Ijtimoiy pedagogika


Talabalarga tavsiya etiladigan manba (material)lar



Yüklə 440,66 Kb.
səhifə32/112
tarix13.04.2023
ölçüsü440,66 Kb.
#105438
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112
Ijtimoiy pedagogika

Talabalarga tavsiya etiladigan manba (material)lar:
O‘qituvchining kommunikativ qobiliyatiga oid materiallar.
Talabalar uchun ko‘rsatmalar:
1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Berilgan manbalarga tayangan holda muammoning yechimini topish yo‘lida bir necha variantlarni ilgari suring va ularni mazmunan tahlil qiling.
3. Variantlar orasidan eng samarali yechimni ajratib oling.
4. Ajratib olingan variant asosida yechimni asoslashga urinib ko‘ring.
5. Yechimni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni:
1. Talabalar keys mohiyatini u bilan ikki-uch marta tanishish orqali, sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda yetarlicha anglab oladi.
2. Talaba sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda muammoning yechimini ifodalashi mumkin bo‘lgan bir necha varaintlarni topishga harakat qiladi.
3. Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) aniqlangan bir necha variantlar orasidan muammoning yechimini eng samarali ifodalay oladigan variantni ajratib oladi.
4. Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) ajratib olingan varant asosida yechimni bayon etadi.
5. Yechim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama qilinadi.


O‘qituvchining yechimi
1. Birinchi o‘qituvchi tomonidan garchi pedagogik talab qo‘yilayotgan bo‘lsa-da, biroq, bu talabning yuqoridagi kabi ifodalash mumkin emas. Aslida o‘qituvchining yondashuvi pedagogik talabni ifodalashi lozim. Ammo qo‘pollik, qo‘rslik bilan qo‘yilgan pedagogik talab hech qanday tarbiyaviy ahamiyat kasb etmaydi, aksincha, ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa, o‘qituvchining yondashuvi bilan o‘quvchilarda bir-birlariga nisbatan ishonchsizlik, bir-birini hurmat qilmaslik kabi sifatlar qaror topishiga zamin yaratib beradi.
2. Bir qaraganda ikkinchi o‘qituvchi tomonidan pedagogik talab buzilmoqda. Ammo, o‘quvchilarga nisbatan xayrixohlik, samimiylik o‘quvchilarga aksincha ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchining o‘zlariga nisbatan
xayrixohligini his etgan o‘quvchilar pedagogik talabga zid ish qilmaslikka harakat qilishadi.




Yüklə 440,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə