Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


Mediasavodxonlik ko‘nikmalarini uchta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash mumkin: • tushunish; • foydalanish; • yaratish



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə19/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

Mediasavodxonlik ko‘nikmalarini uchta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash mumkin: • tushunish; • foydalanish; • yaratish
Mediasavodxonlikning markaziy tushunchalari haqida quyidagi grafikadan ko‘rish mumkin.
Aslida, bu so‘zlarning barchasi markazdagi so‘zni to‘ldiradi. Agarda ilgari savodxonlik haqida so‘z ketganda odamning ma’lumoti, uning yozma va og‘zaki nutqi, fikrlash kengligi va tafakkuri ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu tushuncha inson faoliyatining ko‘p sonli yo‘nalishlarini, shu jumladan, axborot, media va raqamli kommunikatsiya vositalari bilan bog‘liq faoliyatni ham qamrab oladi. Bu esa ushbu tushunchaning kengayishiga olib kelgan.


Savodxonlik ham MASning asosiy tushunchalaridan biridir. Ushbu nuqtai nazardan uni quyidagi tavsiflar bilan to‘ldirgan va aniqlashtirgan holda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq:
Ushbu kategoriyalardan har biri o‘z chegarasiga, o‘zining farqli, ba’zan kesisha-digan, avvalgi jihatni to‘ldiruvchi xususiyatiga ega. Masalan, computer literacy (kompyuter savodxonligi) bu kompyuter texnikasidan foydalanish layoqati, informatika asoslarini bilishni anglatsa, audiovisual literacy va visual literacy (audiovizual savodxonlik) makon va vaqtga oid audiovizual voqelikni tahlil va sintez qilish qobiliyatini ko‘zda tutadi. Bu audiovizual mediamatnni o‘ziga xos “o‘qish” layoqati, audiovizual texnikadan foydalana olish, uning asoslarini bilish bo‘lib, bular media kompetensiyasining tarkibiy qismidir.
Information literacy (axborot savodxonligi) umuman barcha sanab o‘tilgan tushunchalarni qamrab axborot bilan tanishish, tahlil va sintez qilishni qamrab oladi. Barcha sanab o‘tilganlardan media literacy (mediasavodxonligi) tushunchasi ajralib turadi va u media voqeligini tahlil va sintez qilish, mediamatndan foydalanish va uni tushunish, mediamadaniyat asoslarini bilishni, ya’ni mediata’lim natijasini nazarda tutadi. Mediata’lim raqamli texnologiyalarning o‘sib borayotgan ta’siri bilan uzviy bog‘liq va dolzarb ahamiyatga ega. Agar ilgari Internetdan foydalanish oddiy syorfing va chatlardagi muloqot bilan chegaralangan bo‘lsa, hozirgi paytda raqamli tashuvchilar bilan axborot almashinuvi shunchalik keng tarqalgan va faolki, tarmoqdan mobil foydalanish smartfonning dunyoga o‘ziga xos oyna bo‘lishini ta’minlaydi, uning foydalanuvchisini esa faol foydalanuvchiga, axborot tarqatuvchiga, uni yaratuvchiga aylantiradi.
Shu sababli mediata’lim sohasidagi raqamlashtirish bilan bog‘liq yana bir muhim tushunchani — prosyumer—mediani yaratish/ishlab chiqarish ishtirokchisini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Bu so‘z 1980 yilda Elvin Toffler tomonidan taklif qilingan bo‘lib, “ishlab chiqaruvchi” va “iste’molchi/konsyumer” so‘zlaridan tashkil topgan. Yangi axborot voqeligi va mediaga to‘lib toshgan dunyoda newmedia: raqamli media, mobil media, ijtimoiy tarmoqlar va h.k. lar foydalanuvchisidan netvorking, remiksing, sharing, kontent va multimediani yuklab olish, yaratish, tarqatish va savodli tarzda foydalanish ko‘nikmalarini talab qiladi. Aynan shu sababli newmedia ekotizimini ta’riflovchi yangi tushunchalar — raqamli savodxonlik, yangi mediasavodxonligi, multimediasavodxonligi tushunchalari paydobo‘ldi. Hozirgi paytda gipermatnlilik tushunchasi nafaqat raqamli axborotga, balki tarmoqdan foydalanuvchilarga ham tegishlidir. Netvork raqamli aloqalar vositasida barchani va barcha narsalarni bog‘lash tamoyili sifatida odamlar va mashinalar, mashinalar va dasturlar, robotlar va boshqa texnikalar o‘rtasidagi muayyan kommunikatsiyani anglatadi. Mediasavodxonlik haqida so‘z ketganda ekspertlar shuni qayd etadiki, “ko‘nikmalarning an’anaviy to‘plami kengaymoqda; katta ma’lumotlardan xabardorlik, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi, internetda qo‘llaniladigan algoritmlarni bilish, shuningdek, mediaga kirishish va undan chiqish o‘rta-sidagi muvozanatga rioya qila olish yangi mediasavodxonlik komponentlari hisoblanadi”. Shu tariqa foydalanuvchining “online” yoki “offline” rejimini tavsiflovchi tushunchalar bugungi kunda insonlararo munosabatlarda va axborot almashinuvida eng muhim signalga aylandi.
MASning YuNESKO tomonidan ilgari surilgan 5 tamoyili. 1-tamoyil. Axborot, kommunikatsiya, kutubxona, media, texnologiyalar, internet jamiyat tomonidan tanqidiy foydalanilishi kerak. Ular maqomi bo‘yicha teng va ushbu manbalarning birontasini boshqalariga nisbatan ahamiyatliroq deb qaramaslik kerak.
2-tamoyil. Har bir fuqaro axborot/bilim yaratuvchisidir. Har kim axborot/ bilimdan foydalanish va o‘zini ifodalash huquqiga ega. Media va axborot savodxonligi erkaklar uchun ham, xotin-qizlar uchun ham inson huquqlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak. Internet va zamonaviy media sharoitida har qanday kishi axborot muallifi/hammuallifi va tarqatuvchisi bo‘lishi mumkin. Bu turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun jahon hamjamiyati tomonidan barchaga axborot berish vositalaridan foydalanish bo‘yicha teng imkoniyat yaratish usullari ishlab chiqilmoqda. Hukumatlar bu borada ish olib bormoqda va o‘z qonunchilik hujjatlariga axborot almashinuvi soha-sidagi huquqiy munosabatlarni, ma’lumotlarni olish va tarqatish bo‘yicha huquqni, alohida shaxslarning chop etilgan materiallar bo‘yicha majburiyatlari va mas’uliyatini tartibga soluvchi turli me’yorlarni kiritmoqda.
3-tamoyil. Axborot, bilim va xabarlar har doim ham betaraf, mustaqil yoki xolis bo‘lavermaydi. MASning har qanday konseptualizatsiyasi, undan foyda-lanish va qo‘llash ushbu tasdiqning barcha fuqarolar uchun shaffof va tushunarli bo‘lishini ta’minlashi kerak. Faktlarni ajratib olish va tanlashni amalga oshirar ekanmiz, biz axbo-rotga va uning filtratsiyasiga ta’sir ko‘rsata boshlaymiz. Bu har doim ham manipulyatsiya bilan bog‘liq bo‘lmaydi, balki urg‘u berish uchun biz birinchi darajali va ikkinchi darjali ma’lumotlarni ajratamiz. Ayni paytda, bu dunyoni o‘zimizning nuqtai nazarimizdan ko‘rsatish yo‘lidagi qadam hisoblanadi. Ushbu tamoyil, manbalar bilan ishlashda ham va umuman media bilan ishlashda ham bunday vaziyat kuzatilishi mumkinligini ta’kidlaydi, ushbu faktni albatta hisobga olish kerak.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə