Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 56,26 Kb.
səhifə2/9
tarix12.06.2023
ölçüsü56,26 Kb.
#116732
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ijtimoiy pedagogik tadqiqot ishlarini olib borish

Reja:

KIRISH.
ASOSIY QISM.
I bob. Ijtimoiy pedagog tadqiqotlarning amaliy sharoitlari.
1.1.Ijtimoiy pedagogikaning funksiyalari.
1.2.Ijtimoiy tadqiqotlar va ularning yònalishlari.
II bob. Pedagogik tadqiqotlarning òziga xos uslubiy tamoyillari.
2.1.Pedagogik tadqiqotlarning asosiy tarkibiy elementlari.
2.2. Pedagogik tadqiqotlarning mohiyati.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda har yili muayyan sohani rivojlantirish bo‘yicha yil dasturi qabul qilinadi. Bu yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlandi. Shunga binoan, Davlat dasturi amalga oshirilyapti. Bu yilgi Davlat dasturining ko‘lami ham, marralari ham oldingilaridan ancha salmoqli, yuksak. Buni belgilangan chora-tadbirlar ijrosi uchun avvalgi yillardagiga nisbatan qariyb bir yarim barobardan ziyod mablag‘ ajratilgani ham ko‘rsatib turibdi. Bundan tashqari ta'lim sohasiga ham alohida rivoji uchun ham kòplab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni joriy etildi.Prezidentimiz “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim — yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaing hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya uqtiradi.¹ Bundan kòrinib turibdiki yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularda vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, milliy ongi va tafakkurini rivojlantirish hamisha demokratik jamiyatning eng asosiy maqsadi va matlabi bo‘lib kelgan. Tarbiyadan murod komil insonni voyaga yetkazishdir. Komillikning belgisi haq yo‘lidan borib, xalqqa foyda keltirishdan iborat. Inson kapitali qancha boy bo‘lsa, odamlarga shunchalik ko‘p foyda keltira oladi.

¹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni.




Yüklə 56,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə