Ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan



Yüklə 279 Kb.
səhifə7/9
tarix28.05.2023
ölçüsü279 Kb.
#113654
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi O‘zbekistonda moliya bozorining shakllanishi va rivojlanishi (3)

XULOSA


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston moliya bozorida investorlar sonini ko’paytirishning asosiy omillari quyidagi masalalarni yechish bilan bog’liqdir:

  1. Mamlakatimiz fond bozorining kapitallashuv darajasini yanada oshirish;

  2. Uyushgan moliya bozorining rivojlanishini jadallashtirish va birja infratuzilmasini optimallashtirish. Bu moliya bozorini nazorat qilish va tartibga solish, pirovardida barqarorligining oshishiga olib keladi;

  3. Moliya bozorida hisob-kitob, kliring tizimi barqarorligini oshirish va unga zamonaviy xalqaro tajribalami joriy etish, moliya bozoridagi operatsiyalarni jadallashishiga, mablag’larni samarali foydalanishga va ushbu bozoming rivojlanishiga olib keladi;

  4. Mamlakatni xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyasini ta’minlovchi vositalami rivojlantirish moliya bozoriga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etadi, milliy iqtisodiyotga xorijiy valuta tushumlarini ko’paytiradi, emitentning ishlab chiqarishini miqdor va sifat jihatdan oshishiga olib keladi;

  5. Mamlakatimiz moliya bozorida hosilaviy qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni rivojlantirish (individual investorlar moliyaviy aktivlarini beqaror bozor sharoitidagi turli salbiy o’zgarishlardan himoyalaydi);

  6. Moliyaviy aktivlar sekyuritizatsiyasi uchun zaruriy shart-sharoitlami yaratish (moliyaviy aktivlar likvidliligini oshiradi, moliya bozorida innovatsiyalami yaratishga zamin yaratadi);

  7. Respublikamizda valuta bozorini erkinlashtirish, Markaziy bankning pul- kredit siyosati dastaklari, likvidlilikni tartibga solish instrumentlarini yanada takomillashtirish (iqtisodiyotni pul bilan ta’minotini oshiradi, xorijiy investitsiyalarni va ishlab chiqarishni ko’paytiradi, pul bozori bilan bir qatorda moliya bozorini ham rivojlantiradi);

  8. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi doirasida aksiyadorlik jamiyatlarining, xususan iqtisodiyotning real sektori korxonalari (neft va gaz tarmog’i, energetika, qayta ishlab chiqarish sanoati va boshqalar) ning davlatga tegishli bo’lgan aksiya paketlarini birja savdolariga chiqarish;

  9. Kelajakda fond bozorining rivojlanishiga asos bo’la oladigan va barcha toifadagi investorlami jalb qila oladigan salohiyatli kompaniyalami birjaning rasmiy byulleteniga kiritish orqali listing kompaniyalari sonini ko’paytirish;

  10. Investorlarning o’z sarmoyalarini qimmatli qog’ozlarga erkin yo’naltira olishini soddalashtirish va ishonchini oshirishga qaratilgan birja savdosi qoidalarini tartibga solish hamda xisob-kitob va kliring texnologiyalarini takomillashtirish to’g’risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlami yanada takomillashtirish;

  11. Birja savdo vositalarini va texnologiyalarini yanada takomillashtirish hamda investorlar orasida repo bitimlarining afzalliklarini keng targ’ib qilish;

  12. Moliya bozorining axborot bazas ini rivojlantirish, xususan:

  • Fond birja web saytining axborot almashuv darajasini oshirish;

-Moliya bozori to’g’risidagi ma’lumotlarni yoritib boruvchi axborot-
tahliliy kanallami rivojlantirish;
Xulosa o’rnida Respublikamiz Prezidentining «Qachonki, qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozori to’la ishga tushsa, fond birjasi tom ma’noda faoliyat ko’rsatsa, qachonki aksiyalar qiymati muntazam e’lon qilib borilsa, alohida aksiyalar sotib olishga ishtiyoq va intilish tug’ilsa, aksiyalarning o’zi esa shunchaki oddiy qog’oz bo’lib qolmasdan, haqiqiy qimmatli qog’ozga aylanib, o’z egalari uchun muhim daromad manbai bo’lsagina, xususiylashtirish jarayoni aniq mazmun va ko’rinishga ega bo’ladi» deb takidlagan so’zlarini keltirish maqsadga muvofiq. Zero, ushbu so’zlar iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish va liberallashtirish, xususiylashtirish jarayonlarini rivojlantirishga yangicha yondashish masalalari, hamda mamlakatimiz fond bozorini yanada rivojlantirish bo’yicha dastumlamal bo’lishi lozim va bo’lib kelmoqda.



Yüklə 279 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə