Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


MASning afzalliklaridan to’laqonli foydalanish uchun quyidagi shart-sharoitlarni ta’minlash zarur



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə18/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

MASning afzalliklaridan to’laqonli foydalanish uchun quyidagi shart-sharoitlarni ta’minlash zarur:
1. Media va axborot savodxonligi yaxlit butunlik sifatida qabul qilinishi va o’z mazmunida kompetensiya(bilimlar, ko’nikmalar va malakalar)lar majmuini qamrab olishi;
2. MAS talaba-jurnalistlarni media va axborot kanallari bilan o’zaro hamkorlik qilishi uchun kasbiy savodxonlikni shakllantirishga maqsadli ravishda yo’naltirishi;
3. Bo’lajak jurnalistlar axborotni izlash, saralash, baholash va tarqatish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
4.Ayollar va erkaklar, shuningdek, aholining marginal guruhlari, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar, tub aholi yoki kam sonli millatlarning axborotga egalik qilishi uchun bir xil imkoniyatlarni yaratish;
5.MAS jurnalistlar tomonidan halqlar va ularning madaniyatini tushunish, madaniyatlararo muloqotni ijtimoiy hayotning muhim vositasi sifatida qabul qilinishi.
Media va axborot savodxonligi konsepsiyasi umuminsoniy huquqlarga asoslanadi hamda ayrim shaxslar, jamoalar va butun millatlar so‘z erkinligi huquqi va axborotdan foydalanish erkinligi huquqidan foydalanishining asosiy sharti deb hisoblanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida qayd etilishicha, “Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to‘siqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi”.
Ushbu tamoyildan kelib chiqib, YuNESKO ta’kidlaydiki, mediaaxborot savod-xonligi konsepsiyasi dunyoning barcha mamlakatlari fuqarolariga to‘la ma’noda ushbu asosiy inson huquqidan foydalanish imkonini beradi. YuNESKOning media va axborot savodxonligi to‘g‘risidagi nashrlarida ta’kid­ lanadiki, “media va axborot savodxonligini o‘zlashtirgan fuqarolar: 1) tegishli texnologiyalardan foydalangan holda axborot va mediakontentni olish, baholash, yaratis h va tarqatish layoqatiga ega bo‘ladi”. Bu odamlar: 2) o‘zlarining axborot va OAV bilan ishlash sohasidagi huquqlarini, shuningdek, o‘z ixtiyoriga bepul, mustaqil va turli-tuman axborot va mediatizimlar berilishi bo‘yicha talab uchun o‘z mas’uliyatini tushunadi va biladi. Media bilan munosabatda ular: 3) axborot va media ta’minotchilari roli va funksiyasini, shuningdek, ushbu funksiyalarning amalga oshirilishi shartlarini tushunadi. Bu hali hammasi emas, o‘zaro axborot almashishning faol ishtirokchisi bo‘lgani holda, ular: 4) bilim yaratishga va ularni keng ko‘lamda tarqatishga qodir.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə