Ijtimoiy fanlar


«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə233/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   251
Ijtimoiy fanlar

«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan
BAHOLASH MEZONI


Kirish

Mazkur baholash mezoni OO’MTVning 25.08.2010 yildagi №333-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida Nizomi asosida tayyorlandi. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta`lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.


Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:
yakuniy nazoratga – 30 ball;
joriy va oraliq nazoratlarga – 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi na’munaviy mezonlar tavsiya etiladi:
a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
c) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin:
aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;
bilmaslik.
Talabaning fan bo’yicha bir semestdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

Rf q


bu yerda:


V– semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);
–fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha 55 va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.
Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.
Talaba fan bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo’yicha to’plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo’lsa, akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o’zlashtira olmagan talaba, fakul’tet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul tet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakul tet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.



Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə