Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


Xorijiy mamlakatlarning media savodxonlik va axborot madaniyatini qiyosiy tahlili



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə24/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

5. Xorijiy mamlakatlarning media savodxonlik va axborot madaniyatini qiyosiy tahlili.
YUNESKO media va axborot savodxonligini shakllantirish asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. Mediata’lim bo`yicha Gryunvald (Polsha) Deklaratsiyasida (1982), axborot savodxonligi va insonning butun hayoti davomida oladigan ta’limi buyicha «Axborot jamiyatining mayoqlari» Aleksandriya deklaratsiyasi (2005) va Parij YUNESKO kun tartibida (2007) belgilangan maqsadlarga erishishda YUNESKO a’zo davlatlarini qullab-quvvatlayd Grunvald deklaratsiyasining muhimligini yana bir bor tasdiqladilar.
Globallashuv sharoitida jamiyat va yangi bilimlar alohida ahamiyatga ega. Zamonaviy jamiyatda ommaviy axborot vositalarining roli va o'rni sezilarli darajada oshdi. Maxsus Grunvald deklaratsiyasining dolzarbligi ham uning puxtaligidadir tahlil qilish va jamoatchilik e'tirofining hali ham yetarli emasligini ta'kidlashda media ta'limga bo'lgan ehtiyoj.
YUNESKOning Ta’limda axborot texnologiyalari Instituti (TATI) tomonidan 2010 yilda “Media savodxonlik va yangi gumanizm” nomli monografiya nashr qilindi. Bunda tadqiqot, media madaniyat va mediata’lnmnnng zamonaviy an’analarining mohiyatini chuqurroq tushunish, hamda media savodxonlikning va o`qituvchilar uchun mo`ljallangan media va axborot savodxonligi (MAS) bo`yicha yangi ta’lim dasturlarining konseptual asoslarini rivojlantirishga
qaratilgan.
Milliy g’oya tomonidan kurash olib boriladigan ma’naviy tahdidlar avvalo tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi yosh avlodning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion xurujlarni o’zida ifodalaydi. Ma’naviy tahdidlarning uch turi mavjud bo’lib, bular, mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion tahdidlardan iboratdir.
1. Mafkuraviy tahdidlar. Mafkuraviy tahdidlar insonparvarlik tamoyiliga zid bo’lgan, bir millatni boshqasidan ustun qo’yadigan, oliy irq da’vosida boshqa xalqlarni qirg’in qilishga chaqiradigan, jamiyatni qarama-qarshi taraflarga bo’lib tashlaydigan g’oyalar bo’lib, diniy aqidaparastlik va jangari irqchilik, buyuk davlatchilik shovinizmi va ashaddiy millatchilik, fashizm va bolshevizm mafkuralari ana shunday mafkuraviy tahdidlar bo’lib hisoblanadi.
2. G’oyaviy tahdidlar. Bu turga kiruvchi tahdidlar inson ma’naviy olamida yot g’oyalar, qarashlar va maqsad-muddaolarni shakllantirishga intiladi. Bugungi kunda g’oyaviy tahdidlarning quyidagi ko’rinishlari mavjud bo’lib, bularga axloqiy buzuqlik, zo’ravonlik, egotsentrizm, individualizm, “ommaviy madaniyat”, milliy davlatning taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg’otish, milliy nizolar keltirib chiqarishga urinish, iqtisodiy tanglik joriy qilish, qo’shni davlatlarni bir-biriga qayrash, yoshlar ongini zaharlash kabilar kiradi.
3. Informatsion tahdidlar. Bu turga kiruvchi tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto’g’ri shakllantirishni maqsad qilib qo’ygan bo’lib, bugungi kunda informatsion tahdidlar Internet vositasida chetdan turib uyushtirilmoqda. Informatsion tahdidlarning asosiy ko’rinishlari, davlatning milliy siyosatini atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik muammoni katta muammo sifatida tasvirlash, muxoliflarni gij-gijlash, rahbarlarni salbiy tarzda tasvirlash, milliy qadriyatlarni noto’g’ri talqin qilish, yoshlarni chalg’itish kabilardan iborat bo’lib, informatsion tahdidlarni ba’zida axborot xuruji deb ham atashadi. Axborot xuruji shaxsni ikkilantirib, uni muammolar girdobiga tashlaydi. Natijada fuqarolarning ijtimoiy ongi zaharlanib, jamiyatda ijtimoiy xastalik tarkib topadi.
So`nggi yillarda YUNESKO, Yevropa Ittifoqi va alohdda davlatlar tomonidan media savodxonlikni targ`ib qilish borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni tahlil qilish asosida, tadqiqot mualliflari Xose Manuel Peres Tornero va Tapio Varis tomonidan media savodxonlikning madaniyatlararo muloqotga qushayotgan hissasini oshirish uchun hal qilinishi lozim bulgan asosiy muammolar belgilandi. YUNESKO tomonidan 2011 yilda ommaviy axborot vositalari, axborot, AKT, ta’lim va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish kabi turli xil soxa mutaxassislarining xamkorligida uqituvchilar uchun muljallangan «Media va axborot savodxonligi» ta’lim dasturi nashr qilindi. 2008 yildan buyon dastur ishlab chiqilishi davrida ta’lim dasturlarini ishlab chikish strategiyalari va dasturning birinchi variantini tadkik kilish masalalari buyicha mutaxassislardan iborat bir nechta xalkaro maslaxat kengashlari tashkil etildi, dunyoning turli mamlakatlarida media va axborot savodxonligini shakllantirish uchun ishlab chikilgan ta’lim resurslari anikdandi; ta’lim dasturining loyixasi ustida to`rtta mutaxassislar guruxi ish olib bordi; Janubiy Afrika, Lotin Amerikasi va Karib dengizi hamda Janubiy Osiyo mamlakatlarida tashkillashtirilgan o`quv seminarlari va konsultatsiyalar davomida sinovdan utkazildi. Dasturga sunggi uzgarishlar kiritilib, taxrir kilingach, nashr kilindi.
YUNESKOning kommunikatsiya va axborot buyicha Bosh direktori janob Yanis
Karklinshning aytishicha, bu ta’lim dasturi mazkur soxada yangi suzdir.
“Chunki birinchidan, bu dastur istiqbolga yunaltirilgan bo`lib, radio, televideniye, Internet, gazeta, kitoblar, elektron arxivlar va kutubxonalar umumiy bir platformadagi konvergensiyasining zamonaviy tendensiyalariga tayangan tarzda tayyorlangan va ilk bor MAS ga yagona yondashuvni namoyish kiladi. Ikkinchidan, dastur pedagoglar ehtiyojlarini hisobga olgan holda ukituvchilarning rasmiy tayyorlov tizimiga kiritilishi uchun tuzilgan”. MAS o`qituvchilarni uqitish dasturi fransuz, ispan va arab tillariga tarjima kilingan. 2012 yilda TATI tomonidan dasturning rus tilidagi nashri chop etilgan. Dasturni Rossiya media kontekstining uziga xosliklarini hisobga olgan holda mahalliylashtirish va tadbiq etish yullarini o`rganish maksadida Institut tomonidan YUNESKOning Moskva shahridagi Byurosi va «Axborot hamma uchun» YUNESKO dasturining Rossiya qumitasi bilan hamkorlikda 2011 yil dekabr oyida va 2012 yil iyun oyida ikkita mutaxassislar kengashi tashkil etildi. Mazkur kengashlar TATI bilan xamkorlikda mediata’lim Fin jamiyatining ekspertlari bilan tayyorlangan «Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari» darsligining konsepsiyasi va loyixasi Rossiya, Belorusiya, Meksika va Norvegiya davlatlarining media va axborot savodxonligi bo`yicha mutaxassislari tomonidan muhokama qilindi. Darslik MAS ko`nikmalarini shakllantirishning pedagogik asosini yaratish va bu ko`nikmalarni baholash yo`llarini taklif qilish uchun mo`ljallangan.



Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə