Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə49/77
tarix25.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#161015
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Ijtimoiy psixologiya

Niqoblangan egoizm. Bu nazariya tarafdorlari n ingta’kidlashicha, altruistik harakat qilayotganda kishi o‘ziga baho berish, o‘ziga bo'lgan ishonch yoki hurmatning asosida yotgan ehtiyojlarni qondiruvchi o‘zidan qoniqish va g‘ururlanish kabi hissiyotlarni boshidan kechiradi. Bu esa odamga juda katta psixologik kuch beradi. Masalan, eridan bitta farzand bilan beva qolgan yosh ayol turmushga chiqmaydi. Uni altruist deymiz. «Bechora bolasi uchun gulday hayotini qurbon qildi», deb qodlab-quvvatlaymiz. Lekin chuqurroq tahlil qilinsa, asosiv sabab: ona turmushga chiqsa va o‘gay ota bolasiga yomon munosabatda bo‘lsa, birinchi navbatda onaning o‘zi bezovta bo‘ladi, qiynaladi. Ya’ni altruis­tik xulqning asosi opining xotirjamligini ta’minlashdir. (Far­zand xursand boisa, o‘zi xursand bodadi, xotirjam boiadi.) Yoki boshqa bir misol. Talaba uy vazifasini bajarmagan o‘rtog‘iga daf- tarini ko‘chirish uchun berib turdi. Bu bilan u go‘yoki o‘rtog‘iga manfaat kutmagan holda yaxshilik qildi, lekin buning asosida shu o‘rtog‘i uchun sevimli bo‘lish istagi yotmaydi, deb ham aytib bo‘lmaydi.
Ikkinchi nazariya tarafdorlari birinchi nazariyaga alternativa sifatida chiqishadi va ular altruistik xulqning asosida hech qanday manfaatdorlik yotmaydi, degan fikrni ilgari surishadi. Ular altru­istik xulqni tushuntirishda quyidagicha nuqtayi nazarlarni taklif etishadi:

  1. Empatiya nazariyasi. Bunda altruistik xulqdagi kishi tabiiy holatda, o‘zi ham anglamagan holda boshqalar uchun qayg‘urish va g‘amxo‘rlik qilishga moyil bo‘ladi. Bunday odamlar qiynala- yotgan kishilarni ko'rsa, o‘z-o‘zidan altruistik xulqni namoyon qiladilar.

  2. Ijtimoiy me’yortiv nazariya. Bu nazariya tarafdorlari- ning fikricha, kishi ijtimoiy rol va ijtimoiy me’yorlarni yaxshi o‘zlashtirganlari uchungina altruistik xulqni namoyon qiladi. Bunday odamlar sirasiga ayniqsa ma’lum bir dinga e’tiqod qiluv- chilar, jamiyatda mavjud bo‘lgan ma’lum bir qadriyatlarga, ijti- moiy me’yorga qat’iy amal qiluvchilar kiradi. М.: Transportda o‘zi charchagan yoki kasal bo‘lsa-da, o‘zidan kattaga joy bo‘shatish, kimningdir yukini ko‘tarishib yuborish va h.k.

Bundan tashqari altruistik xulqni tushuntirishda quyidagi yo‘nalishga asoslanuvchi nazariyalar ham mavjud. Ular altruistik xulqning asosida qanday mohiyat yotganligiga ko‘ra quyidagilarni ajratib ko'rsatishadi:
Altruistik xulqni namoyon qilayotganda boshqalarning borligi. Talaba hech kim bo‘lmagandagidan ko‘ra ko‘pchilik oldida o‘zini altruist ko‘rsatib. boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zishi mumkin, bunday hoi aksariyat odamlarga xosdir.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə