Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


Dorivor o‘simliklarda karotinni aniqlash



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə23/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Dorivor o‘simliklarda karotinni aniqlash

Karotin keng tarqalgan bo‘lib, u ayniqsa, o‘simliklarning yashil qismlarida, sabzida ko‘p bo‘ladi. Karotin birinchi marta sabzidan ajratib olingan. Karotinni ekstraktlardan xromatografiya yordamida ajratib olib, kolorimetrik o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.


Ishni bajarish tartibi


Reaktivlar: o‘simlik materiali, atseton, efir.
5 g o‘simlik materiali (sabzi yoki tirnoqgul o‘simlik barglari) maydalanib chinni xovonchaga solinadi va atseton yordamida biroz shisha kukuni bilan eziladi,
aralashma silindrga quyiladi va uning xajmi atseton yordamida 50 yoki 100 ml ga etkaziladi.So‘ng ekstraktdan 1 ml olib xromatografik kog‘ozning quyi qismidan 4 sm qoldirib cho‘zinchoq dog‘ sifatida shimdiriladi va quritiladi. Qog‘oz yumaloq qilib o‘raladi va yuqori tomonidan qisqich bilan siqib qo‘yiladi. Xromatografik qog‘oz 2 -3 sm qalinlikda efir solingan silindr idishga tushiriladi. 20 - 30 daqiqada kog‘oz olinadi va sariq dog‘ bor joyi qaychi bilan qirqib ,byuksga solinadi.Karotin 1 ml dan efir yordamida 3 - 4 marta (sariq rang yo‘qotilguncha) yuviladi. Keyin efir eritmalari qo‘shilib kalorimetr yordamida aniqlanadi.
Karotin miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi.


X = 0,0235 a• b• c• V•100• M
N•b•V1

V - standart eritmaning kalorimetrdagi ko‘rsatgan soni (odatda 10 ga teng);


B1- tekshirilayotgan eritmaning kalorimetrdagi soni;
a - sarflangan atseton hajmi;
b - karotinni aniqlash uchun olingan eritma hajmi;
c - efirdagi karotinning hajmi;
N — olingan o‘simlik materiali ( gr xisobida).


Nazorat uchun savollar.

1. O‘simlik xom ashyosi tarkibidagi karotinoidlar tavsifi.


2. Karotinoidlarning biologik ta’siri.
3. Karotinoidlar asosida olinadigan dori vositalari.
4. Karotinoidlarning xom ashyolari.
5. Karotinoidlarni ajratish usullari.
6. Karotinoidlarning tibbiyotda qo‘llanishi.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə