Ii. Texnolog


Xomashyo, materiallar va yarim mahsulotlar nomi



Yüklə 359,04 Kb.
səhifə7/11
tarix10.05.2023
ölçüsü359,04 Kb.
#109459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Shaxzod kurs ishi NMKT (4)

Xomashyo, materiallar va yarim mahsulotlar nomi



Davlat yoki
sanoat standarti, texnik shartlar, reglament yoki
xom ashyo tayyorlash usuli

Majburiy
tekshirish uchun ko'rsatkichlar



Ruxsat etilgan nomuvofiqliklar bilan tartibga solinadigan ko'rsatkichlar

Qadoqlovchi qoplar

Ishlab chiqarishning o'zida

Polipropilenli xalta politelenli quyma bilan, sig'imi kg

25

Turi

В

Tikishdan tikishgacha uzunlik, mm

(850±10)

Kengligi, mm

(540±10)

Klapanning balandligi, mm

(130±10)

Vkladishning qalinligi, μm

(10÷20)


2.2 .NaOH ishlab ciqarish texnologik yozuvi.



Kaustik soda ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo NaCl tuzi hisoblanadi. Ushbu tuz minerali tarkibida NaCl 87 % ni tashkil qiladi. Ushbu tuz yuk ko’taruvchi mashinalar yordamida 5 tonnadan tuzni erituvchi hovuzga tashlab turiladi. Tuz erishi yaxshilash maqsadida hovuzning pastki qismidan 0.4 Mpa bosim bilan havo berib barbataj qilib turiladi. Hovuzga berilayotgan suv 50-60o C temperaturada berib turiladi. NaCl eritmasi hovuzdan chiqib jelob hovuziga tushib, u yerda Mg++ ionini cho’ktirish maqsadida NaOH eritmasi qo’shib turiladi va cho’ktiriladi. Keyingi bosqichda namakob tarkibidagi Ca++ ionlarini cho’ktirish maqsadida Na2CO3 eritmasidan foydalaniladi. Eritma tarkibidagi Mg++ va Ca++ ionlari cho’ktirilgandan so’ng kauglyatsiyaga yuboriladi. Kauglyatsiya jarayonida kauglyant sifatida FeCl3 ning 1 %li eritmasidan foydalaniladi. Bunda eritma tarkibidagi barcha qattiq keraksiz zarrachalar kauglyantga birikib cho’kmaga tushiriladi. Eritmani bu cho’kmalardan halos qilish maqsadida HVM filtrdan foydalaniladi va 50 ppmgacha tozalaniladi . Ammo, bu tozalik darajasi elektroliz jarayoniga to’g’ri kelmaganligi tufayli ionalmashinish kalonnalaridan o’tkazilib tozalik darajasi 20ppm gacha yetkaziladi , so’ng elektroliz jarayoniga yuboriladi.Ionalmashinish kalonnalari soni 3ta bo’lib , ulardan 1tasi doim reginiratsiyada 2 tasi ishlab turadi. Elektroliz jarayonida 168 ta yacheykadan iborat bo’lgan 3ta elektrolizyor apparatidan foydalaniladi. Elektroliz jarayonida 32% li kaustik soda , H2 va Cl2 gazlari olinadi.Elektroliz jarayonida hosil bo’lgan kaustik soda 50% i NaCN ishlab chiqarish va metallurgiya sanoatida erituvchi sifatida foydalanilaniladi,qolgan qismi bug’latish jarayoniga yuboriladi va konsentratsiyasi 50% , 98 % gacha qilib mahsulot olinadi. Elektroliz jarayonida qo’shimcha ravishda hosil bo’lgan H2 va Cl2 gazlari qayta ishlash maqsadida boshqa bo’limlarga jo’natiladi. Dastlab Cl2 gazi yuvish kalonnasida distillangan suv bilan yuviladi. So’ng issiqlik almashtirgich yordamida harorati birinchi bosqichda 85oC dan 43oC gacha , ikkinchi bosqichda 17o C gacha tushiriladi. Cl2 gazi tarkibidagi keraksiz zarrachalarni ushlab qolish maqsadida filtrdan ,keyinchalik esa namlikdan halos etish maqsadida quritgichdan o’tkaziladi. Namlik yo’qotilgandan keyin yana filtrdan o’tib 3 bosqichli kompressorga o’tadi. U yerda gazning bosimi 1,53 Mpa gacha oshiriladi.


Gazning bir qismi xlorid kislota ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifati, yana bir qismi PVX ga qolgani -34oC da sovutilib suyuq holatlarda yig’gichlarda saqalanadi. H2 ham xuddi shunday tozalash bosqichlaridan o’tadi va xlorid kislota olish uchun Cl2 gazi bilan qo’shib yoqiladi. So’ngra suvga yuttirish orqali xlorid kislota olinadi. Qo’shimcha ravishda chiqqan gazlardan shu maqsadlar foydalaniladi. Bundan tashqari elektroliz bo’limidan konsentratsiyasi pasayib qolgan tuzli eritma yana qaytadan jarayon boshiga jo’natiladi va hovuzga tushadi. Ushbu tuzli eritma hovuzga tushidan avval Na2SO3 eritmasi bilan tasirlashtiriladi va eritma tarkibida qolgan Cl2 lari ushlab qolinadi va shu yerda qo’shimcha ravishda Na2SO4 olinadi. Asosiy mahsulot hisoblangan kaustik soda bug’latib kukun holatiga keltirilgandan so’ng qoplarga qadoqlanib foydalanuvchilar uchun yetkaziladi.
2.3. Moddiy balans.
1. 32% li NaOH bo‘yicha sexning yillik quvvati: N=75000 t/y.
2.Vodorod xlorid bo’yicha yillik quvvati : N=64000 t/y.
3. 31%li xlorid kislota bo’yicha yillik quvvati : N=11250 t/y.
4. Ishlab chiqarilayotgan NaOH ning konsentratsiyasi: C(NaOH)=32%,50%,98% .
5. Elektrolizyorda NaOHning hosil bo’lish unumi:  = 29%dan 32%ga o’tadi.
6. Elektrolizyozdagi membranalar soni : n= 168 ta.
7. Elektrolizyor apparatlari soni : r= 3ta.
1) Sex quvvatini 100% li kaustik sodasiga nisbatan aniqlaymiz: ml=N∙C(NaOH)/100% =(75000∙32)/100=24000 t/y NaOH
2) Elektrolizyor apparatida sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalar:
2 NaCl + 2H2O = 2NaOH + H2 + Cl2
3) Yiliga m1 t 100% li kaustik soda ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan NaCl sarfini hisoblaymiz:
=35100 t/y
4) 87% NaCl tutgan mineral massasi:
=40345 t/y
5) Mineral tarkibidagi qo’shimcha moddalar massasi:
=5244.85 t/y
6) Keyingi hisoblarni 1t NaOH uchun zarur bo’lgan NaCl massasini yozamiz:
=1462.5kg
7) Hosil bo’lgan H2 massasi:
=600 t/yil
8) Hosil bo’lgan H2 hajmi :
=6720 m3/yil
9) Hosil bo’lgan Cl2 massasi:
=21300 t/yil
10)Hosil bo’lgan Cl2 hajmi:
=6720 m3/yil
11) Elektroliz jarayonida parchalangan suv massasi:
=10800 t/yil

Kirim

Chiqim



Modda nomi

t/yil

m3



Modda nomi

t/yil

m3

1

NaCl

35100

--

1

NaOH

24000

--

2

H2O

10800

--

2

Cl2

21300

13440

3










3

H2

600

13440

Jami:

45900




Jami:

45900







Yüklə 359,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya