Ijtimoii pedagogika



Yüklə 2 Mb.
səhifə44/144
tarix15.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#105641
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   144
Ijtimoii pedagogika

Psixik chekinish birinchi navbatda bolaning akliy rivojlanganlik darajasi hamda ularning psixik kamchiliklari bilan bog‘liq. Bu guruh insonlarga:
psixik rivojlanishida turli xil to‘siqlar mavjud insonlar,
aqti zaiflar,
oligofreniklar kiradi.
Pedagogik chekinish — bu pedagogika va ijtimoiy pedagogika fanida kam qo‘llanib kelingan tushunchadir. Pedagogik chekinish deganimizda ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra ta’lim-tarbiya ololmagan o‘quvchilar tushuniladi. Busha DTS talablari darajasida bilim ololmagan yoki o‘z istiqboli, kelajash uchup harakat qilmagan o‘quvchilar, ularning individual rivojlanish me’yorlari kiradi. Pedagogik chekinishga birinchi navbatda o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’limga ega bo‘la olmasligi kiradi. Bunda y bolalar kategoriyasiga ma’lum sabablarga ko‘ra o‘qishga bormagan, faqat boshlang‘ich ta’lim olish bilan cheklangan bolalar kiradi. Bunda y holatlarning ko‘plab (ob’ektiv va sub’ektiv} sabablari mavjud. Masalan, o‘quvchilar yoki talabalarning darsdan qochishi, materialni o‘zlashtira olmaslik, o‘qigssan bezishi, dangasalik, oiladagi nosog‘lom muhit, bolalarning pul topit ilinjiga tushib ketishi, ekologik yoki ijtimoiy kataklizmalar natijasida bolalarning ota-onalaridan ayrilishi va h. k. Bunday sabablarni ko‘plab keltirish mumkin. Ko‘pchilik holatda pedagogik chekinish bolalarning qapday sharoitda yashashiga bog‘liq: o‘qish bilan qiziqadigan oiladami yoki aksincha o‘qishni ikkinchi darajali deb hisoblaydigan oiladami va h. k.
Ijtimoiy chekinish. Ijtimoiy chekinish tushunchasi ijtimoiy me’yor tushunchasi bilan bog‘liq. Ijtimoiy me’yor — bu jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichida insonlar yoki ijtimoiy guruxdar faoliyati va xulq-atvoridagi yo‘l qo‘yilgan yoki mumkin bo‘lgan qoidalar, xatti-harakatlar andozasidir. Ijtimoiy chekinish yoki og‘ishlarning oldini o lit va tartibga solib borish uchun qadimda turli xil afsonalar, an’analar va diniy marosimlar yaratilgan.
Ijtimoiy me’yor ikkita guruhga ajratiladi:
universal, ya’ni jamiyatdaga barcha insonlarga xos.
xususiy, ya’ni jamiyatdagi ma’lum guruh yoki ma’lum kasb egalariga xos me’yorlardir.
Ijtimoiy me’yorlarni, shuningdek, huquqiy, ma’naviy, siyosiy, diniy va h. k. deb ham guruhlarga ajratish mumkin.
Ijtimoiy me’yorlar va insonlarning ulardan og‘ittgi yoki chekinishi ular yashab turgan jamiyatning ajralmas faktori bo‘lib hisoblanadi. Bolalar orasidagi ijtimoiy og‘ittg esa upish o‘sha jamiyatda salbiy sifatlar ta’sirida tarbiyalanishi, salbiy ijtimoiy guruhga kirishi, ijtimoiy rolni egallab, ijtimoiy tajribalarni o‘rganishi sifatida xarakterlanadi. Pedagogikada bupi «tarbiyasi ogir bolalar» deb yuritishadi. Ya’ni bu bolalarning xatti- harakatlari, xulq-atvorlari jamiyat tan olgan me’yorlarga zid. Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati esa shunday ijtimoiy og‘ishlarni profilaktika hamda reabilitatsiya qilishga qa- ratilgandir.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə