Ijtimoii pedagogika


Ijtimoiy pedagogik tashxis



Yüklə 2 Mb.
səhifə46/144
tarix15.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#105641
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144
Ijtimoii pedagogika

Ijtimoiy pedagogik tashxis — bu pedagogik faktorlarning samaradorligini oshirish maqsadida sotsiologik, ekologik va ijtimoiy-psixologik faktorlarning sotsiumga hamda har bir shaxsga ta’sir ko‘rsatishi haqidagi axborotlar majmui kabi bilish jarayonining tashkiliy qismidir.
Ijtimoiy pedagogning tashxis ob’ekti — ijtimoiy mikromuhit bilan munosabati tizimida bolaning Shaxssifatida rivojlanishi va ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ijtimoiy pedagogik tashxis orqali mikromuhitning ijtimoiy psixologik tavsifi, oila tarbiyasi va pedagogik jarayonlar shaxsning individual — psi­xologik tavsifi o‘rganiladi.
Ijtimoiy-pedagogik tashxis huyidagi tuzilishga ega:
bolaning faoliyatidagi nuqsonlarni aniqtash;
bolaning faoliyatidagi ushbu nuqsonlarning sabablarini anikdash;
ushbu bola haqidagi to‘plangan materiallar asosida dastlabki farazni ilgari surish;
ushbu farazni sinashga doyr qo‘shimcha axborotlar to‘plash;
agarda faraz isbotlanmasa, barcha muolajalarni qayta ko‘rib chiqish.
Bola yoki o‘smir Shaxsi bilan olib boriladigan bu ishlarni bir so‘z bilan aytganda ijtimoiy pedagogik tekshiruvdan o‘tkazish deb yuritsa ham bo‘ladi.
Demak, ijtimoiy pedagogik tekshiruv ijtimoiy pedagogik tashxisning asosini tashkil etadi.
Savol va topshiriqlar:
Me’yor va me’yorlardan chekinish (og‘ish) tushunchasini izohlang.
Pedagogik, psixik, ijtimoiy chekinish haqidagi fikringiz.
Chekinish (og‘ish) nazariyasi haqida nimalar deya olasiz.
Deviatsiya va uning turlari
Jamiyat tomonidan qabul qilingan xatti-harakatlar, qoidalar va me’yorlardan chekingan o‘smirlarning tarbiyasi qiyin yoki tarbiyasi og‘ir o‘smirlar deb atashadi. Tarbiyasi ogir o‘smirlar deganda turli xil sabablarga ko‘ra pedagogik ta’sirlarga qarshi chiquvchi bolalar tushuniladi. Jamiyatda o‘rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya qilmaydigan shunday tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni fanda deviatsiya deb atashadi.
Deviatsiya — bu ijtimoiy pedagoshk muammo bo‘lib, inson ruhiy olamidagi, uning atrofidagi muhitning o‘zgarish hollari bilan bog‘liq. Bu hol, ayniqsa, o‘smir yoshdagi bolalarga xosdir. Chupki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo‘lib, bu yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, intellektual, axlotsiy va boshqa jihatlarida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar o‘z navbatida ularning psixikasida o‘zgarishlar ro‘y berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy statusida, jamoada o‘zini tutishida o‘zgarishlar ro‘y berib, ularni ko‘proq «Men kimman?» — degan savol qiynaydi.
Deviatsiya o‘z ichiga deviant, delinkvent va kriminal xatti- harakatshrim birlashtiradi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə