Ijtimoiy pedagogika asoslari



Yüklə 491,75 Kb.
səhifə19/25
tarix22.03.2024
ölçüsü491,75 Kb.
#180627
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
portal.guldu.uz-IJTIMOIY PEDAGOGIKA ASOSLARI (o‘quv qo’llanma)

Tayanch tushunchalar: me’yor, me’yordan chiqish, jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy chetga chiqishlar, ijtimoiy model
Tarixdan ma’lumki har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar alohida e’tiborga muhtoj odamlar mavjuddir. Bular o‘z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og‘ishga moyil bo‘lgan shaxslardir. Bunday kishilar bilan tegishli, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan.


29




Hozirda AQSh va Yevropa davlatlarida u yoki bu og‘ishlarga ega kishilarning jamiyatga integratsiyalashuvi tamoyili amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, bu odamlar ham jamiyatning teng huquqli, biroq ba’zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga ega a’zosi sifatida qaraladi.
Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun dunyoda shu jumladan, O‘zbekistonda ham sezilarli darajada ekanligi e’tiborni tortadi..
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada “me’yor”ning o‘z ko‘rsatgichlari, o‘z me’yorlari bo‘lib unga mos kelmaydigan jihatni-“og‘ish”, “chetga chiqish” deyiladi.
Ijtimoiy pedagogika uchun “me’yor” va “me’yordan og‘ish” tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanish jarayonini harakterlash uchun qo‘llanadi.
Og‘ish ham ijobiy ham salbiy harakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, qobiliyatlilik ham me’yordan og‘ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy og‘ishlar ham shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga, ham jamiyat rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Me’yordan chetga chiqishni shartli ravishda 4 guruhga ajratish mumkin: jismoniy, ruhiy, pedagogik va sotsiologik.
Me’yordan jismoniy og‘ish inson sog‘ligiga bog‘liq. Sog‘liqdagi og‘ish yoki irsiy omillar yoki biror-bir tashqi holatlar: og‘ir ekologik holat, ichimlik suvining qoniqarsiz sifati, oila hayoti darajasining pasayishi va boshqalar asosida yuzaga kelishi mumkin.
Sog‘ligida va rivojlanishida og‘ishga moyillarning ko‘p tasniflari mavjud. Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining britancha variantini qabul qilgan:
Bular:
-kasallik, xastalik-ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura elementlarini har qanday yo‘qotish;
-cheklangan imkoniyat-inson uchun me’yor hisoblangan chegarada biron-bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yoqotish yoki cheklab qo‘yish;
-nogironlik-yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib insonning biron-bir faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi cheklangan imkoniyat.
G‘arb davlatlarida “sog‘ligining cheklangan imkoniyatlariga ega shaxs” tushunchasi mavjud. Ularga ta’lim standartlarini o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiluvchi jismoniy yoki ruhiy kamchiliklarga ega bolalar kiradi. Shuningdek, nuqson tushunchasi ham mavjud bo‘lib, uning 4 turi-ruhiy, jismoniy, murakkab va og‘ir turlari mavjud.
Jismoniy nuqsonlarga-inson
organizmining faoliyat yurgizishga yoki rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchiliklar, shuningdek har qanday somatik yoki yuqumli xastaliklar kiradi.
Ruhiy nuqsonlarga-insonning ruhiy rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchilik. Bularga nutq buzilishi, miya faoliyati, shuningdek, aqliy rivojlanishning buzilishlari kiradi.
Murakkab nuqson belgilangan tartibda tasdiqlangan jismoniy va ruhiy kamchiliklarni o‘zida mujassam etadi.
Og‘ir nuqson- shunday nuqsonki, u mavjud bo‘lgan holatda davlat ta’lim standartlariga mos ravishda ta’lim olishning umuman iloji bo‘lmaydi.
Bola jismoniy rivojlanishidagi og‘ishlarga kasallik, ko‘rish, eshitish qobiliyatlarining buzilishlari kiradi. Me’yordan ruhiy og‘ishlar bolaning aqliy rivojlanishi, uning ruhiy nuqsonlariga bog‘liqdir. Bu turdagi og‘ishlarga ruhiy rivojlanishning to‘xtab qolishi, bolalarning aqliy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug‘ma nuqsonlari yoki jarohat asosida paydo bo‘ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik -engil, o‘rtacha va og‘ir darajada bo‘ladi.
Ruhiy og‘ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og‘ishlarning yana bir turi emotsional faoliyatining buzilishidir. Bu og‘ish turining eng og‘ir shakllari deb autizm- muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o‘z-o‘zini o‘ldirish)larni keltirsa bo‘ladi.
Bolalarning iqtidorliligi alohida og‘ish turi hisoblanadi. Bu biror-bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlab beruvchi qobiliyatlarning o‘ziga xos uyg‘unligidir. Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab balki, faoliyat mahsullari harakteriga qarab ham belgilanadi.


30





Yüklə 491,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə