Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


Aminokislotalarni doira bo‘ylab tarqalish



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə12/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Aminokislotalarni doira bo‘ylab tarqalish
xromatografiyasi

Doira bo‘ylab tarqalish xromatografiyasida aminokislotalar dog‘lar shaklida emas, balki qog‘ozda konsentrik joylashgan halqalar shaklida ajraladi. Metodning mohiyati huddi avvalgi berilgan ishga o‘xshash bo‘ladi. Xromatografiya uncha katta bo‘lmagan eksikatorda olib boriladi.


Reaktivlar: 1) aminokislotalar aralashmasining eritmasi (10 ml suvda 60 mg asparagin kislota, 40 mg glitsin va 50 mg leysin eritilgan);
2) suvga to‘yintirilgan fenol (100 g haydalgan fenolga 35 ml suv qo‘shib, erishini tezlashtirish uchun ozgina isitiladi) ;
3) butanol-sirka kislota-suv aralashmasi (4:1:1);
4) ningidrin, 0,2% li spirtdagi eritmasi.
Asboblar: 1) qopqog‘i yaxshi berkiladigan kichikroq eksikator;
2) termostat (37-38°C);
3) quritish shkafi (100-105°C).
Ishning bajarilishi: maxsus xromatografiya qog‘ozidan eksikator diametridan 2-3 sm kengroq bo‘lgan doirada kesib olinadi. Erituvchi yaxshi o‘tishi uchun doira 2-3 sm qalinlikdagi chizimcha kesiladi. Doiraning markazidan 0,5-0,6 sm uzoqlikdagi joyga aminokislotalar aralashmasi doira shaklida tomiziladi va havoda quritiladi.Erituvchi Petri chashkasi, yoki chinni kosacha, yoki eksikatorning tor qismiga solinadi.Qog‘oz doira eksikatorning tor joyiga taqaltirib joylashtiriladi va kesilgan chizimcha buklanib erituvchiga tegib turadigan qilib qo‘yiladi. Eksikator mustahkam berkitilib, termostatga, (37-38°C) 1,5-2 soatga qo‘yib qo‘yiladi. Shundan keyingi ishlarni hammasi oldingi tajribadagidek olib boradadi.

1-Qog‘oz filtr;


2-Kesilgan chizimcha;
3-Erituvchi.


Nazorat uchun savollar

  1. Xromatografiya jarayonining mohiyatini tushuntiring.

  2. Xromatografiyaning qo‘llanilish soxalari.

  3. Rf ko‘rsatkich nimani anglatadi va qanday hisoblanadi?

  4. Ajralish jarayoni asosida yotadigan hodisalar belgisi
    bo‘yicha xromatografik usullar qanday klassifikatsiyalanadi?

  5. Harakatdagi va qo‘zg‘almas fazalarning agregat holati bo‘yicha
    xromatografik usullar kanday klassifikatsiyalanadi?

  6. Tahlilni o‘tkazish uslubiyotiga asoslangan klassifikatsiya
    qanday amalga oshiriladi?

  7. Adsorbsion xromatografiyasini izohlang.

  8. Taqsimlanish xromatografiyasining mohiyatini izohlang.

  9. Cho‘ktirish xromatografiyasining mohiyatini izohlang.

  10. Affin xromatograffiyasi nimaga asoslangan?




Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə