Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


Axborot olish va foydalanish metodlari



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə23/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

4.Axborot olish va foydalanish metodlari.
Globallashayotgan jamiyatda axborot hatto xalqlararo va davlatlararo munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi. Ya'ni u jahon hamjamiyati hayotida ham ijobiy, ham salbiy kuch sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Shu ma'noda texnikaviy-texnologik sohada katta imkoniyatga ega bo'lgan mamlakatlar qulay s haroitga ega bo'ladilar. Bu esa hatto mamlakatlar o'rtasida yoshlarni buzg'unchi yoki bunyodkor shaxs sifatida shakllantirishda manfaat jihatidan o'ziga tegishli qilib tarbiyalash istagini oshiradi va bu mamlakatlararo mafkuraviy kurash shaklini ham namoyon etadi. Shunga ko'ra ko'pgina davlatlarda globallashuvga qarshi harakatlar yuzaga kelmoqda, ular yagona jahon uyg'unlashgan axborot maydonini tuzishni rad etmoqdalar. Shu o'rinda axborot manbalari masalasi chuqurroq tahlil qilinadigan bo'lsa, uni uch toifaga ajratish mumkin. Tajribali foydalanuvchi turli xil axborot manbalarining bir nechtasini tanlaydi va zaruratga ko'ra ulardan foydalanadi.
Birlamchi manbalar — bu asl manbalar bo'lib, ular axborotning izohlanishini nazarda tutmaydi. Bu tadqiqot hisobotlari, prays-varaqlar, nutq matnlari, elektron xabarlar, amaliy san'at asarlari, qo'lyozmalar, fotosuratlar, kundaliklar, shaxsiy maktublar, og'zaki hikoya, intervyu yoki diplomatik hujjatlar bo'lishi mumkin. Aksariyat holatlarda va ma'lum vaziyatlarda imkon qadar birlamchi axborot manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ikkilamchi manbalar axborotni yetkazib beruvchilardir. Bu holatda axborot o'zgarishi, tahlil qilinishi yoki umumlashtirilishi mumkin (masalan, ilmiy kitoblar, jurnallar, tanqidiy tahlil yoki ma'lumotlar talqini). Foydalanishga tavsiya etiladigan birlamchi manbalar ikkilamchi manbalarga nisbatan har doim ham o'zida nufuzli yoki xolis axborotni saqlamaydi. Axborotni sub'yektiv baholash holatlarini, tekshirilgan ikkilamchi manbalardan foydalanib bartaraf etish mumkin. Ikkilamchi manba muayyan soha yoki ma'lum vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin. Uchlamchi manbalar - bu tashkil etilgan va o'zida birlamchi hamda ikkilamchi manbalardagi axborotni qayta ishlab, o'zida mujassamlagan (masalan, referatlar, bibliografiya, turli qo'llanmalar, ensikpopediyalar, ko'rsatkichlar, xronologik jadvallar, ma'lumotlar bazasi va hokazo) manbalardir. Axborotga bo'lgan ehtiyoj — ma'lum foydalanuvchi (yoki foydalanuvchilar guruhi)ning ma'lum mavzuga oid ma'lumotga bo'lgan ehtiyojidir. Axborot manbasini baholashda avvalo inson undan axborotni nima maqsadda olayotganini aniqlashi zarur. Mazkur jarayon ishonchli axborot manbalarini aniqlashga yordam beradi.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə