Ijtimoiy pedagogika asoslari



Yüklə 491,75 Kb.
səhifə18/25
tarix22.03.2024
ölçüsü491,75 Kb.
#180627
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
portal.guldu.uz-IJTIMOIY PEDAGOGIKA ASOSLARI (o‘quv qo’llanma)

Ta’lim muammolari


Noramziy muxit


Individual xususiyatlar


Ijtimoiy institutlar


Umumiy ta’lim


Yosh xususiyatlar


Muomala doirasi


bilan


lashuvi uning
imkin. Bolaning ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishi muhitning salbiy
)to‘g‘ri yo‘nalishda ketib qolishi mumkin. Buning natijasida bola me’yoriy
tlardan chetda qolib ketib
mavsus yordamga muhtoj bo‘1ib qoladi Bunday
lashuv _
ning
faol


arayoni
anda tarbiyachi .


ijtimoiy moslashuvigaga caratilga’ ko‘nikishi yoki salbiy omil arning
Tarbiya ijtimoiy institut sifauda
umumiy vazifalari quyidaglar:


-jamiyat a’zolarining bir m jarayonida amalga oshirilishi mumk yaratish;
-jamiyatda faoliyat yuritish v; -ijtimoiy hayot barqarorligini -jamiyat a’zolarining ijtimoiy


]^ezo (mintaqa)


iinmoiv havoma muavvan vazualaiga ega. laimvaning


Mikro (kichik)


Sub’ektiv


rbiya
oitlar


Orttirilgan (o‘zlashtirilgan)


-o‘zgaruvchan ijtimoiy holatlarga jamiyat azolarini ko'niktirish;
-jamiyat a’zolarining intilishlari, maqsadlarining birlashishini va ijtimoiy, kasbiy, etnokonfessial guruhlar manfaatlarining uyg‘unlashuvini ta’minlash.
Tarbiya tamoyillari-tarbiyani amalga oshirish qoidalari bo‘lib, ular asosida nazariyalar ishlab chiqiladi va tarbiyaning metod, shakl va vositalari amalga oshiriladi.
Tarbiyaning insonparvarlashuvi yo‘naltirilganligi tamoyili.

Ijtimoiy pedagogikada insonparvarlashuv tamoyili pedagogning tarbiyalanuvchiga o‘z rivojlanishining mas’ul va mustaqil sub’ektiga nisbatan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, o‘smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi oqibatida:
-aynan tarbiya ijtimoiylashuv obekti bo‘lishi inson qay darajada g‘ayri ijtimoiy me’yoriy qadriyatlarni emas, balki ijobiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishni aniqlaydi;


5


T7


27




-tarbiya inson o‘zini ijtimoiylashuv sub’ekti sifatida his qilishi, uning sub’ektivligini namoyon bo‘lishi va taraqqiy etishi uchun sharoitlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
-tarbiya inson uchun jamiyatga ko‘nikishi darajasini ishlab chiqishiga sharoitlar yaratadi.
-tarbiya insonni muayyan yosh bosqichlarida xavflar bilan to‘qnash kelishiga yo‘l qo‘ymasligi, ya’ni insonning ijtimoiylashuv qurboniga aylanmasligi ehtimolini kamaytirishi mumkin.
Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amaliyotda amalga oshirish tarbiyalanuvchida refleksiya va o‘z-o‘zini tartibga solishni rivojlantirishga, uning olam bilan munosabatlarining shakllanishiga, jamiyatda demokratik va gumanistik munosabatlarning tashuvchisi bo‘lgan insonning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiyaning madaniylashuvi tamoyili

Tarbiyaning madaniylashuvi zaruriyati g‘oyasi ingliz pedagogi Jon Lok (XVIIIasr), fransuz mutafakkiri Klod Gelvetsiy(XVIIIasr) va shvedsar pedagogi Iogann Pestalotssi asarlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
XIX asrda nemis pedagogi Fridrix Disterverg tomonidan ta’rifi berilgan tarbiyaning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyilining zamonaviy tarifi tarbiya madaniyatining umuminsoniy qadriyatlariga asoslanishi va u yoki bu milliy madaniyatlarning qadriyatlari va me’yorlariga mos bunyod etilishini ko‘zda tutadi.
Tarbiyaning variativligi tamoyili. Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan aniqlanadi.
Tarbiya variativligi tamoyili insonning mintaqaviy, munitsipial va lokal darajada umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va lokal sharoitlarni inobatga olib, tarbiya muassasalarida insoniy, yosh, differensial va individual yondashuvlar asosida manaviy-qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish uchun ishlab chiqilgan..
Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarurdir:

  • shaxs manfaatlarini va ehtiyojlari, turli yosh, ijtimoiy-kasbiy, etnik qatlamlarning talablari, xududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini qondirish uchun turli xildagi tarbiya tashkilotlarini tuzish;

  • ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va munitsipial tizimlarni tashkil qilish;

  • mahalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish.

Ijtimoiy tarbiyaning variativlik tamoilini amalga oshirish:

  • insonning turli xildagi hayotiy va shaxsiy masalalarini yechishga, qobiliyatini shakllantirishga;

  • inson tomonidan o‘zining rivojlanish strategiyalari, hayotiy va kasbiy yo‘llarini tanlashga imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratadi.

Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Ijtimoiylashuvning mikroomillarining tavsifi shuni ko‘rsatadiki bolalar, o‘smirlarning ijtimoiylashuvi tengdoshlari va kattalar (oila, qo‘shnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan o‘zaro munosabatlarida ro‘y beradi. Ijtimoiy tarbiya nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi ijtimoiylashuvning bo‘lagi sifatida bir tomondan jamoalarda ro‘y beradi, boshqa tomondan esa bolalar, o‘smirlarni jamoa hayotiga ob’ektiv zaruriyat sifatida olib kiradi.
Jamoa tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g‘oya juda qadimda paydo bo‘lgan va XIX asrdan boshlab pedagoglar tomonidan jadallik bilan uning nazariy asoslari ishlab chiqilgan.
Jamoaviylik tamoyilining zamonaviy ta’rifiga ko‘ra ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa jamiyatga ko‘nikish tajribasini qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Tarbiyaning shaxs rivojlanishiga markazlashuvi tamoyili
Bu tamoyilga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning strategiya va maqsadi yosh avlod, o‘smirlarni komil inson bo‘lib yetishlariga yordam berishdir. Ijtimoiy tarbiya jarayoni, tarbiya muassasalari faqatgina shaxs rivojlanishining vositasi bo‘lishlari mumkin.


28




Rivojlanishni inson tomonidan uch turdagi vazifalarni (tabiiy-madaniy, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-psixologik) hal qilish jarayoni deb qarashimiz mumkin. Shu vazifalara ko‘ra, tarbiya muassasalarida ijtimoiy tarbiyani markazlashtirish lozim bo‘lgan shaxs rivojining jihatlarini aniqlashtirsa bo‘ladi.
Tabiiy-madaniy vazifalarni hal qilish zaruriyati inson rivojining -jismoniy (tabiiy);
-jinsiy (fiziologik) jihatdan rivojlantirishga yordam beradi.
Ijtimoiy - madaniy vazifalarni yechish zaruriyati esa, insonning:
-intellektual (aqliy);
-ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga zamin yaratadi.
Ijtimoiy tarbiya bu jihatlarining imkoniyati va o‘rni turlicha, biroq u bu jihatlarning har birida u ijtimoiylashuv omillariga nisbatan qo‘shimcha o‘ringa ega. Bundan tashqari tarbiya muassasalarining turiga qarab ham imkoniyatlari turlicha bo‘ladi.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyili:

Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko‘ra bolalar, o‘spirinlar, o‘smirlarning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi qadriyatlar (aqliy, ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga oshiriladi. Bular:
-dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar;
- ijtimoiy tarbiya sub’ektlariga xos bo‘lgan qadriyatlar;
-tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bo‘lgan qadriyatlar.
Tarbiyaning tugallanmasligi tamoyili.
Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik harakteridan kelib chiqadi. Tarbiyaning tugallanmasligi tamoyili inson rivojlanishining har bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat deb biladi. Bu tamoyilga ko‘ra har bir bola, o‘smirda doimo tugallanmagan va aslida tugallanmaydigan bir narsa bo‘ladi.
Tarbiyaning tugalanmasligi tamoyiliga ko‘ra tarbiyani shunday tashkil qilish kerakki, har bir yosh bosqichida inson “qayta shakllanish” imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.


Nazorat savollar:

  1. Ijtimoiylashuv nima? Bolaning ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi omillar qaysilar?

  2. Bola rivojlanishiga muhitning ta’siri qanday?

  3. Bola tarbiyasi va uning ijtimoiylashuvi orasidagi bog‘liqlik nimada?

  4. Ijtimoiy moslashuv nima?

  5. Tarbiyaning ijtimoiy vazifalarini sanab bering.

  6. Tarbiyaviy tamoyillarning mohiyati va mazmunini bayon etish?

Mavzu: Ijtimomiy pedagogikada me’yor va me’yordan og‘ish masalasi.
Reja:

  1. “Me’yor” va “Me’yordan chetga chiqish” (og‘ish) tushunchalari.

  2. Me’yordan chetga chiqishning turlari.

  3. Me’yordan chetga chiqish (og‘ish)ga doir qarashlar talqini.


Yüklə 491,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə