Idishdagi monometrik va absolyut bosimni aniklash. Ishdan maqsad



Yüklə 379,1 Kb.
səhifə6/14
tarix27.09.2023
ölçüsü379,1 Kb.
#123942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Gidravlika tajriba ishi

TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI
Bernulli tenglamasini o‘rganish uchun qo‘llaniladigan tajriba uskunasi (3.2-rasm) bosim baki (2), vodoprovod tarmog‘idan jo‘mrak (1) orqali to‘ldiriladi. U D1, D2 va D3 diametrli o‘zgaruvchan kesimli (3) gorizontal quvur va o‘lchagich bak bilan birlashgan (6). Bakdagi suvning doimiy gorizonti suv chiqargich yordamida ushlab turiladi (qurilmada u quvur ko‘rsatilmagan). Bakdagi doimiy sath tufayli suyuqlikning quvurdagi harakati barqaror bo‘ladi. Quvurga oltita kesimda nol shkalasi quvur o‘qiga to‘g‘ri keladigan p’ezometrlar (4) o‘rnatilgan.
Quvurdagi bosim grafigi

P’ezometrlar ko‘rsatishlari orqali I-VI kesimlardagi p’ezometrik bosimlar aniqlanadi. Quvur orqali o‘tayotgan suyuqlik sarfi jo‘mrak (5) yordamida o‘zgartirib turiladi. O’lchov bakdagi suyuqlik hajmi vaqt o‘zgarishida o‘lchab borilib, sarf aniqlaniladi:
;
Bu yerda V- suyuqlik hajmi, m3 ; t – vaqt, s.

3.2-rasm. Tajriba o‘tkazadigan qurilma
TAJRIBA O’TKAZISH TARTIBI
1. Bosim baki (2) suv bilan to‘ldiriladi.
2. P’ezometrlarda havo yo‘qligi tekshiriladi.
3. Jo‘mrak (5) bir oz ochilib, quvurga suyuqlik harakati barqarorligiga erishiladi, bu p’ezometrlardagi suv sathi o‘zgarmay turishida ko‘rinadi.
4. Harakatning bu rejimi uchun t vaqt oralig‘ida o‘lchov baki (6) ga tushgan suyuqlikning V hajmi o‘lchanadi.
5. Suyuqlik hajmini o‘lchash bilan bir vaqtda (4) p’ezometrlardagi ko‘rsatgich chizg‘ich yordamida o‘lchaniladi.
6. O’lchashlar natijasi 3.1.-jadvalga yoziladi.
Quvur o‘tkazgich o‘qidan taqqoslash tekisligigacha bo‘lgan vertikal oraliq Z hisoblarda Z = 0,3 m yoki 0,8 m larda olinadi.
TAJRIBA NATIJALARINI HISOBLASH
1. Suyuqlikni sarfi. ; (sm3/s)
2. Oqimning har bir kesimidagi o‘rta tezliklar ; (sm/s)
bu yerda ω – quvurdagi kœndalang kesimi yuzasi. ; (sm2)
3. Solishtirma potensial energiya. (sm)
4. Solishtirma kinetik energiya. (sm) 5. To‘liq solishtirma energiya. (sm)
6. Energiyaning yo‘qolishi hw=E1-E2 (sm)
O’lchashlar natijalari 1.2-jadvalga yoziladi.

Yüklə 379,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə