Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə4/77
tarix25.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#161015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Ijtimoiy psixologiya

Shaxsning «Men» obrazi
Shaxs ijtimoiy psixologiyada, garchi uning shakllanishiga jinsi, temperamenti, irsiy belgilari kabi biologik tavsiflar ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatsa-da, ijtimoiy fenomen sifatida qaraladi.
Ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqot olib boradigan muta- xassislarning aksariyati o‘z tadqiqotlarining asosiy yadrosi sifatida G.Olport, S.Meddi, Uilyam Jeyms kabi psixologlarning nazari- yalariga tayanadi.
Ulardan biri U.Jeymsning shaxs nazariyasida shaxs «Men»i haqidagi fikrlarini to‘liq ifodalay olgan, desak bo‘ladi. U. Jeyms shaxs «Men»iga xos ikki aspektni ajratib kohsatdi: empirik «Men» va haqiqiy «Men». Empirik «Men» inson nimaniki «o‘zimniki» deb atay olgan barcha narsalar yig‘indisidir. Uning ichiga:

  • Material «Men» — o‘z ichiga shaxsning tana tuzilishi va shaxsan uning o‘zigagina tegishli bo‘lgan barcha narsalarini oluv- chi «Men» bo‘lsa;

  • Ijtimoiy «Men» — shaxsdagi uning atrofidagilar tan olgan «Men», har bir shaxsni o‘zi haqida uning atrofidagilarning fikri qiziqtiradi, albatta. Demak, shaxsning atrofida qancha alohida ijtimoiy guruhlar mavjud bo‘lsa, uning uchun shuncha ijtimoiy «Men»i mavjud bo‘ladi;

  • Psixik «Men» — individning ijtimoiy muhitda uning kim- ligini namoyon qilishiga yordam beruvchi qobiliyat va iqtidorlari- ning yig‘indisi hisoblanadi;

  • Haqiqiy yoki axloqiy «Men» — shaxsning o‘zini anglashi, o‘z-o‘ziga baho berishi doirasidan iboraldir. Zamonaviy psixo­logiyada bunday «Men»ni shaxsning markaziy bo‘g‘ini sifatida qaraladi va «Men» konsepsiya (bu ilmiy atama fanga amerikalik psixolog K.Rodjers tomonidan kiritilgan) tushunchasi orqali ifo- dalanadi.

U.Jeymsning tasvirlashicha, shaxsning ijtimoiy «Men»i ijti- moiy psixologik nazariyalar orasida uzoq vaqtdan beri va ko‘p o‘rganilgan mavzudir. Sotsiolog olimlardan biri Charlz Kuli «Shaxs oynasi» tushunchasini ishlatgan bo‘lib, bu orqali shaxs atrofidagi odamlarning unga nisbatan berayotgan bahosi va fikri- ga aynan oynaga qaraganday qaraydi, degan flkrni asoslagan. Uning fikricha, har qanday shaxs o‘ziga nisbatan atrofdagilarning berayotgan bahosi va flkrini qabul qilar ekan, o‘zini oynaga sol- gandek bo‘ladi. Bu fikrni keyinchalik Jorj Gerbert Mid va Garri Stek Sallivanlar ham rivojlantirgan. J.G. Midning fikricha, shaxs­ning o‘zini anglashi uning ijtimoiy munosabatlarining hosilasi bo‘lib, bu jarayonda u o‘ziga tashqi tomondan, go‘yoki obyektga qaragandek qarashni o‘rganadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, bunda atrofdagi butun bir ijtimoiy guruh yoki jamoa a’zolarining fikri —jamoaviy ustanovka sifatida rol o‘ynaydi. Aynan shu holat tufayli biz o‘zimizni boshqalar qanday ko‘rsa o‘shanday ko‘rishga o‘rganamiz, o‘zimizga boshqalar ko‘zi bilan qarashga o‘rganamiz. Lekin o‘sha jamoadan aynan kimningdir fikri nima uchundir bizga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, degan savol barchani qiziqtiradi. Bu savolga javob aynan jamoa a’zolarining barchasi ham biz haqi- mizda bir xilda fikr yuritmasligi va bizga bir xilda baho beraver- masliklari bilan bog’liqdir.
Bundan tashqari atrofdagilarning flkrini inobatga olishimizda qanday omillar rol o‘ynaydi, degan savol ham muhimdir. Dast- labki omil sifatida fikrlarni qabul qiluvchining yoshi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, bolalar uchun ota-onasi, o‘qituvchisining fikri muhimdir. Katta yoshdagilar uchun esa oila a’zolaridan biri, do‘sti, hamkasbi kabilar ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs bolishi mum- kin. Bu borada jins xususiyati ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Amerikalik Jon Xoelter, amerikalik o‘smir — o‘quvchila.r bilan tadqiqot o‘tkazib, shuni aniqlaganki, o‘smir qizlar o‘zining o‘g‘il bola tengdoshlarining fikrlarini ko‘proq inobatga olar ekan, o‘smir o‘g‘il bolalar esa o‘z ota-onalarining fikrlarini ko‘proq inobatga olishi aniqlangan (Hoelter J., 1984).
Shaxs «Men»i va o‘zini anglashida boshqalarning ta’siri katta, lekin buning o‘ziga xos muammoli jihati ham mavjuddir. Karl Yungning ta’kidlashicha, shaxs psixikasi tuzilishida himoya qis- mi mavjud va u Persona deb ataladi. Ana shu Persona shaxs- ning haqiqiy «Men»i va Yolg‘on «Men»i o‘rtasida muammolar- ni keltirib chiqaradi. K. Yungning fikricha, Persona, o‘ziga xos niqobga ega boiib, shaxs jamoatchilik bilan munosabatlarda o‘zinining haqiqiy «Men»inini yashirish maqsadida shu niqob- ni taqib oladi. Buning natijasida shaxs o'zining asl basharasini har doim ham va barcha ijtimoiy guruhlar oldida ham namoyon etavermaydi, natijada uning aslida qandayligini atrofidagilar bila olmaydi. K. Yungning taxmin qilishicha, Persona — bu jamiyat va shaxs o‘rtasidagi hamkorlikdir. Uning maqsadi — shaxsning haqiqiy «Men»ini yashirgan holda boshqalarda yaxshi taassurot uyg‘otishdan iboratdir. Ko‘pincha shaxs o‘zining asl holati bilan Personani chalkashtirib yuboradi. Bunday holda «Men» ham Per­sona bilan aralashib ketadi, shaxs esa ijtimoiy muhit oldida rol o‘ynovchi yolg‘onchi mavjudodga aylanib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs o‘zini o‘z niqobidagi holati bilan chalkashtirib yuboradi. K.G.Yung bunday holat individning o‘z-o‘zini ang- lashiga xavf solishini ko‘rsatib beradi. Dastlab K.Yung, undan keyin esa uning izdoshi Ester Xarding shaxsning atrofidagilar uning niqobdagi holatiga qarab bergan bahosini qabul qilishi natijasida o‘z «Men»ining haqiqiy mohiyatini to‘liq anglay ol- masligi bilan bog‘liq vaziyatlarni ham keltirib o‘tishgan. Bunday holatda shaxsning «Men» — konsepsiyasi va Personasi bir-biriga mos tushadi. Bunday bolishi shaxs uchun har doim ham istalgan holat bo’lavermaydi. Shu bois bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun shaxs faqat atrofidagilarning fikri va bahosiga suyanibgina qolmasdan, o‘zi ham o'zini tahlil qilish, o‘z kamchiliklarini tan olish orqali o‘zini anglashga va o‘zining haqiqiy «Men»ini, «Men» konsepsi- yasini rivojlantirishga harakat qilishi lozim.
Shaxs «Men»ining tuzilishiga doir turli xil yondashuvlar mav­jud bo‘lib, ular orasida eng ko‘p tarqalgani, o‘z ichiga «Men»ning uch tarkibini qamrab oladi: kognitiv (o‘zi haqida bilimlar). emot- sional (o‘z-o‘ziga baho) va xulqiy (o‘ziga munosabat). Shaxsning o‘z-o‘zini anglashining tuzilishi haqida boshqa bir yondashuv V.V. Stolinga tegishli bo‘lib. u o‘z-o‘zini anglashni tadqiq etishda eng asosiysi shaxsning oddiy tavsiflari majmuasida emas. balki ma’lum yaxlitlikda o‘zini tushunishi. o‘z identivligini aniqlashida aks etadi. degan fikrni ilgari suradi.


Ijtimoiy psixologiyada ko‘proq aynan shu yaxlitlikdagi ma’lum strukturaviy elementlar haqida gapirish mumkin. 0‘z-o‘zini ang- lashning boshqa xususiyati shundan iboratki. uning ijtimoiy- lashuv jarayonida rivojlanishi — bu nazorat etiladigan. faoliyat va muloqot diapazonining kengayishi sharoitida ijtimoiy tajribani muntazam egallash orqali aniqlashtirilib boriladigan jarayondir. 0‘z-o‘zini anglash shaxsdagi chuqur. intim tavsiflariga man­sub. Uning rivojlanishi faoliyatdan tashqarida amalga oshmaydi: faqat faoliyat jarayonidagina shaxs o‘zi haqidagi tasavvurlar bilan atrofdagilarning u haqidagi tasavvurlarini taqqoslab boradi. kerak bo‘lsa. «korreksiyalaydi».
Shaxsning o‘z-o‘zini anglash sohasi — bu «Men» obrazining yil sayin o‘zgarib borish jarayoni bo‘lib, bu jarayon davomida shaxs dastlab o‘zining boshqalardan farqliligini anglash bilan birga, o‘zini ko‘rsatishga harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini ham anglashga harakat qiladi. Undan so‘ng shaxsda o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojla- nadiki, bular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismi si- fatida qaraladi.


«Men» siymosi — ijtimoiy munosabatlarning ham shart-sharoi- ti, ham oqibatidir. Mutaxassislar shaxsda amalda birgina uning «Men» siymosini emas, balki, navbatma-navbat goh o‘zini ang- lashi, goh muayyan vaziyatda o‘zining ahamiyatini yo‘qotadigan ijtimoiy o‘zaro birgalikdagi harakatni qo‘yadigan va bir-birining o‘rnini egallab turadigan ko‘plab «Men» siymolar bo‘lishini qayd etishadi.
О‘spirinlik davriga xos bo4gan talabchanlik asosida u «men o‘zimni yomon ko‘raman» deb gapirganda yoki o‘ylaganda, bunday baho berishni o‘spirinning «Men» siymosiga beradigan barqaror tasnifi sifatida tushunmaslik kerak. Ozgina vaqtdan keyin uning o‘zi haqidagi tasavvurlari butunlay qarama-qarshi tomonga o‘zgarib qolishi ham ko‘p kuzatiladigan holatdir.
L.S. Vigotskiyning ta’rifiga ko‘ra, o‘z-o‘zini anglash bu — inson- ning o‘zi haqidagi tasavvurlarining dinamik tizimi bo‘lib, o‘zining jismoniy, intellektual va boshqa turli sifatlarini anglash bilan yuza- ga keladi. Ushbu sifatlariga o‘z-o‘zining beradigan bahosida tashqi omillar, munosabatlar ham ta’sir etishi mumkin.
O‘z-o‘zini anglash ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlash bu muammoning aynan ijti- moiy psixologik mohiyatga ega ekanligini anglashga yordam be- radi. «Men» obrazi ma’lum vaziyatlarga qarab farqlanishi mum- kin (masaian, individning o‘zini his qilishi, kayfiyati ham bunga ta’sir ko‘rsatadi), inson o‘zining muayyan fazilatlarini sezishi o‘z- o‘zini anglash natijasida yuzaga keladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə