Ijtimoiy normalar tizimi



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#145008
1   2   3   4   5
Ijtimoiy normalar tizimi

Obyektiv huquq – umummajburiy xulq-avtor qoidalarining yig`indisi. Bu normalar u yoki bu insonning, subyektning irodasi hamda xohish-istagidan qat`i nazar mavjud bо`ladi.
Subyektiv huquq – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bо`lgan huquq. Masalan, fuqaro Jо`rayevning ma`lum narsaga, aytaylik avtomobilga nisbatan mulk huquqi.
Subyektiv huquq yuridik jihatdan shaxs erkinligini ta`minlaydi, unga mustaqillik beradi va tashabbus kо`rsatishiga imkon yaratadi. Subyektiv huquq obyektiv huquqqa asoslanadi, obyektiv huquq bо`lmasa, subyektiv huquq ham bо`lmaydi. Subyektiv huquq insondan (yoki tashkilotdan), ya`ni huquqdor shaxsdan ajralmagan holda mavjud bо`ladi.
Huquq davlat bilan chambarchas bog`langan. Davlatsiz huquq bо`lishi mumkin emas, chunki aynan davlat huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi.
О`z navbatida, davlat ham huquqsiz mavjud bо`lishi mumkin emas. Aks holda u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum bо`ladi.
Huquqning asosiy belgilari quyidagilardir:
1) davlat yо`li bilan о`rnatilishi;
2) barcha uchun majburiyligi;
3) huquq normalarining qonunlar va boshqa muayyan manbalarda ifodalanishi;
4) subyektiv huquqlar orqali harakat qilish;
5) davlat tomonidan ta`minlanganligi.
Huquq adolatdan ajralmasdir. Rim huquqida huquqning halol yashash, о`zgalarni xafa qilmaslik, har kimga keraklisini berish kabi qoidalari yozib qо`yilgan edi. Huquq ezgulik va adolatlilik san`ati-dir. Huquqda adolat mezoni ifodalanadi.
Huquqni tushunishda uch xil yondashuvni kо`rsatish mumkin:
birinchidan, hukuqni normativ tushunish. Mazkur yondashuvda huquq – huquqiy normalar yig`indisi yoki tizimi sifatida ta`riflanadi. Huquqiy adabiyotlarda bu yondashuv huquqni tor ma`noda tushunish deyiladi;
ikkinchidan, huquqni sotsiologik tushunish. Bu yondashuvda huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan tenglashtiriladi;
uchinchidan, huquqni falsafiy tushunish. Bu yondashuvda «huquq» tushunchasi erk va adolat о`lchovlari bilan ta`riflanadi.
Yuridik adabiyotlarda sо`nggi ikki yondashuv asosida huquqni keng ma`noda tushunish shakllangan. Huquqni keng ma`noda tushunish tarafdorlari bо`lgan huquqshunos olimlar huquqni ta`riflashda huquq normalaridan tashqari huquq tushunchasiga huquqiy ong, huquqiy munosabat va boshqa bir qator huquqiy hodisalarni ham qо`shadilar.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, huquqni tushunishda turlicha yondashuvlarning bо`lishi tabiiy. Sababi huquq – о`ta murakkab va serqirra ijtimoiy hodisadir. Har bir huquqshunos olim huquqning u yoki bu xususiyatiga, jihatiga alohida e`tibor berishi mumkin. Ammo huquqni tushunishdagi turli xil yondashuvlarni bir-biriga qarama-qarshi qо`yish notо`g`ri bо`ladi. Chunki, fikrimizcha, huquqqa turlicha yondashuvlar bir-birlarini tо`ldiradi, huquqning mohiyatini ochib berishiga yordam beradi, xolos.
Haqiqat - doimo keskin qarama-qarshi fikrlarda emas, balki ular о`rtasidadir. Qarama-qarshi tushunchalarni yaqinlashtirish mumkin, murosa asosida esa ma`qul keladigan «huquq» tushunchasini berish mumkin.
Huquq davlat bilan mustahkam bog`langan. Davlatsiz pozitiv huquq bо`lishi mumkin emas, chunki aynan davlat pozitiv huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi.
О`z navbatida, davlat ham huquqsiz mavjud bо`lishi mumkin emas. Aks holda u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum bо`ladi.

Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə