Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


San`at, sport va ma`naviy hayot



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə30/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

San`at, sport va ma`naviy hayot.

2. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati.
3. Axborotning ijtimoiy qatlamga ta`siri.
Globallashuv jarayonlarida axborotga bo'lgan talablarning oshishi ko'plab mamlakatlarning, insonlarning o'z manfaatlarini amalga oshirish yo'lida "axborot xuruji"ni qurol qilib olishga zamin yaratdi. Bugungi kunda hayot sur'atlarining jadallik bilan rivojlanishi xalqaro maydonda davlatlarga, xalqlarga, millatlarga hamda boshqa xalqaro huquq sub'yektlariga erkin hamkorlik qilish imkonini bermoqda. Ammo, hayot sur'atlarining jadallik bilan rivojlanishining salbiy jihatlari vaqt o'tgani sayin tobora ko'zga tashlanmoqda. Mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ularning bekor qolishi natijasida, ongida bo'shliq hoisil bo'lmasligi, dunyoda bo'layotgan o'zgarishlarni o'zining mustaqil fikri bilan tahlil eta olishi, zararli illatlardan holi sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun Yurtboshimiz rahnomoligida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga doir chora tadbirlar, davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Bu g'amxo'rliklarga javoban biz ham imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yurtimiz kelajagi, xalqimizning ertangi faravonligi yo'lida o'z xissamizni qo'sha oladigan yetuk kadr bo'ishimiz lozim. Global miqyosdagi ijtimoiy va madaniy-ma’naviy maydon shakllanayotgani madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo aloqalarning mustahkamlanishiga yo‘l ochmoqda. Ular iloji boricha, yoshlar ongida asrlar davomida shakllanib kelgan milliy qadriyatlarga nisbatan bepisandlik, hurmatsizlik kayfiyatini uyg`otib, o`z mafkurasi va g`oyasini singdirishga intilmoqdalar. Bu holatlarni oldini olishning eng asosiy vazifalaridan biri “...hurmatli domlalarimiz va professor o`qituvchilarning eng muhim vazifasi- yosh avlodga puxta ta`lim berish, ularni jismoniy va ma`naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir”1 Mazkur globallashuv sharoitida yoshlar diniy ma’rifatini ijtimoiy-madaniy omillari va intellektual vositalari, O’zbekiston yoshlarining diniy ma’rifat tuyg’usi va uning ijtimoiy madaniy hayotni yuksaltirishdagi ahamiyati hamda yoshlar ongida diniy bag’rikenglik g’oyalarini rivojlantirishning samarali yo’llari va usullari o’rni ochib berildi. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlardagi siyosatshunos, huquqshunos, sotsiolog, faylasuf olimlarning diqqat markazida turgan fuqarolik jamiyati muammosi O’zbekiston uchun alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, erkin demokratik jamiyat qurish imkoniyatiga ega bo’ldi. Yangi jamiyatni xalqimizning mintalitetiga, milliy-ma’naviy xususiyatlariga mos, ming yillar davomida shakllantirilgan qadriyatlarimizga asoslanibgina qurishimiz mumkin edi. Demak, o’tmish merosni tiklash, milliy-ma’naviy boyliklarimizni o’rganish asosida xalqimiz ma’naviyatini yangilash zarur edi. Barchamizga ma’lumki, din va mafkura azal-azaldan jamiyat hayotini, odamlarga munosabatlarni muayyan tartibga soluvchi omil vazifasini o’tab kelgan. Ma’naviy merosimiz sarchashmalaridan biri bo’lgan islom diniga hurmat tuyg’ulari qayta tiklandi, bu qadriyatni yoshlar ma’naviyati va tarbiyasi, axloqi va kishilarimizda yangi tafakkur tarzini shakllantirishdagi o’rni va ahamiyati alohida e’tirof etildi. Ammo bizning bu yutuqlarimizni ko’ra olmaydigan kimsalar bizni yana o’z e’tiqodimizga qarshi qilishga, yoshlarmizni islom bayrog’i ostida o’z ta’sir doirasiga olishga urinishlari hamon davom etmoqda. Mamlakatimiz rahbarining islom dini, uning mohiyati va hayotimizdagi ahamiyatini tadqiq qilish, dinni soxtalashtirish va siyosiylashtirishga urinayotgan guruhlarning g’arazli maqsadlarini fosh qilish, ularga munosib javob berish to’g’risida bildirgan qimmatli fikrlarini o’rganish dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi. Yuqoridagi mulohazalar bugungi kunda turli shakl va mazmundagi axborotlar inson va jamiyat hayoti, taraqqiyoti va kamolotining zaruriy shartiga, OAV esa uni tarqatishning muhim bo‘g‘iniga aylanganini ko‘rsatadi. Xususan, radio, televidenie, gazeta va jurnallarsiz har qanday ma’lumotli kishi ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarda to‘g‘ri yo‘l topa olishi qiyin. OAV esa, kishilarga o‘zining individual tajribasi doirasidan chiqishga va keng qamrovli jarayonlar mohiyatini his qilishga yordam beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 minutdan keyin axborotning 60 foizi, kun oxiriga kelib 40 foizi, hafta oxiriga kelib bor yo‘g‘i 10 foizi esda qoladi. Shundan kelib chiqib, ijtimoiy fikrga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan, turli g‘oyaviy mazmun bilan sug‘orilgan axborotlarni vaqti-vaqti bilan takrorlab turishga ham alohida e’tibor berilayotganini ta’kidlash zarur.
OAV odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. OAVning bugungi kundagi rivoji g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi. Ana shunday vaziyatda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, shuni unutmaslik kerakki, “bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin”.
Bunday ogohlantirishlarni jiddiy asosga ega ekanini internet keltirib chiqarayotgan bir qator salbiy jihatlarda ham yaqqol ko‘rinadi. Unda o‘z-o‘zini o‘ldirishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo‘la oladi. Mutaxassislar o‘tkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko‘rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog‘idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya’ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo‘lishi yo‘liga to‘siq qo‘ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar, ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn pornografiya ta’siriga tushishi qayd qilinadi.
Shuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‘yinlarda esa o‘yin qahramoni o‘z maqsadiga yetishish uchun shunday zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu zo‘ravonlik va yovuzlikning o‘zi bosh maqsad hisoblanadi.
Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o‘ziga xos qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 10 foizi unga mustahkam bog‘lanib qolgan. Manfaatdor ijtimoiy-siyosiy kuchlar internetdan g‘araz maqsadlarda ham ustalik bilan foydalanilayotganini ta’kidlash zarur. Mazkur masalaga Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi, -deb ta`kidlaydi. Bu inson hayoti va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solayotgan va butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi. Ammo bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot va begona bo‘lgan ana shunday hodisalarni faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlashning o‘zi etarli emas. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g‘oyalar bilan xalqimizning ongu tafakkurini va saviyasini yuksaltirish, jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo‘lishimiz shart.
OAVning mafkuraviy jarayonlar rivojiga o‘ziga xos va kuchli ta’sir o‘tkazayotganini quyidagi misolda ham ko‘rish mumkin. Ma’lumki, bugungi kunda internet ommaviy axborot va kommunikatsiya tizimining eng tez rivojlanib borayotgan bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning g‘oyaviy kurash va targ‘ibotning asosiy maydoniga aylanganini ekstremistik, shu jumladan, diniy ekstremistik qarashlarni targ‘ib qilishdagi o‘rni misolida ham ko‘rish mumkin.
Diniy ekstremistlar va terrorchilarning internetdagi saytlarida tashkilotning maqsadi, tarixi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy mazmundagi ma’lumotlarga keng o‘rin beriladi. Jumladan, terrorchilar kuch ishlatish yo‘liga o‘tishga go‘yoki majbur bo‘lganlarini asoslashga, terror va qo‘poruvchilik harakatlarini ma’naviy va axloqiy jihatdan oqlashga intilishadi, Bunda o‘zlarini “ozodlik kurashchilari”, “partizanlar”, “qarshilik ko‘rsatuvchilar” deb atagan holda tinchlik tarafdori qilib ko‘rsatishga va ular bilan kurashda hukumat tinch yo‘l bilan harakat qilish lozimligini asoslashga intilish keng tarqalgan. Ular o‘z saytlarida hukumat tarafidan qo‘llanilayotgan usullarning “vahshiyligini” yoritishga ham alohida e’tibor beradilar.
Tezkor axborotlar, yangiliklarning bir vaqtning o‘zida bir necha tilda va terrorchilar uchun foydali bo‘lgan yo‘nalishda berib borilishi, ularning faoliyatni oqlovchi, “qahramonligini” kuylovchi qo‘shiqlar, kliplar berilishi bunday saytlarning mafkuraviy hamda emotsional ta’sir quvvatini oshirishga xizmat qiladi.
Bunday saytlar, bir tomondan, terrorchilik tashkilotining faol a’zolariga, ikkinchi tomondan, terrorchilarning asl maqsad muddaolarini bilmaydigan, ularni “kurashchilar”, “oppozitsiya” va shu kabi ijobiy maqom hamda sifatda qabu l qilishga o‘rgangan odamlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ulardan jamiyatda tegishli ijtimoiy fikrni shakllantirish va qarma-qarshi (dushman) tomonga psixologik ta’sir ko‘rsatish, qo‘rquv, vahima tarqatish orqali ichki ikkilanishni keltirib chiqarishdek maqsadlar ko‘zlanadi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek “tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin”. Ana shunday sharoitda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun virtual olamda ham faol harakatlar olib borish zarur. Shundan kelib chiqib, ko‘pgina mamlakatlar axborot sohasida ustuvorlikni ta’minlashni strategik maqsadlarga erishish, milliy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning asosiy yo‘llaridan biri sifatida e’tirof etmoqdalar. 1991 yilda respublikamizda bor-yo‘g‘i 1 ta teleradiokompaniya mavjud edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatimizda 70 dan ziyod teleradio studiya, 29 ta kabel televideniesi faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston matbuotining 40 foizdan ortig‘i nodavlat nashrlaridir. Jami 612 ta gazetadan 11 tasi, 165 jurnaldan 2 tasi xususiy sektorga tegishlidir.
Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘i­dagi salbiy mazmunga ega axborotlardan himoya qilish, ularda Internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi, xalqimiz tarixi, urf-odatlarini qadrlovchi, milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy yetuk inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida tarbiyalanishida axborot muhitidagi salbiy ta’sirlar hamda tahdidlardan asrash, shuningdek, tarmoqdan ayrim xorijiy axborot oqimi orqali kirib kela­yotgan yovuz niyatli g‘oyalarning oldini olish va ta’sir kuchini kamaytirish, axborotdan xavfsiz foydalanishlarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylangan. O‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan «Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma» voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallab, tayyorlangan bo‘lib, bolalarni Internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan asrash va ularning axborot xavfsizligi me’yorlariga rioya qilishlari bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. Jumladan, qo‘llanmada voyaga yetmaganlar 3 toifaga (7 yoshdan 10 yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 yoshgacha) bo‘linib, ularga va ularning ota-onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va tavsiyalar berilgan. Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki, bola tarbiyaga oid xulq-atvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillari, fikrlash va olam manzarasini ko‘proq aynan Internet yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. Ayrim ota-onalar farzandining kom­pyuter qarshisida bo‘lgan vaqtida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, deb o‘ylaydi. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavf-xatarlar va tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin.
Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tahlikali sharoitlarda qay tarzda o‘zini muhofaza qilish, xavf-xatarlar va tahdidlardan himoyalanish mumkinligini anglash uchun murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, Internetda ishlash paytida ularni esda tutish va e’tibor qaratish so‘raladi.
XAVF-XATARLAR — ularning tarmoqda uchta asosiy turi mavjud:
Kontent xavfi — yosh avlodning ax­loqiy va ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi (matnlar, tasvirlar, audio, video­fayllar, havolalar) noqonuniy, axloqsiz va zararli bo‘lgan turli axborotlarning (zo‘ra­vonlik, yovuzlik, hayosizlik, odob-axloq me’yorlariga zid so‘zlashuv, irqiy, diniy va millatlararo nizolarni keltirib chiqaruvchi, terrorizm va diniy ekstremizm, narkotik va psixotrop moddalar targ‘iboti, joniga qasb qilish, taqiqlangan o‘yinlar) Internet tar­mog‘ida doim mavjud.
Kommunikatsion xavf — Internet tarmog‘ida noma’lum (yaxshi tanish bo‘lmagan) shaxslar bilan muloqot jarayo­nida paydo bo‘ladi. Tarmoqdagi anonimlik va javobgarlikka tortilmaslikni anglash hissi ko‘p foydalanuvchilar tomo­nidan xaqo­rat, qo‘rqitish, kiberbulling, xiralik hamda shantaj qilish kabi holatlarga yo‘l ochadi.
Texnik xavf — zararli dasturlardan foydalanib (virus, bot, ayg‘oqchi dasturlar), dasturiy mahsulotlarga zarar yetkazish, maxfiy va shaxsiy axborotlar yoki shaxsga oid ma’lumotlarni o‘g‘irlash, kiberfiribgarlik.
TAHDIDLAR — mutaxassislar tomoni­dan umumjahon «o‘rgimchak to‘ri»da bolalar duch keladigan va ularning ruhiyatiga so‘z­siz salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan tahdidlarning asosiy turlari tasniflanib berildi.

  1. Mazmunan zo‘ravonlik, yovuzlik, hayo­sizlik, axloqsizlik, Internetdagi qimor o‘yinlar, narkotik moddalar to‘g‘risida axborot, huquqbuzarlik, irqiy nafratla­nishga oid sayt va materiallarga (foto, video, audio va bosma materiallar) oson kira olish imkoniyati.

  2. Notanish kishilar bilan elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va turli shubhali forumlar vositasida muloqotlar qilish, turli yozishmalarni amalga oshirish.

  3. Bolalar Internetdan foydalanganda duch kelishi mumkin bo‘lgan holatlar, ya’ni nazorat qilinmaydigan jarayon Internet orqali xarid qilish va onlayn o‘yinlarda nazoratsiz vaqt o‘tkazish.

TAHLIKALAR — axborot xavfsizligi eks­pertlari tomonidan 5 ta asosiy tahlika tasnifi belgilab berildi. Agarda ularga befarqlik bilan qaralsa, bolalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

  1. Internetdan nazoratsiz foydalanish oqibatida ota-ona obro‘sining zaif­lashuvi. Gohida ota-onalar «farzandim ulg‘aydi yoki bolam biror-bir mashg‘ulot bilan band bo‘lib, menga xalaqit bermasin», deya uni global tarmoq bilan yolg‘iz qoldiradilar. Bunday holatlar bolalarning Internetdan nazoratsiz foydalanishining bi­rinchi qadami hisoblanib, oqibatda, bolalar o‘z ota-onalarini tinglamay, ularni aldash va mensimaslikni odat qilib olishadi.

  2. Madaniyat, g‘oya, mafkuralar­ning aksil tizimi. Hayotning ushbu murakkab dav­rida o‘spirin o‘zini ko‘rsatish va jamiyatda o‘z o‘rnini egallash yo‘llarini izlaydi. Mustaqil bo‘lish kayfiyatiga ehtiyoj sezadi. Ushbu yo‘lda Internet tarmoqlarida tarqalayotgan va targ‘ibot qilinayotgan aksilmadaniyat tizimi, xususan, «got», «emo» va boshqa submadaniyat oqimlari, diniy-ekstremistik oqimdagi mafkuralar hali shaxs sifatida barqaror shakllanib ulgurmagan yosh avlodga katta xavf tug‘dirmoqda. Bundan tashqari, tarmoqlarda odob-axloq me’yorlariga zid so‘zlashuv, tushkunlik, insoniyatga nafrat, jinoyat olamiga xos mazmundagi qo‘shiqlarni ham uchratish mumkin. Ayrim qo‘shiqlarda jamiyatga qarshi borish, qonunlarga hurmatsizlik, nizolar, jinoyat, suiqasd, narkotik moddalari iste’moli kabilar ham mavjud. Ularning ijobiy jihati mutlaqo bo‘lmagani bois, ularga ortiqcha ta’rifga hojat yo‘q.

  3. Anonim Internet-muloqotlar. Ta’kidlash lozimki, onlayn muloqot o‘zining tabiati bilan jonli muloqotdan tubdan farq qiladi. Bu erda mutlaqo o‘zgacha xulq me’yorlari, etika standartlari, farqli mezonlar amal qiladi. Forumlar, chatlar, hamjamiyatlarda noma’lum shaxslar bilan muloqot qi­lishga to‘g‘ri keladi. Anonimlik holati foydalanuvchilarga Internetda real hayotda ayta olmaydigan fikrlar va harakatlar sodir qilishga izn beradi. Anonim muloqotlar haqorat, kiberbulling, kamsitish va xiralik qilish sin­gari harakatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bolalarning xavfsizligi, ma’naviy va jismoniy sog‘ligi nuqtai nazaridan qaralganda, farzandlarining Internet orqali tanishuv masalalarini ota-onalar nazorat qilishlari lozim bo‘lgan jihatlardan biri hisoblanadi.

  1. Shaxsiy ma’lumotlarni yo‘qotish— bu Internet tarmog‘i foydalanuvchilarining (bolalar va o‘smirlar) o‘ta ishonuvchanligi va ochiqligi bois sodir bo‘ladi. Ushbu holatlar ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tish paytida, onlayn xaridlar qilayotganda, chat va forumlarda anketalarni to‘ldirish chog‘ida kuzatiladi. Shaxsiy ma’lumotlar to‘plami yovuz niyatli kishilar uchun juda qulay o‘lja bo‘lib, bundan ular o‘zlarining g‘arazli va noqonuniy maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy tarmoqlardagi akkuantlar (sahifalar) shaxsiy ma’lumotlar yo‘qoladigan (o‘g‘irla­nadigan) asosiy joy bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p sonli yosh foydalanuvchilar o‘z akkauntla­rida erkin foydalanish uchun barcha ma’lu­motlarni, ya’ni tug‘ilgan kuni va ismini (telefon raqami, maktabi, yashash manzili, qaysi joylarda bo‘lishni yaxshi ko‘rishini, kayfiyati va xarakterini yozishni xush ko‘radi), shu jumladan, katta hajmda fotosuratlarni ham joylashtiradi.

  2. O‘yinlarga qaramlik. Onlayn o‘yin­lar haqiqatan ham qiziqarli, ularning yara­tuvchilari bolalar o‘yin jarayonida ko‘proq vaqt davomida qolib ketishlari uchun barcha choralarni ko‘rib qo‘yishgan. Zamonaviy onlayn o‘yinlarda ma’lum bosqichlardan o‘tish va o‘yin qahramonlarini takomillashtirib borish uchun ko‘p vaqt talab etiladi va bu jihatlar, o‘z navbatida bolalarning o‘yin jarayonida uzoq vaqt qolib ketishlarini ta’minlaydi. O‘spirinlar o‘zlarini namoyon qilishga ehtiyoj sezganlari bois, bunday imkoniyatni aynan ana shunday onlayn o‘yin­lardan axtarishadi. Bu holatlar esa bolani ruhiy qashshoqlashuviga, o‘yinga qaram bo‘lib qolishiga olib keladi. O‘yinlarga qaram bo‘lib qolib, ko‘p bolalar ovqatlanish, dars tayyorlashni unutib, uyqusizlikka ham du­chor bo‘ladilar.

  3. Zararli dasturlar (viruslar, spamlar, josuslik dasturlari, fishinglar) orqali dasturiy mahsulotlarni shikastlash. Fi­ribgarlar aksariyat hollarda yosh foydala­nuvchilarning ishonuvchanlik va turli xil hujumlar haqida bexabarligidan foydalanib, ularning kompyuteriga o‘zlarining zararli dasturlarini kiritishga erishidilar. Shu bois, notanish havolalarga o‘tish, noma’lum saytlardan dasturlar va multimedia fayllarni yuklab olish, notanish «do‘stlar»dan kelgan xatlarni o‘qish, o‘z navbatida, kompyuterni virus bilan zararlanishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Kompyuter virusi — zararli dastur turi bo‘lib, o‘zining nusxalarini yarata oladi va boshqa dasturlar kodiga kirib, turli aloqa kanallari orqali o‘zining nusxalarini tarqata oladi. Virusning maqsadi — kompyuterni ishdan chiqarish, fayllarni o‘chirish, foydalanuvchi ishini to‘sish va h.k.
Josuslik dasturlari — kompyuterga uning konfiguratsiyasi, foydalanuvchi, uning faoliyati haqidagi ma’lumotlarni to‘plash uchun yashirin tarzda o‘rnatiladigan bo‘lib, u, shuningdek, sozlash tizimini o‘zgartirish, foydalanuvchiga bildirmagan holda dasturlar o‘rnatish va uning xatti-harakatlari haqida tegishli joy­ga ma’lumotlarni yuborib turish singari boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə