Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Tovar pul munosabatlarining mavjudligi



Yüklə 154,5 Kb.
səhifə5/11
tarix19.08.2023
ölçüsü154,5 Kb.
#120705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1407742069 58094

Tovar pul munosabatlarining mavjudligi.
Har qanday pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiritilmaydi. Masalan, bank kreditlarini olish va uni qaytarish jarayoni, kreditorlik qarzlarini to‘lash jarayonidagi pul munosabatlari moliyaviy munosabatlar kategoriyasiga kiritilmaydi. Moliyaviy munosabatlari kategoriyasi mazmunini aniqlovchi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi pul munosabatlar qo‘yidagilardan iborat:
Korxonalar tayyor mahsulotni sotuv qilish natijasida pul tushumlariga ega bo‘ladi. Pul tushumlarini birlamchi va qayta taqsimlash natijasida qiymat taqsimot jarayoni sodir bo‘ladi.
Moliya mohiyatiga va tashqi paydo bo‘lish shakllariga egadir. Moliyaning mohiyati deganda alohida qiymat kategoriyasi sifatida moliyaning ichki mohiyatini namoyon bo‘lishi tushuniladi. Moliyaning mohiyati va paydo bo‘lish shakllari o‘zaro bo\likdir.
Masalan, 1995 yildan xo‘jalik subyektlarining davlat budjeti bilan o‘zaro munosabatlarida foydani taqsimlanishining davlat budjeti daromadlariga foydadan ajratma shakliga o‘tildi. Xo‘jalik islohotlari sharoitida bu munosabatlar 3 shaklda namoyon bo‘ldi ya’ni: ishlab chiqarish fondlariga ajratmalar, Fiksirlangan (renta) to‘lovlari; foydaning erkin qoldi\idan budjetga badallar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa bu munosabatlar soliqlar vositasida amalga oshiriladi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda shuni ta’qidlash joizki, moliyaning iqtisodiy mohiyati masalasi mazkur kategoriyaning ichki mazmunini aniqlovchi 2 nazariya amal qiladi:
1. Taqsimlash nazariyasi tarafdorlari.
2.Takror ishlab chiqarish nazariyasi tarafdorlari.
Taqsimlash nazariyasi tarafdorlari tasdiqlaydiki, moliya ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining 2 boskichida paydo bo‘ladi, ya’ni yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi.
Takror ishlab chiqarish nazariyasi tarafdorlari esa moliya takror ishlab chiqarish kategoriyasi sifatida takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi deb ta’kidlaydilar.

Yüklə 154,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə