Ijtimoii pedagogika



Yüklə 2 Mb.
səhifə34/144
tarix15.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#105641
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   144
Ijtimoii pedagogika

Ijtimoiy ta’lim — bolalarda jismoniy mahorat va
ko‘nikmalarni shakllantirishga va ijtimoiy bilimlar berishga yo‘naltirilgan maqsadga muvofiq jarayondir.
Savol va topshiriqlar:
Ta’lim sotsiologiyasi haqida tushuncha bering.
Ijtimoiy ta’lim konsepsiyasi va uning prinsiplari.
Tarbiya sotsiologiyasi
Tarbiya — insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarda: bilim, odob-axloqqoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga xos jihatlarini, imkoniyatlari va layokщlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanadi.
Tarbiya — ijtimoiy hodisa sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ular komil inson bo‘lishlari, rivojlanishlari, shaxsiyliklari va individual- likliklari, jamiyat ishlab chikerish kuchlarining muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadilar.
Tarbiya — shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchup uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi.
Tarbiya kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan vujudga keldi, taraqqiy etdi, jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘zgarib bordi. A Avloniy tarbiya haqida shunday degan edi: «Tarbiya bizlar uchun, yo hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir». Rasuli akrom, Nabiyi muhgaram sallolohu alayhu vasallam: «Insonlarning karami dinidadir, muruvvati aqlidandir, nasabi axlotsidandir, demishlar».
Ma’lumki inson butun umri mobaynida o‘zgarib, rivojlanib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davridagi o‘sittg nihoyatda kuchli kechadi. Bola mana shu yillar mobaynida ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi va o‘zgarishi tufayli Shaxssifatida kamolga yetadi, bunda ular xarakteriga singdirilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topa borib, murakkab) ijtimoiy munosabatlar jarayonida jamiyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Shuning uchup ham L. I. Bojovich «...odam Shaxsbo‘lishi uchun u psixik jщatdan rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb his qilmogi, o‘z xususiyat va sifatlari bilan boshsalardan farq qilmog‘i kerak», — degan edi.
Har bir odam Shaxssifatida turlicha namoyon bo‘ladi. Bir odam boshqasidan o‘zining mijozi, fe’l-atvori, qobiliyati, aqliy rivojlanish darajasi, ehgiyoj va ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Bular odamning shaxsiy, ruhiy xususiyatlari bo‘lib, ana shu xususiyatlarining rivojlanishi ta’lim-tarbiya natijasidir. Maqsadli amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya natijasida inson Shaxssifatida o‘zini namoyon qila olishi mumkin. Ayni vaqgda odam atrof-muhitda ro‘y berayotgan voqea va hodisalarga nisbatan o‘z nuqtai nazariga ham ega bo‘lmog‘i kerak. Bu ham shaxsni birini ikkinchisidan farqtantiradigan belgilardir.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə