Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar



Yüklə 93,66 Kb.
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü93,66 Kb.
#152979
  1   2   3   4   5   6
Turizmda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR fakulteti
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) taʼlim yo‘nalishi
5-kurs 192-Turizm guruh talabasi
Raxmonova Dilafruzning

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Turizmda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish

Topshirdi: _________________
Qabul qildi: _______________

URGANCH 2023



Mavzu: Turizmda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
REJA:

Kirish………………………………………………..……….............3
1.1. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning amaliy asoslari …4
1.2. Iqtisodiyotni rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi...... …7
1.3. . Turizmni rivojlantirishda hukumat va xususiy sektorlarning roli…………………………………………………………………...13
1.4. Turistlarni O‘zbekistonga jalb qilish muammolari ……......18
Xulosa……………………………………………………………….23
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………25


KIRISH
Bozor iqtisodiyoti barcha imkoniyatga daxldor hodisa bo‘lib, jahon sivilizatsiyasining rivojlanish yo‘lida muqarrar bosib o‘tiladigan bosqichdir. Bozor iqtisodiyotining chinakkam oxirgi maqsadi, avvalo, insonga munosib yashash sharoitlarini yaratish va respublikani madaniyat va taraqqiyot cho‘qqilariga olib chiqishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish qaror topib kelayotgan yangi davlatchilik uchun jamiki resurslardan foydalanishni, xalq xo‘jaligining farovon turmush kechirayotgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chishni ta’minlab beradigan qudratli iqtisodiy asos yaratib berishi kerak.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, shuningdek O‘zbekistonda ham iqtisodiyotning noishlabchiqarish, xususan turizm sohasiga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Insonlar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazib, dam olishga, sog‘ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf - odatlari, qadriyatlarini bilishga intilmoqdalar. Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko‘rsatadi. Insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini o‘zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o‘sish sur’ati 8%-10% gacha boradi. Bu esa turizm sohasining qanchalik darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shunisi qiziqki, turizm rivojlanishi natijasida transport, bozor infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq- ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi.
Turizm turistlarga xizmat ko‘rsatishga aloqador bo‘lgan tarmoqlarni qamrab oluvchi o‘ziga xos dam olish sanoati hisoblanadi. Turizm sohasidagi hamkorlik xo‘jalik jamoat ishlab chiqarishga aholining band bo‘lmagan yoki qisman band bo‘lgan qatlamlarini jalb qilib, mehnat resurslaridan to‘liq va oqilona foydalanish muammosini hal qilishga yordam beradi.

Yüklə 93,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə