Ijtimoiy-gumanitar fanlar



Yüklə 154,5 Kb.
səhifə10/11
tarix19.08.2023
ölçüsü154,5 Kb.
#120705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1407742069 58094

Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatni amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir.
Moliya siyosatini amalga oshirish va uni xayotga unumli tadbik etish uchun moliya mexanizmi ishlatiladi. U o‘z navbatida jamiyat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun ishlatilayotgan moliyaviy munosabatlarni yi\indisidan tashkil topadi.
Moliyaviy siyosatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, davlatning moliya sohasidagi barcha faoliyatini amalga oshishiga sabab bo‘ladigan moliyaviy mexanizmni belgilash hisoblanadi. Moliyaviy mexanizm moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning davlat tomonidan belgilangan shakllari, turli va usullarini o‘z ichiga oladi.
Moliya mexanizmining tuzilmasi bir muncha murakkabdir. Amaldagi turli xil moliyaviy munosabatlar uning elementlariga kiradi. Davlat moliyaviy zaxiralaridan foydalanish prinsip va yo‘nalishlarini aniqlashda, to‘lovlarni turlarini ko‘rishda, mabla\larni to‘planish formalarida, milliy daromadda, umumiy foyda taqsimotining iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalarida, moliyaning qonuniy-me’yoriy rivojida, iqtisodiy qonunlarni harakatini o‘rganishda davlat bosh isloxotchi.
Moliyaning samaradorligini oshirishda rejalashtirish va istiqbolni belgilash, hamda moliyaviy munosabatlarda tashkilotlarni rasmiylashtirish me’yorlari (soliq, harajat va boshqalar), turli xil ko‘rinishdagi ko‘llanishlarni to‘gri noto‘griligi ustidan nazorat, moliyaviy munosabatlarni shakl va usullari muhim rol o‘ynaydi.
Moliya mexanizmini yangi boskichdagi muhim xususiyatlaridan biri-xo‘jalik jarayonlarining yuzaga kelishi, tegishli ma’lumotlarni olishi va ular asosida xo‘jalik xayotini rivojlanishini diagnostikasi va zaruriy tartibga soluvchi choralarni ko‘rish paytlarini o‘zaro yakinlashtirish. Ushbu mexanizmning yana bir to‘zuvchisi ishlab chiqarishni va pul bozorini dinamikasini, ularning funksiyalarini amalga oshirilishi hamda zararli iqtisodiy okibatlarini uzluksiz istiqbollashtirish.
Moliya mexanizmini tuzilmasi birmuncha murakkabdir.
Davlat o‘zining ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi organlar orqali:
-iqtisodiy qonunlar ta’sirini chuqur urganish;
-moliyaning rivojlanish qonunlarini urganish;
-iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini urganish asosida ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini qo‘llaydi, pul jam\armalari\ni shakllarini belgilaydi, to‘lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlat moliyaviy mabla\laridan foydalanish yo‘nalishlari va prinsiplarini ishlab chiqadi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar-bu korxona faoliyatini har tomonlama ta’riflashga, pul fondlarini va jam\armalarni yaratish va sarflashni ta’riflaydigan rejali, hisobotda va hisob- kitobda ishlatiladigan ko‘rsatkichlar.
Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy prognozlashtirish-xo‘jalik rejasini bir qismi va moliya mexanizmining asosiy qismi bo‘lib, pul mabla\larini yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlash hamda foydalanishni rejali ravishda boshqarishdir.
Moliyani boshqarish- kuyilgan maqsadlarga erishish uchun obyektga moliyaviy ta’sir qilish usullari va shakllari yigindisidir.
Moliyaviy zaxiralar deb, kutilmagan xodisalar va maxsus extiyojlarni ta’minlash uchun davlat boshqarish organlarida, korxonalarda yigiladigan pul mabla\lariga aytiladi.
Ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olish hozirgi iqtisodiyotni islox qilish strategiyasining boshlan\ich nuktasi bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida birinchi darajali chora-tadbirlar hamda ustuvor yo‘nalishlar sifatida moliya va soliq siyosati soxasida qo‘yidagilar ilgari suriladi;
kat’iy moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti defitsitini iloji boricha kamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarning barcha turlarini boskichma-boskich qisqartirib borish;
budjet mabla\lari daromad tushganidan keyingina taqsimlashtiradigan yo‘ldan o\ishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat extiyojlari uchungina budjetdan mabla\ ajratish;
halk xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan pul bilan qaytarilmaydigan qilib ta’minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu maqsadlar uchun investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
Soliq tizimini takomillashtirish, budjet daromadlarini barqaror suratda to‘ldirib turilishini ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi, qishloq xo‘jalik maksulotini qayta ishlaydigan va halk is’temoli mollari ishlab chiqaradigan ko‘shma korxonalarning rivojlanishini rakbatlantiradigan pishik-puxta soliq siyosatini olib boish.
4. Insoniyat tarixidan ma’lumki, davlatlarning paydo bo‘lishi va jamiyat a’zolarining barchasiga birdek zarur bo‘lgan umumiy vazifalarni davlatning zimmasiga tusha boshlashi davlatning ixtiyorida ma’lum moliyaviy mabla\lar bo‘lishini talab kildi. Kadimda davlatning boshqaruv a’zolarining extiyoji uchun soliq to‘lovlarining shakllanishi va ularni davlat extiyojlari uchun sarflanishi davlat moliyasining ilk ko‘rinishlarini o‘zida namoyon kildi. Keyinchalik, insoniyat taraqqiyoti, davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi okibatida davlat moliyasi ham shakllanib, takomillashib bordi.
Budjetning kelib chiqishini ana shu sababdan davlatning paydo bo‘lishi bilan birga boglashadi. Ijtimoiy formatsiyalarning o‘zgarishi, ularning rivojlanishi va inqirozi, davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi, o‘zaro urushlar va nizolar, tabiiy xodisa va vokealarga boy bo‘lgan sayyoramiz tarixida budjet ham turli xil ko‘rinishlarda, yo‘nalishlarda, turlicha yondashuvlar asosida mavjud bo‘lgan va xozirda ham mavjud kamda rivojlanib bormokda.
“Budjet” so‘zi ingliz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, “gazna”degan ma’noni bildiradi. Rossiyada davlat daromadlari va harajatlari to‘grisidagi ma’lumotlar dastlab 1654 yili e’lon qilingan, ya’ni o‘sha paytdagi Rossiya davlatida o‘tkazilgan pul islohotlari shuni takozo kilgan. 1812 yildan boshlab esa har yili e’lon qilinadigan bo‘lgan, dastlabki budjet ma’lumotlari nixoyatda sir saqlangan. Budjetning rasmiy ravishda o‘rnatilishi XVIII asrning 2-yarmida Fransiyadagi burjua revolyutsiyasidan keyin amalga oshirilgan. XIX asrning 2-yarmida Yevropa mamlakatlarida budjet kategoriyasidan foydalanila boshlandi.
Budjet so‘zi gazna ma’nosini bildirar ekan, uning mohiyati ham davlatning ko‘lida markazlashtirilgan pul jam\armalarining tashkil etilishi va davlatning siyosatini amalga oshirish bilan bo\liq harajatlar yuzasidan pul munosabatlarini bildiradi. Davlat budjeti moliya tizimi hamda davlat moliya bo‘gining asosiy qismidir. Davlat budjeti, uning daromad va harajatlari jamiyatning iqtisodiy kategoriyalari bilan chambarchas bo\liq. Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy extiyojlar: maorif, soglikni saklash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy ximoyaga muxtoj katlamni moddiy jihatdan ko‘llab-kuvvatlash, tinchlik, chegaralar daxlsizligini saklash va favkulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zaxiralarining mavjud bo‘lishi zarurati tufayli kelib chiqadi.
Jamiyat taraqqiyotida xo‘jalik mexanizmining boskichma boskich takomillashib borishi, davlatlarni jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy tizimidagi rolini ortishi ularning ixtiyorida ijtimoiy ishlab chiqarish natijasida yaratiladigan kushilgan qiymatning bir qismi hisobiga doimiy ravishda pul mabla\larini shakllantirilishini obyektiv zarur qilib kuyadi. Bunday davlat ixtiyoridagi markazlashtirilgan pul fondlarining asosiy shakli budjet bo‘lib, budjet davlatning asosiy moliyaviy rejasi hisoblanadi.
Bozor munosabatlariga utilishi va davlat boshqariluvining demokratik prinsiplarini shakllantirishning asoslaridan biri bo‘lgan iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida makro va mikro darajadagi moliyaviy mabla\lar okimlarining barqaror mexanizmlarini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy mabla\lar okimlarini mukammallashtirish iqtisodiyotni rivojlanishining o‘zaro nisbiyligini va tengligini ta’minlaydi, iqtisodiyoning turli sohalarini rivojlanishi va samarali ishlashini ta’minlaydi hamda budjet daromadlari va harajatlarining tengligini ta’minlaydi.
Hozirgi zamonaviy bozor islohotlarini amalga oshirishning strategik yo‘nalishi hisoblanuvchi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida budjet munosabatlarini keyingi rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarning amaliyotda joriy qilish va amaldagi budjet mexanizmidagi mavjud muammolar budjet tizimini nazariy asoslarini chuqur urganishni talab qilmoqda.
Klassik iqtisodchilarning budjet munosabatlari haqidagi nazariy karashlari hozirgi zamon iqtisodchi olimlar tomonidan keng tadqiq qilinmokda. Yangi nazariy ishlanmalarning natijalari ijtimoiy xayotni qayta kurishda, iqtisodiyotni keyingi rivojlantirishda va yangi moliya-iqtisodiy munosabatlarga utishdagi barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlarda o‘z aksini topmokda.
Budjetning mohiyati ham davlatning ko‘lida markazlashtirilgan pul jam\armalarining tashkil etilishi va davlatning ijtimoiy iqtisodiy siyosatini amalga oshirish bilan bo\liq harajatlarni moliyalashtirish uchun kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida yaratilgan kushilgan qiymatni bir qismi hisobiga markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish bilan bo\liq pul munosabatlarini bildiradi.
Davlat budjeti, uning daromad va harajatlari jamiyatning iqtisodiy kategoriyalari bilan chambarchas bo\liq. Chunki davlat budjeti jamiyatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida o‘zining moddiy shakliga ega bo‘ladi. Shuningdek, professor V.Rodionovaning ta’biri bilan aytganda “Budjet munosabatlari – bu jamiyat iqtisodiy tuzilmasining ajramas qismidir; uni amal qilishi davlat tomonidan uniga tegishli funksiyalarni bajarishi uchun zaruriy moddiy-moliyaviy bazani shakllantirish bilan obyektiv ravishda aniqlanadi”.
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy extiyojlar: maorif, soglikni saklash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy ximoyaga muxtoj katlamni moddiy jihatdan ko‘llab-kuvvatlash, tinchlik, chegaralar daxlsizligini saklash va favkulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zaxiralarining mavjud bo‘lishi zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat budjet orqali jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo‘ladi.
Davlat budjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat hokimiyati iqtisodiy imkoniyatlarining moliyaviy asoslarini yaratadi.
Budjet- murakkab iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Chunki uning moddiy asosini kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tashkil qiladi.
Budjet munosabatlari davlat bilan xo‘jalik subyektlari hamda aholi o‘rtasidagi qiymat taqsimlanish jarayonida paydo bo‘luvchi moliyaviy munosabalardir. Bunday moliyaviy munosabatlarning o‘ziga hos xususiyati shundan iboratki, birinchidan, yuqorida ta’kidlaganimizdek ijtimoiy ishlab chiqarishning taqsimlash boskichida vujudga keladi, ikkinchidan, markazlashtirilgan moliyaviy mabla\larni shakllantirish va undan davlat manfaatlari yuzasidan foydalanishga yunaltiriladi. Davlat manfaatlari esa- bu ijtimoiy manfaatlar hisoblanadi. Zero, taniqli iqtisodchi J.M.Keyns ta’kidlaganidek, “Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy manfaatlar faqatgina davlatlardagina o‘z ifodasini topadi”. Budjet davlatning asosiy markazlashtirilgan moliyaviy mabla\lar fondi sifatida o‘ziga hos ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Budjet munosabatlari obyektiv harakter kasb etadi. Chunki budjet davlat va unga tegishli funksiyalarni amalga oshirish uchun zaruriy moddiy- moliyaviy baza shakllantirilishi uchun obyektiv zarurdir. Shu bilan birgalikda budjet munosabatlari bazis elementi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida budjet munosabatlari ularga muvofiq keluvchi moddiy shaklni oladi.
Budjet munosabatlari- jamiyat iqtisodiy tizimining elementidir. Iqtisodiy kategoriya sifatida budjet munosabatlari moliviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Budjetning moliyaga hos sifat belgilari birinchidan, ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida aniqrogi qayta taqsimlanishi jarayonida vujudga kelib, pul munosabatlarining o‘ziga hos shakli hisoblanadi. Ikkinchidan, budjet markazlashtirilgan moliyaviy mabla\larni shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanishga yunaltirilgan fond hisoblanadi..
Bizning fikrimizcha, birinchidan, budjet munosabatlarining o‘ziga hos xususiyatlaridan biri sifatida davlat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi o‘rtasidagi imperativ harakterga ega bo‘lgan pul munosabatlari hisoblanishidir. Ikkinchidan, budjet munosabatlari moliyaviy muosabatlarning tarkibiy qismi sifatida markazlashtirilgan pul fondlarini tashkil qilish va undan foydalanish bilan bo\liq pul munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Xo‘jalik mexanizmining tarkibiy elementi hisoblangan budjet mexanizmidagi yuqorida ta’kidlangan 2 xususiyatli sifat belgilari budjetning V. Rodionova ta’kidlagan budjetning moliyadan 4 asosiy farkli jihatlariga ega bo‘lish imkoniyatlarini shakllantiradi.
Prof. V. Romanovskiy: budjet- moliya tizimining markaziy bo‘\ini hisoblanadi. Shuning uchun u moliyaning o‘ziga hos sifat belgilarini o‘zida aks ettiradi- deb ta’kidlaydi. Shuningdek, muallif “ Moliya” va “Budjet” kategoriyalariga qo‘yidagicha ta’rif beradi “Moliya- markazlashtirilgan davlat pul fondlarini shakllantirish va foydalanish jarayonlaridagi imperativ pul munosabatlari tizimidir; Budjet- budjet fondini shakllantirish va undan foydalanish bilan bo\liq imperativ pul munosabatlari tizimidir”.
Shuningdek, muallifning fikriga ko‘ra budjetning moliyadan o‘ziga hos xususiyati, budjet- jamiyat extiyojlarini keng doirada moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul fondidir- deb ta’kidlaydi.
Bizning fikrimizcha, har qanday moliyaviy munosabatlar ham imperativ harakterga ega bo‘lavermaydi. Masalan, xo‘jalik subyektlari takror ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qiymatni taqsimlanish jarayonidagi budjet va budjetdan tashqari fondlarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar vositasidagi ajratmalari imperativ harakterdagi moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyatining sof moliyaviy natijasi hisoblanuvchi sof foyda hisobiga shakllantiriladigan markazlashtirilmagan pul fondlari imperativ harakterga ega bo‘lmaydi.
O‘zbekiston respublikasi budjet tizimi to‘\risidagi qonunda budjetga qo‘yidagicha ta’rif berilgan ”Davlat budjeti- davlat pul mabla\larining (shu jumladan davlat maqsadli jam\armalari mabla\larining) markazlashtirilgan jam\armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mabla\lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”.
Budjet asosiy moliyaviy reja sifatida qo‘yidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
-budjet universal moliyaviy reja sifatida tegishli hududning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalari va yo‘nalishlarini to‘la kamrab oladi;
-budjet boshqa turdagi moliyaviy rejalarga nisbatan muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi.
Asosiy moliyaviy reja sifatida shuni ta’kidlash joizki, unda moliyaviy rejalashtirishga tegishli bo‘lgan: tushumlarning aniq manbalari bo‘yicha pul daromadlari(budjet fondini shaklantirish); aniq yo‘nalishlar va tadbirlar bo‘yicha pul harajatlari(budjet fondidan foydalanish) kabi alomatlari o‘z aksini topadi.
Shuni ta’kidlash joizki, hozirgi sharoitda budjet vositasida YAIMni taxminan 30-40% qismi qayta taqsimlanib, moliyaning boshqa xech kaysi bo‘\ini tarmoqlar, xududlar va iqtisodiyotning sohalari, davlat hokimiyatining markaziy va mahalliy darajalarida mabla\larni bunday yirik miqdorda qayta taqsimlash imkoniyatiga ega emasdir. Masalan, 2002 yilgi budjet ijrosi bo‘yicha mamlakatda yaratilgan YAIMning miqdori 7322,0 mlrd sumi tashkil kilgan bo‘lsa davlat budjetining darormadlari 1842,2 mlrd sumni tashkil kilgan bo‘lib YAIMga nisbatan 25,1 %ni tashkil qiladi. Konsodilallashtirilgan maqsadli jam\armalar daromadlarini kushgan holdagi hisob kitoblar bo‘yicha YAIMga nisbatan 38%ni tashkil qiladi..
Bozor munosabatlari sharoitlarida milliy daromadni taqsimlanishi pul daromadlari va jam\armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish vositasida amalga oshiriladi. Bunday daromadlarga avvalo davlat daromadlari, korxona va tashkilotlar daromadlari, turli tijorat tuzilmalari, moliyaviy institutlar hamda aholi daromadlari kiradi.
Milliy daromadni negzilarli qismi davlat, xususiy va tijorat korxonalari daromadlarini soliqka tortish vositasida budjet fondiga to‘\ridan- to‘\ri taqsimlash yo‘li bilan kelib tushadi. Aholini sof daromadlarining bir qismi budjetga qayta taqsimlash tartibida kelib tushadi.
Davlat budjeti orqali milliy daromadning bir qismini taqsimlanishi jamiyat ijtimoiy xayotining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari tarmoqlari o‘rtasida mabla\larni taqsimlash yo‘li bilan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va jamiyatning boshqa yalpi extiyojlarini kondirish uchun markazlashtirilgan pul mabla\lari fondini shakllantirish zarurati bilan bo\liqdir.
Budjetning mohiyatiga obyektiv va subyektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Budjetga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv omillarga jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlari va jamiyatning rivojlanish darajasi, milliy daromadning kay darajada taqsimlanishi kabi omillar kiradi.
Subyektiv omillarga esa davlatning shakli(respublika, monarxiya...), o‘tkazilayotgan islohotlar va siyosat yo‘nalishlari kiradi.
5. Budjet tuzilishi mamlakatning davlat budjeti va budjet tizimini, uning ayrim bo‘ginlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil qilishni, budjet tizimiga kiradigan budjetlar faoliyatining xuquqiy asoslarini, budjetlar tarkibi va to‘zilmasini, budjet mabla\larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
Budjet tuzilishining tarkibiy qismi budjet tizimi hisoblanadi. Budjet tuzilishining asosini mamlakatning davlat tuzilish shakli, amaldagi asosiy qonuniy akt, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlari hisoblanadi.
Mamlakatning ma’muriy tuzilishi ham budjet tizimining asosini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi budjetining tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘\risida” qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har yili qabul qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘grisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari prognozi to‘\risida”gi qarorlari va boshqa qonun xujjatlari asosida belgilanadi.
Budjet tizimi- turli darajadagi budjetlar va budjet mabla\larini oluvchilar yi\indisini, budjetlarni tashkil etish va tuzish tamoyillarini, budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek, budjetlar hamda budjet mabla\lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlarni ifoda etadi.
Shak shubxasizki, budjet hokimiyati turli bo‘\inlari darajasidagi davlat vazifalarini amalga oshirish uchun ularning ixtiyoridagi markazlashtirilgan moliyaviy mabla\lar fondi hisoblanar ekan, mamlakatning budjet qurilishi ham davlatning milliy– davlat va ma’muriy- hududiy bo‘linishiga bo\liqdir. O‘zining hozirgi shaklida O‘zbekiston Respublikasi budjet qurilishi tizimi vatanimizning asrlar osha tarixan shakllangan milliy ana’nalariga asoslangan holda to‘zilgandir. Ammo, budjet qurilishi davlat tomonidan foydalaniladigan boshqarish usullari, mamlakatlarning siyosiy tuzilishi va iqtisodiy munosabatlarga ham bevosita bo\liqdir.
Respublikamizda davlat budjeti qurilishi boshqarishning ma’muriy va bozor mexanizmlarini qo‘shilgan holatida amal qilmoqda. Albatta, mustaqil respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar sharoitida boshqarishning bozor usullariga mos keluvchi budjet qurilishini tez va mukammal shakllantirish qiyin kechishi tabiiydir. Shuning uchun budjet tizimidagi islohotlar ham bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlarning bosh konsepsiyasiga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda.
Budjet qurilishi tushunchasi hozirgi vaqtgacha iqtisodchilarimiz tomonidan nazariy jihatidan keng tadqiq qilinmagandir. Masalan, aksariyat adabiyotlarda budjet qurilishi budjet tizimiga qo‘shib yuboriladi yoki mualliflar budjet qurilishining ta’rifini aniq bermaydilar. Hatto, 2000 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to‘\risida”gi qonunida ham budjeti qurilishiga tulik aniqlik kiritilmagan.
Budjet qurilishi esa budjet tizimini tashkil qilish va uning tuzilish prinsiplarini o‘zida aks ettirib, turli darajadagi hokimiyat organlarining budjet xuquqlari va vakolatlari, daromad va harajatlarni budjet tizimi bo‘\inlari o‘rtasida taqsimlash prinsiplarini aniqlanishda muhim ahamiyatga egadir.
Budjet qurilishi 3 asosiy elementni o‘z ichiga oladi:

  1. Mamlakatning budjet tizimi.

  2. Turli darajadagi hokimiyat organlarining budjet xuquqlari.

Budjet tizimi bo‘\inlari o‘rtasida daromad va harajatlarni taqsimlanish prinsiplari.
Budjet qurilishining mazkur usulda yoritilishi budjet qurilish moliyaviy kategoriyasining zamonaviy mazmunini to‘lakonli ravishda o‘zida aks ettiradi.
Ma’lumki, mamlakatning budjet tizimi, turli darajadagi hokimiyat organlarining budjet xuquqlari elementlarida gap budjet tizimining prinsiplari haqida ketadi.
Amaldagi iqtisodiy munosabatlar tizimi, barcha darajadagi budjetlar markaziy va mahalliy hokimiyat organlarining aniq vazifalarini moliyalashtirish uchun ularning ixtiyorida shakllantiriladi va O‘zbekiston respublikasi qonunchiligi bo‘yicha yagona konstitutsiya va boshqa xuquqiy meyorlar asosida tartibga solinishini hisobga olib qo‘yidagicha ta’rif beriladi: Budjet tizimi- iqtisodiy munosabatlar va O‘zbekiston respublikasi davlat qurilishiga asoslangan, xuquq meyorlari bilan tartibga solinadigan, budjet vaqolatlariga muvofiq markaziy va mahalliy hokimiyat organlarini aniq funksiyalarini bajarishga yunaltirilgan barcha darajadagi budjetlarning majmuasidir.
Budjetning qurilishini davlatlarning siyosiy hokimiyat tuzilmasiga bo\liq holda 3 asosiy guruhga ajratishimiz mumkin:

  1. Unitar mamlakatlar.

  2. Federativ mamlakatlar.

  3. Konfederativ mamlakatlar.

Unitar (yagona) davlat – bu ma’muriy-xuquqiy birliklar (to‘zilmalar) o‘z davlatiga yoki muxtoriyatiga ega bo‘lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‘lgan xuquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, davlat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish amal qiladi.
Unitar davlatning budjet tizimi ikki bo‘\indan – davlat budjeti va mahalliy budjetlardan tashkil topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘\risida”gi +onuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi 2 darajadan iborat bo‘lib:
-Respublika budjet va budjetdan tashqari fondlar;
-Korakalpogiston Respublikasi va mahalliy budjetlar.
Ўзбекистон республикаси бюджет тизими

Federativ mamlakatlar budjet tizimi asosan 3 tarkibdagi budjetlarni o‘zlarida muvofiqlashtiradilar:



  1. Federal budjetlar.

  2. Hududiy budjetlar.

  3. Munitsipal budjetlar (mahalliy budjetlar).

Masalan, Rossiya federatsiyasi budjet tizimini ko‘rsatadigan bo‘lsak uning tarkibi quyidagi budjetlarni o‘z ichiga oladi:


Budjet tizimining yuqoridagi tuzilishga qarab daromad vakolatlari va harajatlar majburiyatlari ham taqsimlanadi.
Konfederativ davlatlar- bu siyosiy va harbiy maqsadlar uchun mustaqil davlatlarning doimiy ittifoqidir. Bunday davlatlarning budjet daromadlari konfederatsiya tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning badal to‘lovlari hisobiga shakllantiriladi. Konfederatsiya tarkibidagi davlatlarning o‘zlarining milliy budjetlar va soliq tizimlari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari:
budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet xujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bo\liqligi;
davlat budjetining balansliligi;
davlat daromadlarining manbalar bo‘yicha va harajatlarini yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish;
davlat budjeti harajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mabla\ doirasida sarflash;
barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi.
Barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mda amalga oshiriladi.
Budjet tizimiga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi olib boradi. O‘zbekiston Respublikasida budjet tizimini Moliya vazirligi boshqaradi. Moliya vazirligi yagona budjet siyosatini ta’minlaydi, davlat budjeti mabla\larini davlat budjetiga muvofiq rejalashtirishni va moliya muassasalariga uslubiy rahbarlikni olib boradi.
Budjet tizimini boshqarishni O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillariga muvofiq moliya organlari va bank muassasalari amalga oshiradilar.
Barcha darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi – daromadlar va harajatlarni tasnif obyektlariga guruhlovchi hos raqam (kodlar) berish bilan guruhlash ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi.
1999 yilga kadar asosan sobiq Ittifoqda qo‘llanilgan tasnifdan foydalanildi. Budjet qismlar, bo‘limlar va moddalarga bo‘linib, umumlashgan funksional va iqtisodiy tasnif belgilariga ega edi. Bu tasnifning batafsil bayoni xalqaro standartlarga muvofiq hisobotlar taqdim etish yoki milliy hisob varaqalar tizimiga mos kelishi jihatdan talabga javob bermas edi. Yangi tasnifni amalga kiritish bilan bu kammchilikka barham berildi va yangi tasnif 2000 yil budjetga nisbatan ko‘llanildi. Natijada yangi tasnif tahlil imkoniyatlarini kengaytirdi va budjet mabla\larini 4 asosiy toifaga bo‘lib, ulardan foydalanishda zaruriy moslanuvchanlikni ta’minladi. Bular ish haqi, ijtimoiy to‘lovlar, kapital qo‘yilmalar va boshqalar.
Budjet tasnifi – Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va harajatlarini, shuningdek, uning taqchil ligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdir.
Budjet tasnifi Davlat budjetini to‘zish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan kiyoslanishini ta’minlaydi.
Budjet tasnifi:
davlat budjeti daromadlari tasnifini;
davlat budjeti harajatlarining vazifasi jihatidan (funksional), tashkiliy va iqtisodiy tasnifini;
davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z ichiga oladi.
Davlat budjeti daromadlarining tasnifi qonun xujjatlariga muvofiq daromadlarni turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat.
Davlat budjeti harajatlarining vazifasi jihatidan tasnifi harajatlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti harajatlarining tashkiliy tasnifi harajatlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar turlari va budjetdan ajratiladigan mabla\lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishni aks ettiruvchi tadbirlar bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti harajatlarining iqtisodiy tasnifi harajatlarni to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat.
Budjet tasnifi qonun xujjatlarda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlandi.
Budjetni rejalashtirish - davlatning moliya siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Bunday rejalashtirishning iqtisodiy vazifasi turli darajadagi budjetlar va nobudjet jam\armalarini tuzish va ijrosi jarayonida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida ijtimoiy mahsulot va milliy daromad qiymatini moliyaviy tizim bo‘ginlari o‘rtasida markazlashtirilgan rejalashtirishdan iboratdir. Budjetni rejalashtirish davomida moliya mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlarining asosiy iqtisodiy va sifat ko‘rsatkichlariga hamda tabiiy, moddiy, mehnat, moliya mabla\laridan samarali foydalanish zaxiralarini topishga faol ta’sir ko‘rsatadi. Moliya – murakkab iqtisodiy fan sifatida iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, pul muomalasi va kredit va bank tizimini o‘zida qamrab oluvchi bilimlar sohasidir. Shu boisdan ham jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida, bozor munosabatlarining ajralmas qismi sifatida ahamiyatga molikdir. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy bosqichi iqtisodiy o‘sishning jadal suratlariga erishishni ta’minlash, moliyaviy risklarni kamaytirish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga, soliqlarning undiriluvchanligini yanada oshirish va samarali soliqqa tortish konsepsiyasini amaliyotga keng tatbiq qaratilganligidir. Ushbu masalalarning hal etilishi “Moliya va soliqlar” fanini o‘qitishda innovatsion usullarni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa moliya va soliqlar sohasida innovasiyalar ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanish mamlakatimizda zamonaviy iqtisodiy ta’limni rivojlantirishning tub mohiyatiga aylangan. Shuning uchun ham iqtisodiy ta’lim yo‘nalishida ta’lim beruvchi institutlarning sifatli ta’lim xizmatlarini taklif etish darajasini oshirish va innovatsion o‘qitish usullarini joriy etishga keng e’tibor qaratish lozim. “Moliya va soliqlar” fanini o‘rganish natijasida talabalar iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, moliya tizimining bo‘g‘inlari va ularning alohida tavsifi, turli mulkchilik shakllarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari moliyasining xususiyatlari, sug‘urta munosabatlarining moliyaviy jihatlari to‘g‘risida bilim ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Xalqaro moliyaviy munosabatlar va uning hozirgi globallashuv sharoitidagi rivojlanish tendensiyalari, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar to‘g‘risida bilim, malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. “Moliya va soliqlar” fani iqtisodiy rivojlanishning bugungi sharoitida milliy iqtisodiyotda moliya tizimining ahamiyati qanchalik yuqori ekanligi va moliyaviy resurslarni vujudga kelishi va uni sarflanishining umumiy qonuniyatlari hamda mavjud mexanizmi to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarni qamrab oladi. Ushbu fan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan byudjet-soliq siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlarining ilmiy-nazariy asoslarini, soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan masalalarni ham qamrab oladi. Umuman fan davlatning moliya-soliq tizimi va uni hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitidagi isloh qilishning ilmiy- nazariy asoslarini o‘zida ifodalaydi. Ushbu darslik 5230100 – Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu “Moliya va soliqlar” fani bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, ixtisoslikning yangi DTS va malaka talablariga mos holda tayyorlangan. Darslik talabalarning fanni o‘zlashtirishini yanada soddalashtirishga qaratilgan bo‘lib, har bir mavzu yakunida nazorat savollari, mustaqil ta’lim topshiriqlar va uy vazifasi uchun topshiriqlar berilgan. Har bir bob o‘z ichiga mavzu doirasida 5 ta test topshiriqlarini ham olgan holda o‘rganilayotgan paragraflarning yanada yoritilishini ta’minlaydi. Mazkur darslikning soliqlar qismi O‘zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi, soliqqa tortishni nazariy va amaliy jihatidan o‘rganish va talabalarda mazkur fan bo‘yicha mustahkam bilim ko‘nikmalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Darslikda keltirilgan soliqlar va soliqqa tortish bo‘yicha yoritilgan mavzular O‘zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi, yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va ularni undirish tartibi, 5 umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar tarkibi, ularni hisoblash hamda byudjetga to‘lash, O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi, davlat soliq xizmati idoralari tizimi, soliq sohasidagi ishlarni yuritish, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar, rivojlangan xorijiy chet el mamlakatlarining soliqlar tizimi va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatadi. Darslikda qo‘yilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olingan: – iqtisodiy islohotlar sharoitida yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar turlari, ularni soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlarini nazariy va amaliy jihatdan yoritish; – soliqlarni tuzilish tizimi va soliqqa tortish amaliyotini tashkil etish uslublarini o‘rgatish; – soliq qonunchiligi va soliq sohasidagi ishlarni yuritish bo‘yicha qo‘shimchalar, o‘zgarishlarni kuzatib borish. Darslik avvalo, 5230100 – Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan tashkilot rahbarlari, magistrlar, korxona va tashkilotlarning moliyaviy menejerlari ham foydalanishlari mumkin. Ayniqsa, iqtisodchilar, buxgalterlar va auditorlarning ish faoliyatida dasturamal va amaliy qo‘lanma vazifasini ham bajaradi. 1. Moliyaning mohiyati va zarurati Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Moliya (arabcha-mulk, mablag‘) barqaror tovar-pul muomalasi sharoitlarida davlatning rivojlanishi va uning resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarining ortishi natijasida paydo bo‘ldi. Moliya terminining kelib chiqishi yuzasidan iqtisodchi-olimlarning turli fikrlari mavjud. Ba’zi bir mualliflar fikricha, mazkur termin dastlab XIII-XV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida yuzaga kelgan, keyinchalik xalqaro miqyosda tarqalgan va aholi bilan davlat o‘rtasida pul munosabatlari 7 tizimi bilan bog‘liq tushuncha sifatida qo‘llanila boshlangan. Boshqa mualliflarning ta’kidlashlaricha, mazkur tushuncha muomalaga fransuz olimi J.Boden tomonidan uning 1755-yildagi “Respublika haqida olti kitob” nomli asarida ilk bor kiritilgan. Iqtisodiy munosabatlar kishilik jamiyatining moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimot jarayoni bosqichlarida vujudga keladi. Iqtisodiy munosabatlar juda xilma-xildir. Ular nafaqat takror ishlab chiqarish bosqichida, balki xo‘jalik yuritishning barcha sohalarida ro‘y beradi. Iqtisodiy munosabatlarning ijtimoiy amal qilishi bilan bog‘liq jihatini iqtisodiy kategoriyalar tashkil qiladi. Turli xil adabiyotlarda moliya terminiga turlicha ta’rif berilgan. Moliya – davlatning o‘z funksiya va vazifalarini bajarishi hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shartlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanilishi va foydalanilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar majmuidir. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy iqtisodiy kategoriyalarga qiymat, tovar, pul, foyda, moliya va narxni kiritishimiz mumkin. Moliya (lot. – pul to‘lovlari) – YaIM (yalpi ichki mahsulot) va MD (milliy daromad)ni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida pul mablag‘larini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Munosabatlarning o‘ziga xosligi shundan iboratki, moliya iqtisodiy kategoriya sifatida har doim pul shaklida namoyon bo‘ladi. Moliyaning ta’rifidan kelib chiqadiki:  munosabatlarning pul xarakteriga ega ekanligi;  munosabatlarning taqsimot xususiyatiga ega ekanligi;  moliyaviy munosabatlarni shakllantirishda moliyaviy resurslar asosiy manba bo‘lib hisoblanishi. Moliya kategoriyasi quyidagi iqtisodiy kategoriyalar bilan ham bog‘liq:
 narx;
 ish haqi;
 kredit.
2. Moliyaning funksiyalari Moliya iqtisodiy kategoriya bo‘lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar, mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi. Moliya jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan izohlanadi. Moliyaviy munosabatlarning rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan mustaqilligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalari bilan ham bog‘liq. Milliy daromadning taqsimlanishi pul shaklida amalga oshiriladi, ammo pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga olmaydi. Moliya munosabatlari asosan, davlat hamda korxonalarning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalaridan aks etadi. Shuning boisdan moliyaning rivojlanishi bu davlatning rivojlanishi va uning moliyaviy zahiralarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bevosita bog‘liqdir. Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy munosabatlar orqali ko‘rinib, o‘ziga xos vazifani bajaradi. Davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan markazlashgan fondni tashkil qilish, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Funksiya – muayyan obyektning tashqi xususiyati bo‘lib, tizim elementlarining o‘zaro munosabatlarida jarayon sifatida aks etadi. Iqtisodiy kategoriyalarni funksiyasi iqtisodiy munosabatlarning hatti-harakatini o‘zida aks ettiradi, ya’ni, funksiya – iqtisodiy kategoriyaning muayyan xususiyatlarining namoyon bo‘lishidir.

Yüklə 154,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə