Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/35
tarix13.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#116903
növüReferat
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Kitob 4241 uzsmart.uz

.
XULOSA 


47 
Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy 
tizimlarni o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda 
muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib 
borib, uning turli bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq 
keladi. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda tarixiy-formastion yondashuv;
madaniylashish (stivilizastiya) darajasi jihatdan yondashuv; texnika va texnologik 
taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; sostial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi 
jihatidan yondashuvlar keng qo`llaniladi. 
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab 
chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formastiyalar ajralib turadi. 
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha 
ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi 
va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi. 
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperastiya
manufaktura, mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori 
darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 
yilga, ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g`ri keladi. Shuning uchun ham 
keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy 
tizimlarga bo’lib o’rganadilar. 
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar 
majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va 
iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. 
Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat 
qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta 
nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va 
bozor iqtisodiyoti tizimlari. 


48 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli 
hisoblanadi. 
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish 
hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə