Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


kompetensiyalar va asosiy unsurlar, Axborot savodxonligi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə27/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

2. kompetensiyalar va asosiy unsurlar, Axborot savodxonligi.
Jurnalistning axborot savodxonligi qaror qabul qilish va borliqning dolzarb muammolarini tahlil qilish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan axborotni olish, tushunish, baholash, moslash, generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va mahorat majmuasini bildiradi.
Bunday bilimga ega bo’lgan jurnalist quyidagi bazaviy ko’nikmalarga ega bo’ladi:
–tanqidiy tafakkur,
– axborotni tahlil qila bilish va undan keyingi bosqichda materialda ko’tarilgan muammoni hal etishda foydalanish,
– mustaqil ta’lim olish qobiliyati,
– davlat faoliyati va demokratik jarayonlarda ishtirok etishga imkon beruvchi shaxsiy media-resurslarni yaratish. Kasbining ustasi bo’lgan jurnalist o’z oldiga qo’yigan maqsad- vazifalaridan kelib chiqqan hamda axloqiy qoida va me’yorlarga tayangan holda axborotni qanday to’plash, undan foydalanish, uni sintezlash va tashkil etishni yaxshi biladi. Jurnalistning axborot savodxonligi o’z ichiga qo’yidagi ko’nikmalarni oladi:
– OAV kanali axborot ehtiyojlarini aniqlash/anglash: Unga nima kerak? U qandday muammoni hal qilishga urinmoqda? – Aniqlangan axborot manbalaridan samarali foydalanish: rasmiy hujjatlar, ekspert fikrlari, voqea ishtirokchilari, Internet ma’lumotlari, radio- va telesyujetlar, kitoblar va h.k. Birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi manbalarning qaysi biridan foydalanish zarur? Bu ham axborot izlash jarayoniga kiradi: Axborotni qayerda izlash maqsadga muvofiq? Yordam olish uchun kimga murojaat qilish lozim? – Axborot sifatini tahlil qilish va uni baholash: axborotning ishonchliligi va haqqoniyligini aniqlash. – Axborotni tashkil etish, saqlash yoki arxivlash: ko’plab axborot manbalaridan olingan axborotni qanday qilib samarali tashkil etish mumkin? Ya’ni jurnalistning shaxsiy arxivini yaratish haqida gap boradi. – Axborotdan foydalanishda axloq me’yorlariga rioya qilish. – Shaxsiy axborot kontentini yaratish va uni taqdim etish usullari. Axborot savodxonligi jurnalist materialini tayyorlashda zarur bo’lgan muayyan hajmdagi axborot to’planganini anglash imkonini beradi. Axborot savodxonligi - qaror qabul qilish va muammolarni tahlil qilish maqsadida axborotni olish, tushunish, baholash, moslash, generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo'lgan kompetensiyalar to'plamidir. Axborot borasida savodxon insonlar quyidagi tayanch ko'nikmalarga ega bo'ladilar:
Axborot borasida savodxon inson axborot izlash jarayonini o'z vaqtida to'xtatishni ham biladi. Mavjud barcha ma'lumotlarni to'plab bo'lmaydi. Axborot borasida savodxonlik yetarli darajada ma'lumot to'plangan va hali qayta ishlanmagan ma'lumot manbalari ko'p bo'lishiga qaramasdan, olingan yangi ma'lumot o'zlashtirilmaydigan nuqtaga erishilgan paytni aniqlash imkoniyatini beradi. Har qanday zamonaviy davlatda axborot hamisha jamiyat hayotida sodir bo'layotgan voqea va hodisalarni iste'molchiga xolis yetkazib berish va kishilarning ongi, dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy hamda huquqiy madaniyatini shakllantirishda asosiy vosita bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Ayni paytda shiddat bilan o'zgarib borayotgan globallashuv jarayonida hayotimizning biror bir sohasini OAV siz tasavvur qilib bo'lmaydi. Hozirda internet ham OAVning bir ko'rinishi sifatida talqin qilinmoqda. Internet tarmog'i orqali kun davomida qanchadan-qancha axborotlar qabul qilinadi. Internet (International Network- xalqaro kompyuter tarmog'i) bu -vaqt, makon va geografik chegaralarning mavjudligiga qaramay, kompyuter va kichik tizimlarning o'zaro aloqa bog'lab global axborot infratuzilmasini shakllantiruvchi butunjahon kompyuter tarmog'idir.
Globalizatsiya ijobiy jihatlari bilan birga qator jiddiy muammolarni ham tug'dirdi. Ularning muayyan qismini "hozirgi davrning global muammolari" deb atash qabul qilingan. Kelib chiqishi, mavjudligi va hal etilishi jihatlariga ko'ra global muammolarni uch guruhga ajratish mumkin:
Pedagoglar axborotlashgan jamiyat yoshlari bilan ishlaydilar. Xozirgi yoshlar uchun rakamli texnika bilan ishlash muammo emas. Ular kompyuterda yangi imkoniyatlarini muammosiz o’rgana oladilar. Faqat ularni o’z-o’zini rivojlantirishning aktiv faoliyatiga undash, o’zligini anglash, o’zini ko’rsata bilish, o’zini takomillashtirishga (k samopoznaniyu, samorealizatsii, samosovershenstvovaniyu) ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olish ko’nikmalarini shakllantirish lozim.
Funksional maksadiga ko’ra har xil dasturiy mahsulotlar axborot resurslari maqomini oldi. Jamiyatning hozirgi rivoji axborot texnologiyalari sanoatlashgan juda katta intellektual va moliyaviy resurlari mavjud bo’lgan strategik yo’nalishga aylantirdi. Hozirgi kunda axborot, axborot resurslari va axborotni boshqarish qurollari tushunchalari «axborot maydoni» (informatsionnoye prostranstvo) degan sohaga keng qo’llanilmoqda.
«Axborot maydoni» deganda axborotni maqsadli saqlash va qayta ishlash bilan bog’liq barcha say-harakatlar tushuniladi. Axborot maydonining asosini axborot resurslari va ularni qayta ishlash vositalari (berilganlar bazasi, fayllar, protokollar, klassifikatorlar, kompyuterlar, tarmoq uskanalari, telekommunikatsiya vositalari) tashkil etadi. Axborot maydoni axborotni yig’ish, to’plash, saqlash, izlash, analitik qayta ishlash usul va uslublarining o’zaro bog’lqligidan tashkil topgan axborot sistemalari (AS) orqali tizimlashtiriladi. Axborot resurslar AS doirasida jamlanadi.
ASlarining axborot – kommunikativ o’zaro ta’siri orqali rusurslarni jamlash uni yagona axborot maydoni (YAAM -Edinoye Informatsionnoye Prostranstvo) deb nomlandigan birlashgan (korporativ) axborot resurlari darajasiga yetkazadi. Tashkilot, hududlarda YAAM amalga oshirish axborot tizimlari va uning alohida ilovalarining o’zaro aloqasi standartiga tuzish va rioya qilishda namoyon bo’ladi .

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə