Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


-jadval BA’ZI BIR AMINOKISLOTALARNING R



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə11/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

3-jadval
BA’ZI BIR AMINOKISLOTALARNING RF KO‘RSATKICHLARI



Aminokislotalar

Erituvchilar

Suvga to‘yingan fenol

Butil spirti-sirka kislota-suv (4:1:1)

Fenilalanin

0,87

0,66

Lizin

0,82

0,16

Arginin

0,90

0,18

Gistidin

0,69

0,17

Serin

0,36

0,32

Treonin

0,47

0,36

Glitsin

0,41

0,34

Asparagin kislota

0,15

0.33

Glyutamin kislota

0,25

0,37

Tirozin

0,63

0,53

α- alanin

0,56

0,39

Metionin

0,83

0,58

Triptofan

0,75

0,62

Prolin

0,89

0,50

Leysin

0,87

0,72

Valin

0,76

0,56

Sistin

0,03

0,13



Ishni bajarish tartibi


Reaktivlar: 1) aminokislotalar aralashmasining eritmasi (10 ml suvda 60 mg asparagin kislota, 40 mg glitsin va 50 mg leytsin eritilgan);
2) suvga to‘yintirilgan fenol (100 g haydalgan fenolga 35 ml suv qo‘shib, erishini tezlashtirish uchun ozgina isitiladi) ;
3) butanol-sirka kislota-suv aralashmasi (4:1:1);
4) ningidrin, 0,2% li spirtdagi eritmasi.
Asboblar: 1) termostat (37-38 °C);
2) quritish shkafi (100-105 °C);
3) katta hajmdagi probirkalar (uzunligi 18-20 sm, diametri 2-2,5 sm) po‘kaklari bilan birga;
4) chizg‘ich;
5) mikrokapillyarlar;
6) purkagich (pulverizator);
7) qaychi;
8) ip va igna;
9) probirkalar uchun shtativ.
Material: maxsus yuqori sifatli xromatografiya qog‘ozi.
Ishning bajarilishi: Xromatografiya qog‘ozidan eni 1,2 sm, bo‘yi 12-15 sm qilib kesiladi. Bir uchi igna bilan teshilib, ip o‘tkazib qo‘yiladi. Ikkinchi uchidan 1-1,5 sm qoldirib, oddiy qora qalam bilan kichkina doiracha chizib qo‘yiladi. Shu doiracha ichiga aminokislotalar aralashmasini mikrokapillyar yordamida tomiziladi va havoda quritiladi. Quruq probirkaga 1 ml suvga to‘yintirilgan fenol eritmasidan yoki butanol-sirka kislota-suv aralashmasidan solinadi (bunda probirkalar devori ho‘l bo‘lmasligi kerak). Tayyorlangan xromatografiya qog‘ozisekinlik bilan probirkaga tushiriladi va yuqoridagi ipi po‘kak bilan yaxshilab siqib qo‘yiladi.Bunda qog‘oz erituvchiga 0,5-1 sm.cha kirib turishi va probirka devoriga tegmasligi kerak. Probirka 37-38°C li termostatga 1,5 soatga qo‘yiladi. Vaqt o‘tgandan keyin qog‘oz olinib, 100-105°C temperaturadagi quritish shkafida 10-12 minut davomida quritiladi. Bunda u shkaf ichiga qog‘ozning bir uchidagi ip yordamida osib qo‘yiladi. Qog‘ozdagi erituvchi uchib ketgandan so‘ng, kog‘ozni shkafdan olib, unga purkagich yordamidaningidrinning 0,2% li spirtdagi eritmasi purkaladi va yana bir necha minutga quritish shkafiga osib qo‘yiladi. Qog‘ozda (xromatogrammada) bo‘yalgan aminokislota dog‘lari paydo bo‘ladi. Chizg‘ich yordamida ularning masofasi o‘lchanadi: a)aminokislotalar aralashmasi tomizilgan joydan, to ma’lum bir aminokislota dog‘iniig o‘rtasigacha bo‘lgan masofa, b) erituvchi siljigan masofa. Shundan so‘ng har bir aminokislotaning Rf koeffitsienti hisoblanadi.


Probka;
Ip o‘tkazilgan joy;


Erituvchi(fenol) fronti;

Xromatografik qog‘oz;


Qalam bilan chizilgan doiracha


(aminokislotalar aralashmasi tomizilgan joy);
Fenol.


Ip o‘tkazilgan joy;


Leysin;
Alanin;


Glutamin kislota;


Aminokislotalar aralashmasi tomizilgan joy.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə