Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə2/5
tarix01.04.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#103952
1   2   3   4   5
447 15.08.2022 farmon

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-avgust,
447-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qaroriga
ILOVA
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan talaba xotin-qizlar (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar)ga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Talabgorlarga o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlari bundan mustasno) tegishli oliy ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qaytarish shartisiz qoplanadi.
4. Talabgorlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha 48 21 190 “Boshqa xarajatlar” xarajatlar moddasida bir satrda, yilning choraklari va oylari bo‘yicha rejalashtirilgan holda aks ettiriladi.
2023-yildan boshlab mazkur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida oliy ta’lim muassasasining idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga ajratiladi.

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə