Ijtimoiy-gumanitar fanlar


-BOB. Monopoliya nazariyasi va uning turlari



Yüklə 51,75 Kb.
səhifə2/2
tarix06.07.2023
ölçüsü51,75 Kb.
#119344
1   2
kurs ishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa.

1-BOB. Monopoliya nazariyasi va uning turlari.

1.1 Monopoliya va uning vujudga kelishi.

Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta'minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliyotidagi xususiyatlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi.


Monopoliya tushunchasiga turli o'quv adabiyotlarida turlicha ta'rif beriladi.Jumladan, ba'zi o'rinlarda unga «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo'jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi*1 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba'zi adabiyotlarda yakka) hukmronlik holati»2, deb ta'riflanadi. Bu ta'riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki *har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta'riflash o'rinli deb hisoblaymiz: monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.3
«Monopoliya» atamasining kelib ehiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni. grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo'lib oli- nayotgan foyda hajmining ko'payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko'paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo'shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya'ni unga qo'shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa, ba'zi bir korxonalarning o'sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi.Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendcnsiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo'lib kapitalning to'planishi va markazlashuvi hisoblanadi.

Kapitalning to'planishi - bu qo'shimcha qiymatning bir qismini jamg'arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko'rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni. korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.


Kapitalning to'planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to'ldiriladi.Kapitalning markazlashuvi - bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo'shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o'sishidir.
Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to'planishi farqlanadi.

Ishlab chiqarishning gorizontal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotning ma'lum tarmog'i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida Ishlab chiqarish to'planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi.



Ishlab chiqarishning vertikal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o'zaro bog'liq tarmoqlarda mahsulot Ishlab chiqarishning to'planishidir.U ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitlarida keng rivojlandi.
Ishlab chiqarishning to'planishi o'z rivojining ma'lum darajasida monopoliyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to'planishi hamda monopoliyalarning paydo bo'lishi o'rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo'ladi:

  • tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqyega ega bo'lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi;

  • yirik korxonalar o'rtasidagi raqobat juda qaltis bo'lib, ular uchun katta miqyosdagi yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko'ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilaming monopolistik ittifoqlarga birlashishlari lozim bo'Iadi.

Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to'planishidan tashqari yana bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi:
davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo'qotib, monopoliyalarning paydo bo'lishiga sharoit yaratadi:
banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o'sishiga imkon beradi.
1.2 Monopoliya turlari.
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning tur- larini ko'rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko'ra ajratish mumkin:
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko'ra:sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.
Sofmonopoliya — tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O'zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O'zbekiston havo yo'llari» DAK, «0'zbekiston temir vo'llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol qilib keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o'z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar.Shuningdek.ba'zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko'payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo'Iadi. Monopolistik raqobat — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko'p hamda ular o'rtasida ma'Ium darajada raqobat mavjud bo'lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o'z tovar yoki xizmat ining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma'Ium darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko'plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni keltirish mumkin.
Oligopoliya- tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O'zhekistonda sement (asosan, Bekobod. Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan). ko'mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg'un) va Boysun (To'da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko'p bo'lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste'molchisi yoki xaridori mavjud bo'lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.Bunga «0'zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo'la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi vengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo'lgan ko'plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqyeiga ega bo'ladi.

2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsiflga ko'ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun'iy monopoliya.


Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo'lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega boigan mulkdorlar va xo'jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o'ziga xos texnologiyaning qo'llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo'lmaydigan ba'zi bir tarmoqlari va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi.
Tabiiy monopoliya — korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo'lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holatidir. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko'payib borishi bilan tovar birligiga to'g'ri keluvchi xo'jalik xarajatlari ning ahamiyatli darajada pasayib ketishida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste'molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib
Tabiiy monopoliya xolati quyidagi rasmda berilgan. Unga ko`ra LAC va LMC lar uzoq muddatli davrdagi xarajatlar, D talab, AR, MR meyoriy daromad va MC meyoriy harajatlar. Monopolist narxni P1 o`rnatib Q1 hajmda ishlab chiqaradi. Bu holatda LMC va MR teng bo`ladi. Monopolist foydasi esa CP1AB to`tburchak yuziga teng bo`ladi. Lekin, Q1 hajmda chiqarilayotgan maxsulotlar jamiyat uchun kam, P1 narx esa juda baland. Grafikdan ko`rishimiz mumkinki, Jamiyat uchun eng optimal narx va hajm monopolist ishlab chiqarmaydigan P3 va Q3dir. Shuning uchun boshqaruvchi organ narxni P3 = LMC(Q3) = AR(Q3) da o`rnatish kerak. Muommo shundaki, bunday narx monopolist ihlab chiqarishini qoplamaydi va o`rtacha xarajatlardan kamroq bo`ladi Q3, P3 3,P3) ishlab chiqarayotgan monopolist P3HGF maydonga teng bo`lgan zarar ko`radi.
Legal monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin:

  • patent tizimi — bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar - patentlar orqali amalga oshiriladi;

  • mualliflik huquqi — ilmiy, badiiy va san'at asarlari, ijro san'ati fonogrammalari, ko'rsatuvlar. efir to'lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o'z mahsulotlarini ma'lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko'paytirishga ruxsat berish imkonini ta'minlaydi;

  • tovar belgilari — bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi hamda boshqalarni ro'yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo'yicha paydo bo'lgan munosabatlami qonuniy tarzda tartibga solish shakli.

Suniy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tash­kil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliya-lardan ajratib turish uchun) nomi.
Sun'iy monopoliya o'z manfaatlari yo'lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o'zgartiradi, ya'ni:

  • bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik uchun turli to'siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);

  • ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnolo- giyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;

  • ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo'llaydi;

— o'z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Sun'iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium.konsern kabi aniq shakllarda namoyon bo'ladi.
Kartel - bitta sanoat tarmog'idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo'lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o'z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa, kvota, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo'lib olinishi va h.k, bo'yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat — bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasidir.Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o'zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta'minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko'rinishidagi birlashmasi.
Konsorsium - tadbirkorlarning yirik moliyaviy opera- siyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo'yish).
Konsern— rasmiy jihatdan mustaqil bo'lgan, ko'p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari)ning majmuini o'z ichiga oluvchi birlashma. Odatda, bunday birlashma ma'lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo'lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun'iy monopoliyalarning sanab o'tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan


Monopoliyaning turlari

Bozorni qamrab olish darajasiga ko'ra

Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsiflga ko'ra

1

Sof monopoliya

1

Tabiiy monopoliya

2

Oligopoliya

2

Legal monopoliya

3

Monopsoniya

3

Sun'iy monopoliya




1.2 Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari.

Har bir narsaning bir yaxshi bir yomon tomoni bo’lganidek, monopoliyaning ham bir qancha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Monopoliyaning asosiy ijobiy va salbiy tomonlarini ko’rib chiqamiz.


Uning ijobiy tomoni asosan, quyidagi ikki jihat orqali namoyon bo'ladi.
Birinchidan, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, u ma'lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi.
Ikkinchidan, monopolist bo'lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko'proq rag'bat va imkoniyat mavjud bo'ladi. Chunki uncha yirik bo'lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda, moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo'lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko'ra, ko'proq joriy daromadga e'tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g'oyalar raqiblar tomonidan juda tez o'zlashtirib olinadi va buning oqibatida, mazkur g'oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo'lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.
Uchinchidan,ba’zi bir sohalarda monopoliya sohaning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlab bera oladi. Shu sababdan ham bu sohalarda monopoliyaning vujudga kelishi davlat tomonidan ham ta’minlab beriladi.Raqobat bu sohalar faoliyatini buzishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib elektr energiyasi, gaz, suv kabi komunal sohalarni yoki metropolitelin, temir yo’l va avia sohalarni keltirishimiz mumkin. Ammo hozirgi kunda dunyoning bir nechta rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini kuzatishimiz mumkin.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin:
1. Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past texnikaviy darajsini va sifatini hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.
Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. O qibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiayt boyligi resurslarning oqilona raqobatli bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi.
2. Daromadlardagi tengsizlikning kuchayayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi yoki pasaytirilishi hamda yuqori foyda olinishi bilan bo’g’liq bo’lib, bu aholining qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi.

2-BOB. O’zbekistonda antimonopol siyosat


2.1 Antimonopol siyosatning vujudga kelishi.

Yuqorida monopoliyaning salbiy jihatlari bilan tanishib chiqdik . Umuman olganda monopoliyaning ijobiy tomonlari ham mavjud, biroq uning bozor iqtisodiyotiga va umuman iqtisod sohasiga yetkazadigan zararlari bir talay. Monopollizm avj olib ketgan sharoitda ayni amalakatdagi raqobat, narx-navo, ish haqi, bozorning amal qilish sikli, pul aylanmasi va shu kabi iqtisodiy jarayonlarga jiddiy zarar yetadi. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin.Monmopoliyanig yo’liga to’siq sifatida davlatdan boshqa subyekt maydonga chiqa olmaydi.Shunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlar tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi.


Davlat monopoliyaga qarshi siyisat yurgizishda avvalo, qonun tashabbuskorligi va qonun chiqaruvchi huquqlaridan foydalanadi va monopoliya qarshi qonunlar ishlab chiqadi. Bu jarayon antimonopol qonunchilik deb ataladi.
Tarixdan ma’lumki antimonopol siyosat yurgizgan birinchi mamlakat AQSH hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan bir davrda esa deyarli barcha mamlakatlar monopoliyaga qarshi jiddiy kurash olib bormoqda(ba’zi davlatlar bundan mustasno).
Monopoliyagaqarshiqonunfirmalardajamiyatuchunxavflibo’lganmonopolistikhokimiyatnito’planishinicheklashgaqaratilgan.Monopolistik hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta’sir qilish kuchini bildiradi.Qaysi firma bozor narxiga ko’proq ta’sir qila olsa, u ko’proq monopolistik hokimiyatga ega bo’ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga o’xshash nohush holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham qatnashadi .Bu esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Davlat monopolizmga йarshi siyosat yurgizishida, umuman olganda, bozorning "bir maromda" faoliyat ko’rsatishidagi to’siqlarni bartaraf etishdan jamiyat manfaatdorligining oshirilishi tushuniladi. Davlatning monopolizmga qarshi siyosati ra?obat munosabatlarini takomillashtirishda g’oyatda muhim vositadir. U, birinchidan ayrim firmalar tomonidan bozorning egallab olinishiga qarshi kurashni, ikkinchidan, firmalar o’rtasidagi bozor mexanizmlari harakatini cheklashi mumkin bo’lgan yashirin kelishuvlarni bartaraf etishni, uchuinchidan, zaxiralarning iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqasiga erkin o’tishi yo’lidagi g’ovlarni o’qotishni taqozo etadi.
Yetarli bo’lmagan yoki buzib ko’rsatilgan axborotlar muayyan an'analar, qonunlar, mayda tadbirkorlar uchun kredit yo’lining berkligi va hokazolar ana shunday g’ovlar jumlasiga kiritilishi mumkin.
Monopolizmga qarshi siyosat shart qilib qo’yilgan choralar, ko’pincha, erkin bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid keladi. Lekin, qanday g’ayritabiiy tuyulmasin, ular bozor stixiyasining o’z- o’zidan yemirilishidan (monopoliya bozor kuchlari harakatining qonuniy natijasi bo’lgan holda) va bozorni tashqaridan yemiruvchi omillar (raqobatning nomukammalligini tabiiy resurslarning cheklanganligi, xo’jalik faoliyati va qonunchilikning xususiyati, hukumat muassasalari, an'analar va hokazolarning harakatlari keltirib chiqargan holda)dan himoya qilishga yordam beradi.
Monopolizmga qarshi siyosatni amalga oshirishning ikkita asosiy usuli ma'lum: ma'muriy (qonun chiqaruvchilik) va raqobat munosabatlarini bilvosita tartibga solish.
2.2 O'zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi.
Raqobatning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlar mavjud bo'lishini taqozo etadi.Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo'lishi mumkin.Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o'z-o'zidan, evolyutsion yo'l bilan vujudga kelgan.Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi.shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta'kidlanganidek, davlalning monopoliyalarga qarshi siyosatida o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor
iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog'lom raqobatga shart-sharoit hozirlash. iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero.Prezidentimiz ta'kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo'ymoqda. Bu borada ham juda ko'p yechilmagan muammolar bor. Ya'ni eski ma'muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta'minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to'laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo'lidagi mavjud g'ovto'siqlarni bailaraf etishimiz zarur».4
Bugungi kunda O'zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporalsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo'lib, ular ko'pincha tarmoq vazirliklari mavqye va vazifalariga ega bo'ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit hamda fond ko'rinishida taqsimlanishning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma'muriy to'siqlar monopolistik tendensiyalarga ko'proq imkon yaratadi.
Shunga ko'ra, O'zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:

      1. iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo'lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;

      2. bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o'z ustunlik mavqyelarini suiiste'mol qilish imko- niyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta'minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas.

O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o'rin tutadi.Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan.ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.
Shunday qilib, O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobat ni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, cluinki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan a tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchierkin xo'jalik subyektlarining mavjudligi. ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
2.3 O’zbekistonda antimonopol siyosat
Bugungi kunda O’zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo’lib, ular ko’pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo’ladilar. Shunga ko’ra mamlakatimizda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo’lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur.
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o’z ustunlik mavqelarini suiiste’mol qilish imkoniyatlarini oldini olish.
Shu maqsadda 1992-yilning avgust oyida O’zbekistonda “Monopol faoliyatni cheklash to’g’risida”gi qonun kuchga kiritildi.Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqchillik keltirib chiqarish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etildi.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 27-dekabrda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida” gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g’irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko’zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O’zbekiston va boshqa o’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo’lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o’rnatilgan.
Quyidagi xatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:

  • xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiiste’mol qilinishi (5-modda)

  • xo’jalik subyektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o’zaro kelishilgan xatti-harakatlar) (6-modda)

  • davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyati organlarining raqobatni cheklashga yo’naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda)

Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992-yilda O’zbekiston monopoliyaga qarshi organ – Moliya Vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro’yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil qilindi. 2000-yilda Respublika Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoniga asosan, Monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va muqil davlat qo’mitasiga aylandi. Keyinchalik mazkur qo’mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi farmoniga binoan, u monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasiga aylantirild i.
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozoridagi shu turdagi mahsulotning 35 %dan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi.Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 % deb belgilanadi.6
Respublikada monopoliyalar ro’yxatiga kirgan korxonalarning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim:
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo’yish.
2. O’z monopol mavqeini suist’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-iyuldagi 366-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Obyektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi” nizom asosida amalgam oshiriladi.
Monopoliyani maksimal darajada kamaytirishga qaratilgan bu chora-tadbirlar o’z natijasini berdi. Bu chora tadbirlar samarasi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, oxirgi 12 yil mobaynida monopolist korxonalar soni deyarli 4 barobar kamaydi, monopolist mahsulotlar soni esa 30 barobarga kaamaydi. 2004-yilda yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida monopoliyaning ulushi 26%ni tashkil qilgan bo’lsa, 2009-yilga kelib bu ko’rsatkich 19%ni tashkil qildi.
2003-yilda 1-yanvarida Davlat reyestrida monopol sifatida 386 ta xo’jalik yurituvchi subyektlari hisobga olingan bo’lsa, 2009-yil 1-yanvaridagi holatiga ko’ra bu ko’rsatkich 95 tani tashkil etdi.2007 yilda qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan tabiiy monopoliya subyektlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlarning 87,5 foizida turli xildagi qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlar ko‘rildi, aybdorlarga nisbatan 2,3 milliard so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Bu sohada mamlakatimizda katta yutuqlarga erishilgan bo’lsada bu bilan cheklanib qolinayotganligi yo’q.Buning yorqin misoli sifatida joriy 2010-yilning 26-fevralda yurtboshimizning “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarini ko’rishimiz mumkin. Bu farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilindi. Bundan tashqari farmonda qo’mitaning asosiy vazifalari va huquqlari aniq qilib belgilab berildi.
2010-yilning 12-noyabrida bo’lib o’tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ham monopoliyani cheklash va raqobatni rivojlantirish haqida alohida to’ xtalib o’tdilar. Bu borada tadbirkorlikni, asosan, kichik biznesni rivojlantirishga katta e’tibor berilishi zarurligini ta’kidlab o’tdilar.O’tgan 2011-yilning “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb e’lon qilinishi esa so’zlarining isboti bo’ldi.Hozirgi kunga kelib, O’zbekistonda kichik biznessning yalpi ichki mahsulotdagi o’rni 50 %dan oshgan bo’lsada, uni yanada yuksaltirish va rivojlantirish rejalashtirilmoqda.



2.4 O’zbekistonning antimonopol siyosatinig natijalari.


So‘nggi 10 yil mobaynida monopolist korxonalar soni 3,5 barobar kamaydi Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida monopolizm ko‘rinishlariga qarshi kurash va raqobat muhitini shakllantirish masalalari g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida qayd etildi.
Mamlakatimizda monopoliyaga qarshi siyosat olib borilishi natijasida so‘nggi 10 yil mobaynida monopolist korxonalar soni 3,5 barobar, monopol mahsulotlar turi esa 26 barobar qisqardi. 2004-2007 yillar davomida yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida monopol mahsulotlar ulushi 26 foizdan 21 foizga tushdi.
O’zbekiston Respublikasida monopol subyektlar va mahsulotlar soni
Manba: O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining reysteri
To‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish, uning eng muhim talablaridan biri bo‘lgan sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish natijasida tadbirkorlik va kichik biznes subyektlari soni hamda ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yil sayin ortib bormoqda.
Yurtimizda monopolist va tabiiy monopol bo‘lgan korxonalar faoliyatini tartibga solish hamda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlashga doir qonunchilik asoslari yaratilgan. Jumladan, 1996 yilda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi, 1999 yilda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlar monopolistik mavqega ega bo‘lgan korxonalar faoliyatini tartibga solishning qonuniy asoslarini ta’minlashda mustahkam huquqiy zamindir.

Ammo, ba’zi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bunday holatlarga barham berish yuzasidan izchil chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.


Tovar va xizmatlar bozoridagi o‘zaro tenglik, tabiiy monopol korxonalar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qo‘mita tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tabiiy monopoliyalar sohasiga kiritilgan 24 xil mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning narxlarini moliya organlarida deklaratsiyadan o‘tkazmasdan iste’molchilarga yetkazib berayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar aniqlandi. Ko‘rilgan chora tufayli ularning narxlari moliya organlarida belgilangan tartibda deklaratsiyadan o‘tkazilishiga erishildi.
2007 yilda qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan tabiiy monopoliya subyektlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlarning 87,5 foizida turli xildagi qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlar ko‘rildi, aybdorlarga nisbatan 2,3 milliard so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.Bunday tadbirlarning amalga oshirilishi sog‘lom raqobat muhitini barqarorlashtirishda, mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholi turmush darajasini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotir.
Raqobat muhitini, jumladan, kichik biznes sohasida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishni rag‘batlantirish orqali rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar xo‘jalik subyektlari umumiy sonida monopolist korxonalar ulushini 2010 yilning birinchi yarmidagi 0,43 foizdan 0,37 foizgacha kamaytirish imkonini berdi.

Xulosa.


Dеmоkrаtik jаmiyatni bаrpо etishning аsоsiy shаrtlаridаn biri, nоmаrkаzlаshgаn tаrtibdа iqtisоdiy qаrоrlаrni qаbul qilish bilаn bоg’liq shаrоitlаrning mаvjudligi hisоblаnаdi.Erkin rаqоbаt - tаnlаsh erkinligi, tаdbirkоrlik erkinligi, bоzоrgа kirish erkinligi kаbi tаlаblаrning sinоnimidir, u fuqаrоlik jаmiyatidа kishilаrning kоnstitutsiyadа bеlgilаngаn iqtisоdiy erkinligining muhim tаrkibiy qismi hisоblаnаdi.
Iqtisоdiyotdа mоnоpоllаshuv tеndеnsiyalаri pаydо bo`lish munоsаbаti bilаn erkin rаqоbаt chеklаnаdi, shu sаbаbdаn sоg`lоm rаqоbаtchilik muhitini yarаtishdа dаvlаt hаm qаtnаshаdi. Bu dаvlаtning аntimоnоpоl siyosаti оrqаli аmаlgа оshirilаdi. Bu siyosаt erkin rаqоbаt muhitini yangidаn yarаtishgа emаs, bаlki uni sаqlаb qоlishgа, qаytаdаn tiklаshgа, rаqоbаtning mаdаniylаshgаn usullаrini qаrоr tоptirishgа qаrаtilаdi.
O`zbеkistоndа ham bоshqа sоbiq ittifоqdоsh rеspublikаlаri kаbi, rаqоbаtni umumаn inkоr etuvchi dаvlаt mоnоpоliyasidаn dаvlаtlаshmаgаn, turli хo`jаlik shаkllаrining muvоzаnаtigа аsоslаngаn vа erkin rаqоbаtni tаqоzо etuvchi bоzоr tizimigа o’tish yuz bеrmоqdа. Bu yеrdа аvvаllо rаqоbаtchilik munоsаbаtlаrini shаkllаntirish vа shu bilаn bir qаtоrdа uni tаkоmillаshtirish vаzifаsi turibdi. Har qanday iqtisodi rivojlangan davlatni qarasak, eng avvalo ichki iqtisodiyotini rivojlantirganligiga guvoh bo`lamiz. Buning uchun esa u eng avvalo erkin raqobatni vujudga keltirishga harakat qilgan. Bunday erkin raqobat bozorlarini yuzaga keltirish qiyin bo`lsada, lekin iloji boricha shu bozorga yaqin raqobatlashgan monopol bozorni yuzaga keltirishimiz kerak.

Аntimоnоpоl qоnunlаrni qаbul qilish vа hаyotgа tаtbiq qilish bоzоr munоsаbаtlаrigа o`tаyotgаn hаr bir mаmlаkаt uchun hаyotiy zаrurаtdir, chunki erkin rаqоbаtgа yo`l bеrmаy turib bоzоr iqtisоdiyotini shаkllаntirib bo`lmаydi.


Foydalanilgan adabiyotlar:



    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. (12.11.2010)

    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. (26.02.2010)

    3. “Iqtisodiyot nazariyasi” - Sh.Shodmonov, U.V.G’afurov /2005y

    4. “Iqtisodiyot nazariyasi” Norboy BEKNOZOV (Darslik)/2005 y

    5. “Mikroiqtisodiyot” – B.T.Salimov, U.S.Muxiddinov/ /2006y

    6. “Mikroiqtisodiyot” – Robert Pindayk/ /2002y

    7. “Iqtisodiyot nazariyasi” – D.Tojiboyeva/ /2005y

    8. “Курсмикроэкономики” – R.M.Nuriyev/ /2005y

    9. “Mikroiqtisodiyot” – K.R.Makkonel/ /2005y

    10. “Микроэкономика” – L.S.Tarasechev/2006y

    11. “Microeconomics” – P.Samuelson/531-537-betlar

    12. “Микроэкономика и поведение” - Роберт Х. Франк.

    13. “Особенности антимонополной политики в Узбекистане: обшие принсипи и правовая база” 2-nashr - T.Shadibayeva /

Foydalanilgan saytlar:7
www.iet.ru

  1. www.ic.omskreg.ru

  2. www.wikipedia.com

  3. www.knigi.alhademic.ru

  4. www.economics.ru

  5. www.google.co.uz

  6. www.antitrust.com

  7. www.stat.uz

Yüklə 51,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə