Idttcy fanidan


Referat ishining ilmiy va amaliy axamiyati



Yüklə 55,64 Kb.
səhifə3/7
tarix06.03.2023
ölçüsü55,64 Kb.
#102012
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
6 MAVZU REFERAT

Referat ishining ilmiy va amaliy axamiyati. «Hozirgi zamon raqobat nazariyalari» iqtisodiy fan bo’lishi bilan birga amaliy iqtisodiyot sohalaridagi barcha muammolarni o’rganadi, milliy iqtisodiyot rivojlanishining shart-sharoitlari va omillarini tadqiq etadi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini yoritib beradi. Shuning uchun bu fanni o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Referat ishning obekti. Talabalarning «Hozirgi zamon raqobat nazariyalari » fanini dastur doirasida yetarli saviya va darajada o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy interfaol usullaridan foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etishga e‘tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda, fan bo’yicha bilim berishda va o’qitishda ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va masofaviy usullardan keng foydalaniladi.
Referat ishining tuzilishi va hajmi. Referat ishi 17 betdan iborat bulib , kirish bitta bob xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat .
Xulosa va takliflar qismida referat ishi buyicha asosiy natijalar umumlashtirib ,asoslangan bir qator xulosa va takliflar berilgan.

I-BOB. Rakobatning vazifalari va uning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyati.

    1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.

Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko’p omilli ko’rsatkich bo’lib, bunda samaradorlikning erishilgan dara jasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimin ing tutgan roliga bog’liq bo’lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorni tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo’li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida dav latning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erishiladi. Hozirgi davrda respublikamizning milliy iqtisodi yoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli hisoblanadi. Iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi marta davlatning iqti sodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning “Xalqlar boyligining tabiati va sa bablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bo zor usullari orqali iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solish ning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazorati dan toʻliq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tash kil qilish imkoni mavjud boʻladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur etadi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir-oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatan ham importga boj to’lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularn ing chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo, bu oxir-oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo’lgan milliy iste’molchilar yutqazadi.


A.Smitning "Tinch qo’yish" nazariyasi, 1929-1933 yil larda bozor iqtisodiyotiga asoslangan, deyarli barcha mam lakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi. Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) nomli kitobida o’z aksini topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlash zarurligini isbotladi. Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda inqirozga qar shi siyosat o’tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibat larini tugatish va sanoat siklining oʻzgarishini yo’qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQShda amalga oshirildi. Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko’rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodiyoti amalda ustun boʻlgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada ko’proq oshib borishi ro’y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlikni ta’minlash, balki iqti sodiy o’sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag’batlantirish tan olinadi. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi:
Birinchidan, davlat o’ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta’minlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin..
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqar ish va iste’molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug’diradi. Bu oqibatlar bevosita uchinchi tomon manfaatida aks etadi va demak, kishilarning alohida guruhi hamda umuman jamiyat manfaatiga ta’sir qiladi. Masalan, chiqitli tex nologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash quril malariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu kompaniya yoki individual ish lab chiqaruvchi uchun) foydali, atrof-muhitni ifloslanishiga olib kelishi esa, boshqa kishilar uchun qo’shimcha salbiy oqibatga ega. Davlat yakka tadbirkor yoki iste’molchidan farqli, jami yat manfaatini ifodalab, qo’shimcha ijobiy samarani rag’batlantirishga va aksincha, salbiy samara bilan bog’liq faoliyatni tartibga solishi hamda cheklashga harakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro’y beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qil ishning oqibatlarini obyektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni kengaytirish va aksin cha, sog’liqqa salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o’z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari uchun yuqori aksiz (egri) solig’ini o’rnatib, bir tomondan o’zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni sotib olish talabini cheklaydi.




    1. Yüklə 55,64 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə