Ijtimoiy pedagogika


Shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishi



Yüklə 440,66 Kb.
səhifə109/112
tarix13.04.2023
ölçüsü440,66 Kb.
#105438
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Ijtimoiy pedagogika

Shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishi — bu insonning o‘z hayotiy faoliyatining sub’yektiga aylanishi. Sub’yektlik insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va maqomi. U inson tug‘ilishidanoq unga xos bo‘lib, uning ilk psixologik namoyon bo‘lishi - bolaning jonlanishi hisoblanadi. Yosh o‘tgan sari u o‘z shakllarini o‘zgartiradi — insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo‘zg‘atuvchi sabablar paydo bo‘ladi. Inson o‘z-o‘zini anglash, muomala va faoliyat sub’yektiga aylanadi. Bu faollik ham shaklan, ham mazmunan o‘zgaradi. Insonning qanchalik yoshi o‘tsa, u shunchalik ko‘proq o‘z-o‘zini rivojlantirish sub’yekti bo‘ladi.

  • Homiylik — alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, muhtojlarga ko‘rsatiladigan yordam. Voyaga yetmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish shakli. Homiylikda vasiylikka qaraganda, ancha keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.

  • Huquqbuzarlik — biror-bir huquqni buzuvchi xatti-harakat. Huquqbuzarliklar ijtimoiy xavfli harakat va jinoyatlarga bo‘linadi.

  • O‘zaro munosabatlar — jamoada ijtimoiy-psixologik iqlimni shakllantirish asosi.

  • O‘z-o‘zini anglash inson ongining eng oliy irodasi bo‘lib, o‘zi haqidagi tasavvurlar — xulq-atvori, faoliyati, ehtiyojlarini anglashda namoyon bo‘ladi.

  • O‘z-o‘zini tarbiyalash — insonning o‘zida ijobiy xislatlarni shakllantirish va salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan, tashkillashtirilgan faoliyati.

  • O‘z-o‘zini faollashtirish — insonning o‘z shaxsiy imkoniyatlarini to‘liq aniqlashga va rivojlantirishga qaratilgan doimiy intilishi.

  • Emosional “zararlash” — bevosita emosional holatlarni (qo‘l, yuz xatti-harakatlari, intonasiya) uzatish orqali ta’sir ko‘rsatishi.

  • Empatiya — dunyoga boshqalar nazari bilan qarash, uni boshqalar kabi tushunish, boshqalarning xatti-harakatlarini ularning nuqtai nazariga ko‘ra qabul qilish va shu bilan birga o‘zining tushunchasini bildirishga qodirlik.



    Yüklə 440,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə