Idttcy fanidan


Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli



Yüklə 55,64 Kb.
səhifə4/7
tarix06.03.2023
ölçüsü55,64 Kb.
#102012
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
6 MAVZU REFERAT

Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli.

Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo’lib, ular ishlab chiqarish samaradorligiga davlatning ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo, tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog’liq boʻlgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo’lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi. XX asrning 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda yangi konservativ konsepsiyalar asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni cheklash jarayonlari boshlandi. Bunda tartibga solishning an’anaviy shakllaridan voz kechildi, davlat mulkini xususiylashtirish yo’li bilan davlat sektori ulushi qisqartirildi, xoʻjalik qarorlarini qabul qilishda nomarkazlashuv jarayonlari kuchaytirildi, iqtisodiyotdagi bozor mexanizmlarining ahamiyati oshirildi. Jumladan, AQShda bu tadbirlar «Amerikaning yangi rivojlanish yo’li: iqtisodiy jihatdan yangilanish dasturi» nomli yoʻnalish asosida amalga oshirilib, unda daromad solig’i stavkalarining pasaytirilishi, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida yirik korporasiyalar investitsiyalari uchun soliq imtiyozlarini qo’llash, federal hukumat xarajatlarini cheklash, xususiy biznes faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, inflyatsiyaga qarshi pul-kredit siyosatini o’tkazish ko’zda tutilgan edi. Biroq, olib borilgan tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Masalan, AQShda YaMMdagi davlat sarflari ulushi 1980 yilda 22,6 foiz bo’lsa, 1987 yilga kelib 27 foiz ga qadar o’sdi. Davlat qarzlari kamayish oʻrniga o’sib ketdi, inflyatsiyaning pasayishi moliya tizimining izdan chiqishdan saqlab qola olmadi. Aksincha, inflyatsiyaning cheklanganligi uchun o’sish sur’atlarining pasayishi, ishsizlikning ko’payishi, real ish haqining pasayishi kabi holatlar yuzaga keldi. Bunday jarayonlar Angliya, Yaponiya, Avstriya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham ro’y berdi. 90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendensiyalar yangidan kuchaya kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi turi davlat va xususiy sektor o’rtasidagi munosabatlarni ro’yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to’g’ridan-to’g’ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin boʻlmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste’molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo’rlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat koʻrsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasini ham o’z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.

Yüklə 55,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə