikkacha bo‘lgan vertikal masofalar.
P1 , P2 – kesim og‘irlik markazlaridagi bosimlar.
– ikki kesimlardagi oqimning o‘rtacha tezligi.
– tezlikning oqim kesimida notekis tarqalishini ko‘rsatuvchi koeffitsiyent. Amaliyotda turbulent harakatda =1,0 - 1,1 o‘zgaradi, laminar harakatda = 2 ga teng.
– ikki kesim orasidagi bosimning yo‘qolishi.
Tenglamadagi birinchi had Z haqiqiy oqim kesimi markazining biror gorizontal tekislikkacha balandligini ko‘rsatadi.
Ikkinchi had oqimning qaralayotgan kesimining berilgan sidagi gidrodinamik bosimga to‘g‘ri keladigan suyuqlik ustuni balandligi bo‘lib, u p’ezometrik balandlik deyiladi. Uning miqdori bosimning solishtirma potensial energiyasini belgilaydi.
Geometrik va p’ezometrik balandliklar yig‘indisi p’ezometrik bosim deyiladi, uning kattaligi solishtirma potensial energiya deyiladi.
Uchinchi had tezlik bosimi deyiladi, u solishtirma kinetik energiyani ifodalaydi.

oqimning umumiy solishtirma energiyasi bo‘lib, gidrodinamik dam (napor) deyiladi.
(3.1) tenglamaning o‘ng tomonidagi eng ohirgi hadi hw ko‘rib chiqilayotgan kesimlar orasida suyuqlik harakati davomida gidravlik qarshiliklarni yengishga sarf bo‘ladigan dam (naporni) miqdorini ko‘rsatadi. Oqim bo‘ylab kesimlardagi gidrodinamik bosim (umumiy energiya) ning erkin tanlangan tekislikka nisbatan o‘zgarishi bosim chizig‘i bilan xarakterlanadi. Bosim chizig‘i Bernulli tenglamasi uchta hadi yig‘indisidan tashkil topadi. Umumiy solishtirma energiyaning bir qismi gidravlik qarshiliklarni yengish uchun sarflangani uchun bosim chizig‘i ham kesimdan kesimgacha o‘zgarishi mumkin.
O’zgarmas kesimli quvurlarda oqimning kinematik xarakteristikasi uning uzunligi bo‘ylab o‘zgarmasdir , shuning uchun tezlik dam (napor) barcha kesimlarda bir miqdorga ega . U holda Bernulli tenglamasidan
ga ega bo‘lamiz.
ya’ni, ishqalanish uchun bosimning yo‘qolishi, oqim solishtirma potensial energiyasi
(p’ezometrik bosim) kamayishiga teng bo‘ladi va quvurning boshlang‘ich va oxirgi kesimlarida p’ezometrik sathlar o‘zgarishida ko‘rinadi. Ishqalinishga bo‘lgan yo‘qotishlar to‘liq solishtirma energiyaning harakat o‘qi bo‘yicha o‘zgarish grafigi shaklida beriladi va u to‘liq bosim chizig‘ini ifodalaydi. Bu chiziq uchta solishtirma energiya yig‘indisi orqali ko‘riladi:
(3.2)
P’ezometr chizig‘i Bernulli tenglamasining ikki hadi yig‘indisi orqali quriladi va solishtirma potensial energiyaning œzgarishini kœrsatadi:
(3.3)
To‘liq bosim va p’ezometrik chiziqlar, barqaror harakatda quvur diametri o‘zgarmas bo‘lganda parallel kamayuvchi to‘g‘ri chiziq sifatida ko‘rinadi (3.1-a rasm).
O’zgaruvchan kesimli quvurda suyuqlik harakati davomida suyuqlik energiyasining bir turdan ikkinchi turga o‘zgarishi yuz beradi, u oqim bo‘ylab tezlikning o‘zgarishi bilan kuzatiladi (3.1-b rasm).
Bu holda p’ezometrik chiziq pasayishi mumkin (tezlik oshganda). Agar suyuqlik kesimi harakat yo‘nalishida kichiklashsa, kinetik energiya esa potensial energiya kamayishi hisobiga ortib boradi va aksincha, oqim kesimi kattalashsa, kinetik energiya kamayadi, potensial energiya esa ortadi.

Yüklə 379,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə