Idttcy fanidan



Yüklə 55,64 Kb.
səhifə2/7
tarix06.03.2023
ölçüsü55,64 Kb.
#102012
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
6 MAVZU REFERAT

Referat ishning maqsadi. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Xususan, Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiysiyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislikkommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish qat’iy belgilab qo’yildi. Ushbu majmuani tayyorlashda ma‘ruza va seminar mashgulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta‘limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda, fanning predmeti va asosiy vazifalari, fanni Namangan davlat universitetida o’qitish xususiyatlari e‘tiborga olingan, hamda mualliflarning o’quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy tajribalaridan foydalanilgan. O’quv uslubiy majmuaning maqsadi - talabalarga hozirgi zamon raqobat nazariyalari tushunchalari va tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish va rivojlanish tendensiyalari hamda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni singdirish, iqtisodiy tafakkur usullarini, bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. O’quv uslubiy majmua yordamida o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarning milliy iqtisodiyot amal qilishining mikro parametrlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar va uy xo’jaligi faoliyatining tamoyillarini, shart-sharoitlarini va omillarini bilib olishi, ma‘ruza materiallarini o’zlashtirish va chuqur tahlil qila olish asosida milliy iqtisodiyotiga oid nazariy materiallarga tayangan holda amaliy va ilmiy faoliyatni mustaqil tashkil etish,
O’zbekistondagi islohotlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlari, uning natijasi, milliy iqtisodiyotning asosiy, tub muammolari, korxonalar va uy xo’jaligi uchun maqsadga muvofiq faoliyat yo’nalishlarini tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi hamda milliy iqtisodiyotning amal qilishi, korxonalarning boshqarilishi va bozor islohotlarini chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog’liq ilmiy va amaliy faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga ega bo’lishi nazarda tutiladi.

Yüklə 55,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə