Ijtimoii pedagogika


Ijtimoiy tarbiya jarayoni —



Yüklə 2 Mb.
səhifə37/144
tarix15.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#105641
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   144
Ijtimoii pedagogika

Ijtimoiy tarbiya jarayoni — ta’lim, milliy, ma’naviy — axloqiy qadriyat va normalar bilan bevoeita bog‘liq. Ular xalq pedagogikasi, urf-odatlari, bayramlari, o‘yinlari va boshqalarda o‘z ifodasini topadi.
Tarbiyasi «qiyin» bola. Bunday bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmuni.
Hiyin bolalar!? Hammaga ma’lum bo‘lgan va afsuski, allaqachon ko‘nikib ketilgan bu atama ortida nimalar turadi? Huquq-tartibot organi xodimlari uchup — u qo‘lida rogatka ushlagan bezori bola, o‘qituvchi uchup — sinfdoshlariga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi norasmiy, bolalar bog‘chasi tarbiyachisi uchup esa — harxashali injiq, yengiltak tinib-tinchimas bola. Ota-onalar uchun-chi? Har qaysisi uchup u o‘zgacha ma’no kasb etadi. Ota-onalar tushunishidagi qiyin bolaning mumkip bo‘lgan barcha variantlarni aytib o‘tish foydasiz, chunki har qapday bola ham tabiatan «qiyin» bo‘lishi mumkin. Odatda hamma bolalar ham tug‘ilgan vaqglaridayoq ota-onalariga ma’lum bir qiyinchiliklar keltiradilar. Ammo ba’zilar uchun muammo bo‘lgan narsa, boshqalarga hech qapday qiyinchilik keltirmaydi va u ko‘pgina sabablarga bog‘liq. Bolaga nisbatan ota-onalarning tutgan yo‘li, oiladagi qadriyatlar tizimi, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bor yoki yo‘qtigi, shuningdek, boshqa ko‘pgina narsalar bolani tarbiyalash jarayonida muqarrar ravishda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish malakasini belgilab beradi.
Hamma kishilar ham bir xilda bo‘lmaydi, shuningdek, oilalar ham turlichadir. Shubhasiz bolalar ham bir-biriga o‘xshamaydi. Bu tabiiy hol. Lekin ko‘pincha kattalar buni unutib qo‘yadilar, o‘zlaricha qandaydir umumiy tavsiyalardan yordam olishga moyil bo‘ladilar va bunda: «bola, bajarishi kerak», «bolaga mumkin emas» kabi so‘zlarni ishlatadilar. Bu esa xato. Bola avval boshdanoq hech narsani bajarishga majbur emas, unga hech narsa joiz ham emas. Aksincha, kattalar uning me’yorida rivojlanishi uchup sharoit yaratishlari, uni kishilar orasida yashashga o‘rgatishlari, ularning his-tuyg‘ularini, xohish-istaklarini va ishlarini tushunishlari lozim. Vaqt o‘tishi bilan, payti kelganda uning o‘zi nimalar qilishi kerakligini, kimga nimalar qilishga majburligini, kimning oldida qarzdorligini va bu qarzlarni boshqa kishilarga, o‘z ota-onalariga, do‘stlariga va nihoyat, o‘z bolalariga nisbatan mehr-muhabbat, mehribonligi bilan uzishni tushunib oladi.
Buning uchup esa bolani qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish, uni tushunishga harakat qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, o‘zaro munosabatlarning qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarmaydigan, balki, aksincha oilada eng qadriyatli hisoblangan o‘zaro hurmat, iliqtik va himoya- langanligini his etishga yordam beradigan usulini topish kerak.
Bolaga tug‘ilishidan oldin va hayotining birinchi haftalarida bo‘ladigan munosabat ko‘p jihatdan u bilan kelgusida qilinadigan munosabatlar xarakterini belgilab beradi.
Gap kichkintoy bola haqida borganda «qiyin» atamasi qo‘llanilmaydi. Har holda ota-onalarning «qiyin» chaqaloq, haqidagi shikoyatlarini eshitishga to‘g‘ri kelmaydi, garchi bu bosqichda qiyinchiliklar ko‘p bo‘lsa ham.
To‘g‘ri, bu qiyinchiliklar psixologik xarakterda bo‘ladi va ko‘pchilik ota-onalar tomonidan muqarrar yuz beradi, ammo vaqtinchalik hodisa sifatida idrok qilinadi. Biroq birinchi qiyinchiliklar o‘rniga boshqalari paydo bo‘ladi. Ular ba’zan chaqaloqtik davrida, ayrim hollarda undan ham oldin — bolaning tug‘ilishini kutit vaqglarda yashirilgan bo‘ladi.
Hali bola go‘daklik paytida onasi unga qanday munosabatda bo‘lish to‘g‘risida unchalik qayg‘urmaydi, u shu jajji fuqaro shaxsini parvarish qilishga doyr hamma ishlarga ulgursa va uxlab olsa yetarli. Kichkintoyning qorni to‘q, tagi quruq, yiglamayapti, demak, hammasi joyida.
Shu narsa aniqtanganki, uyda xotirjamlik hukm surib, janjal va nizolar bo‘lmasa, bola uchun ham yaxshi, u qapiquxlaydi, ishtahasi ham yaxshi bo‘ladi. Bu bilan onasi uchun huzur — halovat baxsh etadi. Natijada shunday «doyra», «zanjir» hosil bo‘ladi: onasi uchun yaxshi bo‘lsa bolaga yaxshi, bolaga yaxshi, bo‘lsa — onasiga ham yaxshi. Agar onaga yomon bo‘lsa, upish emotsional holati bolaga ham ta’sir etadi. Hatto ona yuragining urushi, uning notinchligi, tashvishli yoki bir maromda urushi kichkintoyning kayfiyatini belgilab beradi.
Shupday qilib, onada ham, bolada ham bo‘ladigan qiyinchiliklar avval boshidanoqumumiydir. Kattalar esa bupi har doim ham anglab yetmaydilar. Fakdt ayrimlargina bolaning kechinmalarini ob’ektiv baholashga urupadilar. Agar ba’zilar bola biror narsadan iztirob chekkanida yiglashi harxasha qilishini tushunsalar, boshqalar hech qachop bu hakda o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Ular bolaning injiyutigini yo e’tiborga olmaydilar, yoki upi har qapday usul bilan chalg‘itishga uripadilar. Bupish sababini o‘ylab ko‘rish, tushunish uchun ularning vaqti ham, tajribasi ham yetmaydi. Natijada kutilmagan vaziyat vujudga keladi: bola doimo «onaning psixologik holatiga mos- lashadi», onasi esa har doim ham bolaning holatini tushunmaydi. U bolasi his qilayotgan qiyinchiliklarni uqib tushunib ololmaydi. U faqat kichkintoyning o‘ziga qo‘shimcha qiyinchiliklar tugdi- rayotganini tushunadi, xolos. Shundan keyin bola haqida qiyin, unga xalaqit beruvchi, tashvish uygotuvchi, majburiyat yuklovchi, havotirliklar keltiruvchi dastlabki, barqaror tasavvur hosil bo‘ladi.
Shu tariqa «qiyin» bolalar paydo bo‘ladi. U kattalarning vujudga kelgan vaziyatga yetarlicha baho bermagan, undan boshqa hech kim bolada paydo bo‘lgan nuqsonlarni tuzata olmasligini, hech bir kimsa uning bolasini «muloyim» qilib qo‘ymasligini anglagan vaqgda emotsional aloqaning bo‘zilishi tufayli paydo bo‘ladi.
Jamiyatning axloqiy normalari va talablariga mos kelmaydigan axloqni ilmiy pedagogik adabiyotda umuman tarbiya asotsial axloq atamasi bilan belgilash qabul qilingan. Bolalarning normadan chetga chiqqap xatti-harakatlaridan (ularning xarakterstikasi bosh miya patologiyasi bilan boglangan) farqli o‘laroq asotsial axloq ijtimoiy jihatdan determinizmlashgan, salbiy mikromuhitning ta’siri, oiladagi nonarmal o‘zaro munosabatlar, oila va maktab tarbiyasidagi kamchiliklar, xatolar natijasida yuzaga keladi.
Psixologiya fani shuni ko‘rsatadiki, asotsial axloq faktlarning mazmun-mohiyati tarkibi ham, o‘ziga xos sifati ham tug‘ma mexanizmlar bilan belgilanmaydi. «Qiyin» yoyinki «tarbiyasi ogir» bolalar esa pedogogik jihatdan qarovsiz qoldirilgan bolalardir. Ular shaxsning axloqiy jihatdan o‘zgarishi esa pedogogik xatolar oqibatidir. Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar anomalligi o‘qittgda (o‘qshpi qiyin, yomon kechadi, dangasa) va xulqida (intizom va tarbiyaga rioya qilmaydi) namoyon bo‘ladi. «Qiyin bolalar» — jamiyatga zid yo‘nalishdagi, beqaror axloqti, irodasi bo‘sh, pedagogik ta’sirga doim qarshilik ko‘rsatib keluvchi yoshlardir. Maktab miqyosida ular ko‘p uch rama idi (bir sinfda ikki- uchtadan). Ammo sinf, maktab hayotiga, uning axloqiy muhitiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. «Qiyin» bolalar o‘quvchilarning kam qismini tashkil etsa ham ular o‘quv-tarbiyaviy ishlarda barqarorlikka jiddiy to‘siq bo‘ladilar. Ular maktabda va undan tashqarida (oilada, ko‘chada, dam olish joylarida va h. k.) tartibsizlikni vujudga keltiruvchilar hisoblanadi. Shuning uchup ham «qiyin» bolalar maktabda ham, undan tashqarida ham o‘qituvchi va barcha jamoat e’tiborida turishi kerak.
Qiyin bolalar bilan olib boriladigan ishlar nazokat, individual yondashuvni talab etadi. Bu yondashuv birinchidan bolaga e’tibor bilan, xayrixoxona munosabatni, ikkinchidan upish ijobiy fazilatlariga tayanishni va uchinchidan uning axloqiy kuchlari, potensional imkoniyatlariga ishonishni nazarda tutadi.
Hozirgi vaqgda bolalar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan qonun- buzarliklarning oldini olshsda maktabning roli juda ottgdi. Eng yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollangan o‘qituvchi tarbiyaviy jarayonning bosh tashkilotchisi, o‘quvchiga, o‘quvchilar jamosiga, oilaga ko‘rsatiladigan pedagogik ta’sirlarning muvo- fiqlashtiruvchisi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Balogatga yetmagan bolalarning qarovsizligi va qonun-buzar- liklarining oldini olipshi maktab tomonidan amalga opshrilayottan yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim. Ana shu jarayon doirasida pedagoglarning say’-harakatlari quyidagilarga qa- ratilishi kerak:
o‘quvchi shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar ta’sirining oldini olishga, bola huquqtarining buzilishiga va buning oqibati sifatida o‘quvchi tarbiyasining qiyiilashuvsha olib keluvchi sabab va sharoitlarni yo‘qotishga;
butun tarbiya jarayonini tuzatishga upish normallashuvi ikki darajada ro‘y beradi; a) bolaning rivojlanishidagi salbiy tomonlarni to‘xtatish va barcha salbiy ta’sirlarni yengib o‘tittg (tuzatish va qayta tarbiyalash vazifalari); b) ancha yuqori daraja axloqiy, ijtimoiy barqaror va garmonik rivojlangan shaxsni tarkib toptirish. Uning asosida haqiqat, to‘g‘rilik, yaxshilik go‘zallik, mas’uliyat, ong va xatti-harakat birligi yotadi.
Bunda y yondashuv o‘qituvchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolar tizimini bilish va ularni puxta o‘rganishni nazarda tutadi. Bolalar bilan ishlashdagi uzoq yillik tajriba, maktablar ish faoliyatini tahlil qilish, olimlarning tadqiqotlari o‘quv- tarbiyaviy ishlarning tarbiyaviy samarasini pasaytiruvchi bir guruh omillar sabablarini qarab chiqish maqsadga muvofiqligiga ishontiradi. Tarbiyaviy ishlar samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi, bir-birlari bilan o‘zaro mustahkam bog‘langan tashkiliy, tarbiyaviy omil va muhit omili shunday omillardir. Har bir guruhni batafsil qarab chiqish mumkin emas, shuning uchun faqat pedagogik xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni pedagog-tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisiga taalluqsh xatolarni taxdil qilish bilangina cheklanamiz.
O‘qituvchi yo‘l qo‘yadigan birinchi xato — o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini bilmaslik yoki e’tiborga olmaslikdir.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə