Ijtimoii pedagogika


Bunday ishlar jarayonida kattalar suyidagi usullardan foydalanadilar



Yüklə 2 Mb.
səhifə39/144
tarix15.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#105641
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   144
Ijtimoii pedagogika

Bunday ishlar jarayonida kattalar suyidagi usullardan foydalanadilar:
Tanlangan mehnat turining bola uchun ahamiyatipi tushuntirish (har qanday ittgda qayta hamkorlik qilish istagini uyg‘otish uchun kattalar ijobiy natijalar bahosini oshirishlari mumkin).
Bolaning nafsoniyatiga tegmaslik (qiyin bolalar o‘z muvaffaqiyatsizliklariga beparvo emas. Ulardan og‘ir iztirobga tushadilar, biroq irodasining kuchsizligi, tajribasizliklari tufayli topshiriqni sifatli bajara olmaydilar. Ota-onalar tanbeh berish, nasihatlar, salbiy baholardan voz kechishlari kerak. Bolani umidvor qilittg, yupatish, taskin berish, hazil-mugoyiba foyda keltiradi).
Ishni bajarish muharrarligini ta’kidlab o‘tittg (ota-onalar ish vaqgini belgilaydilar va bir oz vaqgdan keyin yoki darhol uni bola bilan birga bajarishga kirishadilar. Agar bola turli bahonalar bilan o‘zini ishdan olib qochishga urinsa, ota-onalar ishni bajarish mudddatini orqaga suradilar, boshqa kun va soatni tayinlaydilar).
Bolaning dastlabki muvaffaqiyatlarini yoki hatto oddiy urinishlarini ham ma’qullash (ota-onalar har qanday ishda bolalarning takroran hamkorlik qilish istagini uyg‘otish uchup ijobiy natijalarga baho berigsda upi bir oz oshirishlari mumkin)
Bolaning igsda o‘z-o‘zini nazorat qilishi va mustaqilligini, hatto ma’lum darajada tavakkal qilishini ragbatlantirish yo‘li bilan xatolarning oldini olish (ota-onalar bolaga shunday deydilar: «Qara, bu yerda xato bo‘lishi mumkin!», «Noaniqlikka yo‘l qo‘ymaelik uchun harakat qil» va hokazo).
Bolaning hayot tarziga asta-sekin va izchilik bilan boshqa faoliyat turlarida (o‘qish, sport va hokazolarda) takomillashish qoidalari joriy qilinadi. Masalan, o‘qish qoidalari:
Darslarni doimo bir vaqtda tayyorlash, istisnolarga yo‘l qo‘ymaslik.
O‘qituvchini diqqat bilan tinglash, hammasini eslab qolish va tushunishga harakat qilish.
Tushunmagan hamma narsalarni o‘qituvchilardan albatta so‘rab bilish. Kishining eshitgan, tushungan, takrorlagan va qo‘llagan narsalari yaxshi eslab qolinadi.
Taqqoslashni, asosiy narsani topishni, biron bir narsaning o‘xshash va farqti tomonlarini aniqtashni o‘rganib olish. Asosiy narsani bilsang — qolgan hamma narsani eslaysan. Asosiysi ko‘chirib olish, takrorlash va ulardan amalda foydalanish.
Aqt-idrok, xotira va nutq xuddi mushaklar kabi mashq qilganda rivojlanadi. Xotira va diqqatpi doimo mashqqildirish, kuzatish va tavsiflashni, ko‘rgan va o‘qigan narsalari haqida gapirib berishni o‘rganish.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə