Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Iqtisodiyotni rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi



Yüklə 93,66 Kb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü93,66 Kb.
#152979
1   2   3   4   5   6
Turizmda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish

1.2. Iqtisodiyotni rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi .
Har qanday sharoitda, xususan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda davlat asosiy rol o‘ynaydi. Deyarli barcha davlatlar milliy iqtisodiyotida turizm tarmog‘ining ahamiyatini oshirishga harakat qilishadi. Chunki, turizm milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda quyidagi ustuvorliklarga ega: mahalliy ishchi kuchlarini malakali mehnat va yashash sharoitlari bilan ta’minlash manbai; bozorni shakllantirish hamda kapital investitsiyalarning oqib kelish mexanizmi; qurilish (mehmonxonalar, kempinglar, motellar), kommunikatsiya (uyali, tele va optik aloqa), transport (avtomobillar, avtobuslar, xalqaro andozolardagi temir yo‘l vagonlari, samolyotlar), shuningdek xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi (avto yoqilg‘i quyish stantsiyalari) kabi sohalarga yangi texnologiyalar va nou-xau joriy etish vositasi; milliy xalq hunarmandchiligini rivojlantirish vositalari; mamlakatda va hududda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holatni barqarorlashtirish omillari; tarixiy yodgorliklar va madaniy merosni asrash usullari; davlatning valyuta daromadlarini samarali oshirish vositalari. Umuman olganda, davlat turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini yaratadi, bu soha uchun kadrlar tayyorlash masalasini yo‘lga qo‘yadi, viza tizimini soddalashtiradi, turistik mahsulotlar va an’anaviy tovarlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
O‘zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz, mamlakatning asosiy turizm mintaqalariga bo‘linishi xususida to‘xtalib o‘tish muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda respublikada to‘rtta asosiy turistik mintaqa mavjud bo‘lib, ular Farg‘ona, Samarqand - Buxoro, Toshkent va Xorazm turizm mintaqalaridir. Farg‘ona turizm mintaqasi Farg‘ona vodiysini o‘z ichiga qamrab oladi. Uning turistik resurslari arxeologik qazilmalari va me’morchilik obidalari, qulay tabiiy sharoitlar, an’anaviy xalq hunarmandchiligi va san’ati mahsulotlari, sanoat va agrar komplekslardan iborat. Bu yerda avtomobil va temir yo‘llarning keng tarmog‘ining mavjudligi ham Farg‘ona mintaqasidan turizm maqsadlarida foydalanishga, uning butun hududida turizm bazalari va dam olish maskanlarini joylashtirishga imkoniyat yaratadi.
Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir. Mazkur turizm mintaqasidagi madaniyat yodgorliklari, poytaxt viloyatining bugungi hayoti, qurilishlar, yangi shahar va qishloqlar, zamonaviy madaniyat, mintaqaning tabiati, boy landshafti, rang-barang o‘simlik va hayvonot dunyosi uning diqqatga sazovor bo‘lishiga sabab bo‘ladigan muhim omildir. Avtomobil va temir yo‘llari tarmog‘i Toshkent turizmi mintaqasidagi turizm markazlarini bir-biri bilan bog‘laydi hamda shahar atrofidagi temir yo‘l va avtomobil turizmini rivojlantirishga imkon beradi. Samarqand-Buxoro turizm mintaqasi Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Samarqand va Buxorodagi butun dunyoga mashhur me’morchilik obidalari ushbu mintaqadagi turizmni rivojlantirilishiga asos hisoblanadi. Bundan tashqari, Zarafshon daryosi orqali o‘tuvchi temir yo‘l va keng tarmoqdagi shosse yo‘llari, Zarafshon tog‘ tizmasi orqali o‘tgan unchalik baland bo‘lmagan davonlar va yaxshi trassalar mintaqada turizmni rivojlantirish uchun nihoyatda qulay omil hisoblanadi. Xorazm turizm mintaqasining salohiyati asosan Xivaning Ichan qa’la qo‘riqxonasida joylashgan va jahonda misli yo‘q nihoyatda boy tarixiy - me’morchilik yodgorliklariga tayanadi. Faoliyat ko‘rsatayotgan turizm mintaqalari bilan bir qatorda yana istiqbolli mintaqalar mavjud bo‘lib, ular Jizzax, Qarshi-Termiz va O‘rta-Qoraqalpoq mintaqalaridir. Kelajakda bu mintaqalardagi mavjud imkoniyatlarning rivojlantirilishi mamlakatimizda turizm xizmatlari bozorini yanada kengayishiga olib kelishi mumkin.
Turistik mahsulotning sotilishida rol o‘ynagan eng ahamiyatli omillardan biri mahsulotning narxidir. Turizm marketingida narx asosiy omil bo‘lib eng ta’sir qiluvchi va strategik o‘zgaruvchidir. Narx omili xususan o‘rta tabaqa turistlar tomonidan kuzatilgan hodisadir. Xaridorlarning ko‘pchiligi quyidagi sabablar tufayli narx o‘zgarishlariga qarshi juda ta‘sirchan bo‘ladilar.
Turli masofalar orasida yoki bir xil masofalardagi turli xizmatlar o‘rtasida paydo bo‘lgan raqobat yuzasidan.
kam daromadli xalq mexanizmlarining turistik iste’molchiga yetishadigan harakatlaridan narx farqlari ko‘paymoqdadir.
Turizm sektorida ko‘rilgan turli xizmat va mahsulotlar natijasida narx omili sotib olish omillaridan keyin ikkinchi o‘ringa tushishni boshlagan. Chunki turistlarning kutishlari va zavq olish hislari oldindadir. Biror mehmonxonaning narxini bilmasdan turib, turist xonani majburan sotib olish majburiyatiga ega emasdir. Boshqa arzon mehmonxonaning mijozi ayni vaqtda ma’lumot olishni ham xohlaydi. Yetarli ma’lumotni olgandan keyin narx-sifat farqliligini qiladi. Turistik mahsulotni sotish narxining belgilanishi kelgusidagi sotish va foyda olish tartibining tavsiya qilinishiga imkon beradi. Faqat turistik mahsulotning aralash xususiyatda bo‘lganligi uchun narxning belgilanishi juda ko‘p omillarga bog‘liqdir. Turistik mahsulotning narxini belgilash tartibini quyidagicha izohlaymiz:
turistik korxonalarda mahsulotlarga narx belgilashdan avval mavjud bozorning tuzilishi va raqobat shartlarining oldindan belgilanishi kerakdir;
turistik mahsulotlar geografik joylashishiga qarab bir-biridan farq qiladi;
turizm sohasida bozorning tuzilmasi raqobatbardosh va monopolistik bozorlardan tashkil topadi;
turistik korxonalarda narxlar doimo bir xil bo‘lmaydi. Talab ko‘p bo‘lgan davrlarda narxlar yuqori bo‘ladi, talab kam bo‘lganda narxlar past bo‘ladi.
Turizm sohasida narx belgilashga quyidagi omillar ta’sir qiladi.8
Tannarxlar. Ishlab chiqarish tannarxi sotish narxini belgilashda asosiy rol o‘ynaydi. Tannarxlar 2 shaklda hisoblanadi: barqaror va o‘zgaruvchan. Barqaror tannarxning to‘g‘ri bir shaklda hisoblanishi oson bo‘lganligi uchun turistik korxonalardagi o‘zgaruvchan tannarxlar ahamiyatli o‘rin tutadi va hisoblanishi ham qiyindir.
Korxonaning o‘rni va joylashgan yeri. Turistik mahsulot joylashgan yerning bozorgacha bo‘lgan masofasi, tabiiy va ijtimoiy muhiti, tarixiy va madaniy yaqinligi korxonaning narxlariga ta’sir qilmoqda. Samarqand, Buxoro va Xivadagi mehmonxonalar bilan Toshkentdagi mehmonxonalar orasida farqli narxlar qo‘llaniladi.
Bozordagi raqiblarning narxlari. Bir turistik mahsulotning narxi, bozordagi mavjud bo‘lgan o‘xshash mahsulot va xizmatlarning narxlariga mos bo‘lishi kerakdir. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning xususiyatiga va farqlariga ko‘ra korxonalar bozor narxidan past yoki yuqori narxni tavsiya qiladilar. Iste’molchining xususiyatlari - talabning xususiyatlari. Iste’molchilar turizm xizmatlaridan faqat o‘z budjetlariga mos bo‘lgan miqdorda foydalanadilar. Agar narx yuqori bo‘lsa u mahsulotlarga bo‘lgan talab kamayadi, shu sababli talab belgilangan tartibga kelguncha narxlarni tanishtirish kerak. Turizm talabi milliy va xalqaro darajada bo‘lmoqda. Ba’zan korxonalar narxlarni xalqaro talablariga moslab tashkil qilmoqda.
Ishlab chiqarish hajmi. Narx, ishlab chiqarish tannarxlariga, korxonalarning hajmiga, o‘lchovlariga bog‘liq bo‘lib, turli shakllarda tavsiya qilinadi. Korxonaning to‘liqlik nisbatlariga ko‘ra tannarxlarni kamaytirish maqsadida, ma’lum bir miqdorda narxlarni tushirish hollari bo‘lmoqda. Xususan katta hajmdagi tunash korxonalarida, jami tannarxlarning ostida narx tavsiyasi qilinib korxonaning barqaror chiqimlari ko‘riladi.
Huquqiy tartiblar. Marketing boshqaruvchilari narx tavsiyasini o‘rganar ekanlar, narxning davlat boshqaruv organlarining mavjud qonun va qoidalariga mosligini diqqatga olishlari kerak. Mamlakat iqtisodini va iste’molchilarni yaratish maqsadida davlat boshqaruv organlari kerak bo‘lgan taqdirda narxlarga aralashmoqda. Narxlarga aralashishda asosan davlat narxlarning turizm sektori tomonidan qo‘yilishini ta’minlamoqda.
Rivojlangan davlatlarda mehmonxonalar va turistik mahsulotlarning narxini har bir korxonaning o‘zi belgilaydi. Agar o‘zi belgilamasa, eng kamida boshqaruv va nazorat ostida tutmoqdalar. Shunday qilib rasmiy turizm tashkilotlari turistik mahsulot tannarxini eng past darajada tutib, keng miqdorda turizm talabini yaratish va turistik guruhlarni o‘z mintaqasiga jalb qilishni istamoqtalar. Ba’zan davlat ijobiy tomondan narxlarga aralasha oladi. Ya’ni davlat boshqaruvchi bo‘lib, turizm bozoriga kirib sarmoya ajratadi va narxlarning boshqa korxonalar darajasida tartibli tutilishini tashkil qiladi. Boshqa tomondan davlat marketing jarayonida tannarxlarni pasaytiruvchi tashqi raqobat potensialini orttiruvchi qoidani qo‘llab-quvvatlab narxlarni boshqa davlatlar bilan raqobat qila olishni yaratadi.
Turistik korxonalarda to‘liqlik nisbatlarini oshirish va foyda olishni oshirish maqsadida, korxona ichida vaqt va joyga ko‘ra farqli narxlarni qo‘llay oladilar. Boshqa tomondan turizm bozoridagi iste’molchi guruhlarning ham farqli xususiyatlarga ega bo‘lishlari sababli, korxonalar ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlarning tamoyilida o‘zgarish qilmasdan narxning farqlanishini yaratadilar. Narxning farqlanish turlari quyidagicha ifodalanadi.
Xaridorning sotib olish kuchiga ko‘ra narxni farqlash. Xususan tunash korxonalarida xizmat sifatining bir xil bo‘lishiga qarshi, mehmonxonaning ko‘cha yoki bog‘chaga qaragan xonalari farqli narxlarda sotiladi. Bir xil lyuks mehmonxonada a‘la-karte restoran va self-servis restoran usuli qo‘llanilib turli budjetlarga tavsiya etiladi. Mehmonxona yoki dam olish maskanlarida turizm bozoridagi iste’molchilarning katta bir qismini jalb qilish uchun turli tunash va xizmat shakllari ishlab chiqarilib narx farqliligini qiladilar. Xaridor budjetiga mos ravishda turli narxlarni qo‘llaydilar.
Muddatga ko‘ra narx farqliligi. Turistik korxonalarda eng ko‘p qo‘llaniladigan uslubdir, ba’zi mintaqalarda turizmning mavsumlik xususiyat ko‘rsatishidan vaqtga ko‘ra turli narxlar qo‘llaniladi. Mavsum oldi va mavsum oxirida 50% ga yaqin narxlarda pasaytirishlar qilinadi. Yarim mavsum, bayram va ta’tillar sababli turli narxlar qo‘llaniladi. Vaqtinchalik narx farqlashtirishdan maqsad, talabning yil davomida bir xil shaklda tarqalishi va mehmonxonalarning to‘liq nisbat davomida yuqori bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Xaridorning yashash muddatiga ko‘ra ham narxlarda farqlanish, xaridorga shaxsiy imtiyozlar qilinadi.
Xaridorlar soniga ko‘ra narxning farqlanishi. Turistik korxonalarga kelgan turistik guruh yoki xaridorlarga ko‘ra farqli narxnlar ham qo‘llaniladi. Xususan dam olish maskanlari katta miqdorda sayohat agentliklari orqali turistlar guruhi bilan ishlamoqda. Shu sababli, tashrif buyurgan turistlar soniga ko‘ra korxonalar ma’lum miqdorda imtiyozli narxlar belgilashmoqda. Bu farqlanish korxonaning to‘liqlik miqdorining va foyda olishligining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.
Tunash korxonalarida yaratilgan bu narx farqlashlashtirish havo yo‘llari tashuvchiligida ham qo‘llanilmoqda. Guruh holida kelgan turistlar korxonada to‘liqlik miqdorini oshiradi, tavakkal (risk) qilishni kamaytiradi va o‘zgaruvchan tannarxlarda tasarruf yarata oladi. “Narx farqlanishiga o‘tishdan oldin” bozorning bo‘limlariga ajraladigan talab muvozanatiga ega bo‘lmaganiga qarash, agar bozor bo‘limlarga bo‘linsa bu bo‘limlarni bir biridan ajratadigan va bo‘limlar orasi bosqichlarni ta’sirlaydigan kerakli marketing uslublarni qo‘llash va farqli bo‘limlar uchun uyg‘un narxlar belgilash kerak.


Yüklə 93,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə