O‘quv yili 11-sinf bitiruvchilari, ota-onalari va pedagoglarga 56-maktab direktori A. To`rayevning tabrigi !!!



Yüklə 52,5 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü52,5 Kb.
#110105
Songi qongiroq direktor tabrigi


2022-2023 o‘quv yili 11-sinf bitiruvchilari, ota-onalari va pedagoglarga 56-maktab direktori A.To`rayevning tabrigi !!!
Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar, aziz o‘quvchilar, hurmatli ota-onalar!
Mana, yana bir o‘quv yili ortda qoldi. Bugun maktabimizda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” yangrab, ____ nafar o‘quvchilarimiz 11 yillik ta’lim tizimiga qayta o‘tganimizdan keyingi ilk bitiruvchilarga aylanadilar. Ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma bo‘lishadi.
Barchaga ma’lumki, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligida Xalq ta’limi tizimida katta islohotlar davri boshlandi. Bularga misol qilib O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilinganligi va bundan tashqari ta’lim tizimida juda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda ularni sanasak vaqt ham kamlik qiladi. SHu bilan birga, hali oldimizda bajarilishini lozim bo‘lgan ulkan vazifalar ko‘p va kelgusida ularni ham bosqichma-bosqich hal etib boramiz.
Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar!
O‘tgan o‘quv yili davomida qiyin va ma’suliyatli ishni amalga oshirdingiz — farzandlarimizga bilim berdingiz hamda ularni tarbiyaladingiz. Ayni damda o‘quvchilarimizning oldida yakuniy imtihonlar va oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlari turibdi, hech shubhasiz, ularning yutuqlarida sizlarning ham katta hissangiz bor.
Aziz bitiruvchilar!
Bugun sizlarning hayotingizda eng quvonchli kun. 11 yil mobaynida bir partada yonma-yon o‘tirgan, bir oila a’zolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlarning har biri ertadan boshlab o‘zining shaxsiy hayotini qurishga kirishadi. Kimdir tahsilni oliy o‘quv yurtida davom ettirsa, yana kimdir halol mehnati bilan oilasiga qanot bo‘ladi.
Qaerda bo‘lmang, maktab partasida olgan bilimlaringiz sizga qo‘l kelishiga, kelgusida ularni yanada mustahkamlab borishingizga umid qilaman. Vatanimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shishingizga ishonamiz.
SHu fursatdan foydalangan holda barchangizga sihat-salomatlik, ish va o‘qishlaringizda kattadan-katta muvaffaqiyatlar yor bo‘laverishini tilayman!
Maktab dargohidagi so‘nggi, mustaqil hayot yo‘lingizdagi ilk qo‘ng‘irog‘ingiz muborak bo‘lsin! Bilim olishda hamisha davom eting!
Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə