Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə1/5
tarix01.04.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#103952
  1   2   3   4   5
447 15.08.2022 farmon



[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni ta’minlash borasida izchil choralar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun keng shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni ilm-fanga faol jalb etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni 3-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisiga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida Davlat budjetidan har yili kamida 200 milliard so‘m moliyalashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi;
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ushbu bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan talaba xotin-qizlarning o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasi to‘lovlari bundan mustasno) tegishli oliy ta’lim muassasalariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarni aniqlash va ularning ro‘yxatini shakllantirish;
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarga to‘lov-kontraktning to‘liq summasini (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasi to‘lovlari bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan so‘rovnomalariga muvofiq ushbu qaror ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplashning yangi tartibi mazmun-mohiyati va uning ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshqulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə