Ii. Texnolog



Yüklə 359,04 Kb.
səhifə2/11
tarix10.05.2023
ölçüsü359,04 Kb.
#109459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Shaxzod kurs ishi NMKT (4)

I.Nazariy qism.
1.1. Ishqorlarning xossasi va qo’llanilishi.
Natriy gidroksid NaOH oq tusli, qattiq, nihoyatda muhim modda bо’lib, suvda yaxshi eriydi. Natriy gidroksid eriganda suv bilan har xil gidratlar hosil qilganidan kо’p issiqlik chiqadi. Natriy gidroksid yaxshi dissotsialanadigan kuchli ishqor. Natriy ishqori ishqorlar orasida eng arzoni bо’lganidan laboratoriyalarda ham sanoatda ham juda kо’p ishlatiladi. Natriy ishqori natriy xlorning suvdagi eritmasini elektroliz qilish yо’li bilan olinadi. Elektroliz vaqtida katodda natriy, anodda esa xlor yig’iladi. Ajralib chiqqan erkin xlor eritmadagi natriy gidroksid bilan darhol о’zaro tasir etib, natriy xlorid va natriy gipoxlorit hosil qilishi mumkin. Bu reaksiyaning bо’lishiga yо’l qо’ymaslik uchun xlorni natriy gidroksid eritmasiga о’tkazmaslik choralari kо’riladi. Bu maqsadda kо’pincha maxsus diafragmalar ishlatiladi. Natriy gidroksid terini kuydiradi, gazlamalarni ham о’yadi. Shuning uchun natriy gidroksid bilan nihoyatda ehtiyotlik bilan ishlash lozim. Natriy gidroksidni maydalashda kо’zoynak va rezina qо’lqop kiyib, uni qisqich bilan tutish lozim. Natriy gidroksid havoda nam tortadi. CO2 ta’siridan esa Na2CO3 hosil bо’ladi:
2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O
Kо’pincha hosil bо’lgan Na2CO3 ishqorning sirtini zich qoplaganida nam ta’sirida boshqa berilmay qoladi.
NaOH (kaustik soda) ning asosiy iste’molchilari, bu sintetik tola va sellyuloza – qog’oz sanoati hamda sovun pishirish sanoati shisoblanadi. Kimyoviy sanoatda kaustik soda plastmassalar, insektitsidlar, glitserin, vinil xlorid, geksaxloran va boshqa mashsulotlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Normal sharoitda xlor sariq - yashil rangli, bo‟g‟uvchan hidli gaz. Xlorning NaCl suvli eritmasidagi eruvchanligi suvdagiga nisbatan kam. Xlor C2H4Cl3, С2H3Cl3 va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Xlor zaharli modda. Havo tarkibida 0,1-0,6mg/m3 xlor bilganda nafas olish xavfli, chunki yarim soatdan keyin yuqori nafas yillarini burun bo’shlig’i, tomoq va kuzga kuchli tasir etadi.
C12 konsentrayasi 100-200 mg/m3 bo’lganda o’limga olib keladi. Ishlab chiqarish xonalarida xlorning mumkin bo‟lgan miqdori 0,1 mg/m3 oshmasligi kerak. Xlor yuqori kimyoviy aktivlikka ega. Bir qism xlor oqartiruvchi (gipoxlorit kalsiy va xlor oshagi) tayyorlash uchun ishlatiladi. Vodorod atmosferasida xlorni yoqib toza vodorod xlorid olinadi. Bu xloridlar titan, niobiy va kremniy olishda ham ishlatiladi. Fosfor, temir va alyuminiy xloridlar ham sanoatda qo‟llanilmoqda.
60% dan ortiq ishlab chiqarilgan xlor xlororganik mashsulotlar sintezi uchun ishlatiladi. Yirik xlor talab qiladigan ishlab chiqarishlarga quyidagilar: ССl4, СНСl3, СH2Cl2, С2H4Cl2, СН , СНСl, С6H5Cl kiradi. Ma’lum miqdordagi xlor glitserin va etilenglikol shamda CS2 uchun sarflanadi.
Kaustik sodaning ishlatilishi.

  1. Metallurgiya sanoatida alyuminiy olishda.

  2. Qogʼoz ishlab chiqarishda.

  3. Аnalitik kimyoda titrlash jarayonida.

  4. Kimyo sanoatida.

  5. Katalizatorlar ishlab chiqarishda.

  6. Tekstil sanoatida, suniy tola ishlab chiqarishda.

  7. Neft sanoatida, neft maxsulotlarini tozalashda.

  8. Dori-darmon hamda narkotik moddalar ishlab chiqarishda.

  9. Tuzlar, murakkab efirlar olishda va kislotalarni neytrallashda.

  10. Аvtomobil sanoatida akkumulyatorlar ishlab chiqarishda.

Elektroliz usulda xlor va ishqorlar ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo NaCl suvli eritmasi hisoblanadi, kam hollarda KCl dan foydalaniladi. Bu eritmalar yoki tayyorlanadi yoki tabiiy namokob eritmasidan foydalaniladi. NaCl suvda eruvchanligi temperaturaga kam bog‟langan: 00C da tiyingan eritmasida 26,3 % NaCl dan tashkil topgan. 1000 C da –28,2% tiyingan eritmasi atmosfera bosimida 108,7 0C da 28,4% NaCl tarkibida bo’ladi.
Olinish usulidan qat’iy nazar elektroliz vaqtida xlorning ajralishi anodda xlor ionlarining razryadlanishi (ajralishi) bilan boradi. Molekulyar xlor elektrodda ikki ketma-ket boradigan reaksiya natijasida hosil bo’ladi va oraliq mahsulot adsorblangan atomlar xlor hosil bilishini iz ichiga oladi:
Cl- →Cl (ads) + e
7 Cl- + Cl (ads) → Cl2 + e
Cl suvli eritmasi elektroliz qilinganda suv molekulasi va gidroksil ionlar ham razryadlanishi mumkin. Neytral eritmada 250C da OH ionning muvozanat potensiali
OH- = 0,41 – 0,059 1d (0,8 ∙ 10-7 ) = + 0,82 V ga teng.
Xuddi shu temperaturada NaCl to’yingan eritmasi (konsentratsiyasi 5,5 n, aktivlanish koeffitsiyenti 0,6) da Cl ionlarining ajralishi qaytar potensiali
Cl- = 1,36 – 0,059 ld (5,5 ∙ 0,6)= 0,134V ga teng .
O’ta kuchlanish bo’lmaganda anodda OH ajralishi kerak. Anodli jarayonda xlor hosil bilishi uchun, shunday anod material sifatida, xlor ioni hosil bilishi past kuchlanishga ega bilgan va OH ionlar ajralishi yuqori bilishi zarurligini shisobga olish kerak.
Bundan tashqari xlorli elektrolizyorlarda anodlar yuqori kimyoviy barqaror xossaga ega bilishi kerak, nam xlor, HCl va HClO kislotalar ajralishi paytida, kislorod hosil bilganda, ta’sirlashmaydigan va buzilmasligi zarur. Bu talablarga ma‟lum darajada magnetit, MnO2, Ko’mir, grafit va platinadan tayyorlangan anodlarni ishlatish mumkin.

Yüklə 359,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə