Ijtimoiy psixologiya


IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI
Shaxsni o‘rganishning ijtimoiy psixologiya
uchun o‘ziga xosligi
Shaxs u yoki bu xildagi hayot tarzini tanlash imkoniga ega 
bo‘lgan ongli va faol insondir. Ijtimoiy psixologiyada shaxsning 
shaxsiy va psixologik sifatlarini o‘rganishga katta e’tibor berila- 
di, chunki bunday m a’lumotlarni bilish va shaxslararo munosa­
batlarda hisobga olish juda muhimdir. Inson shaxsi jamiyatning 
a’zosi sifatida turli xil o‘zaro munosabatlar doirasida faoliyat yu- 
ritadi. Shaxsning shakllanish jarayoniga shaxslararo munosabat- 
lardan tashqari jamiyatdagi mavjud siyosiy doiralar va mafkuraviy 
qarashlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, mafkuraviy qarash- 
lar jamiyatdagi m a’lum bir g‘oyalar tizimi sifatida shaxsga ta’sir 
ko‘rsatib, uning psixologiyasi, dunyoqarashi, shaxsiy va ijtimoiy 
ustanovkalarining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Shaxs psixologiyasining shakllanishiga u mansub bo‘lgan 
ma’lum bir ijtimoiy guruhlarning munosabatlari ham o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro ta’sir va muloqot jarayonida shaxs- 
larning bir-biriga ta’siri sodir bo‘lishi bilan birgalikda, jamiyat­
ga, mehnatga, odamlarga, o‘zining shaxsiy sifatlariga nisbatan 
o‘z qarashlariga, ijtimoiy ustanovkalariga ta’sir o‘tkazishi sodir 
bo‘ladi. Ma’lum bir ijtimoiy muhitda yashar ekan, shaxs u yerda 
o‘ziga xos o‘ringa, obro‘ga, rolga ega bo‘ladi.
Shaxs — ijtimoiy munosabatlarning obyektigina emas, balki 
uning subyekti va faol ishtirokchisi hamdir. Shaxs — bu konk- 
ret inson, ma’lum bir davlatning, jamiyatning, guruhning (bu 
guruh ijtimoiy, etnik, diniy, siyosiy, yoshga oid va h.k. bolishi 
mumkin) vakili, o‘z atrofidagilar bilan ongli munosabat o‘rnata 
oladigan, ongli ravishda faoliyat yurita oladigan, barcha m uno­
sabatlarda o‘ziga xos insoniy qiyofani namoyon qila oladigan, 
shuningdek, o‘ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlarga ega 
bo‘lgan kishidir.


Hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasi sohasida shaxsni 
o‘rganish ustida olib borilayotgan tadqiqotlar masalasi, ay­
niqsa bu boradagi amaliy vazifalar ijtimoiy psixologiya fani- 
ning markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv 
yo'nalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan, Amerika va 
boshqa barcha g‘arb davlatlarida shaxsni o‘rganishga nisbatan 
ikki xil ijtimoiy psixologiya — «psixologik ijtimoiy psixologiya» 
va «sotsiologik ijtimoiy psixologiya» mavjud. Bu yo‘nalishIar 
bir-biriga o‘xshasada, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham 
mavjud. Ya’ni psixologik ijtimoiy psixologiya shaxs va faoliyat, 
muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik 
tuzilishi, shaxsning kognitiv, konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini 
o‘z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning ijti- 
moiy-ruhiy kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib 
borishni maqsad qilib olgan bo‘lsa, sotsiologik ijtimoiy psixo- 
logiyada esa ko‘pincha jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil 
qilish, xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, 
sinflar, guruhlar, gumanistik psixologiya kabilarga alohida urg‘u 
beriladi.
Ijtimoiy psixologiyada shaxsni o‘rganishning o‘ziga xosligini 
tushuntirish va ko‘rsatish maqsadida bu sohada ish olib bora- 
yotgan barcha olimlar o‘z qarashlarini o‘ziga xos tarzda ifodalay 
olgan. Shulardan biri D. Mayers ijtimoiy psixologiyada shaxsni 
o‘rganishning o‘ziga xosligini tahlil qilish uchun barchaga ma’lum 
bo'lgan bir ertakdan foydalanadi.
Bu ertak yoqimtoy Zolushka haqidagi ertak bo‘lib, unda quyi­
dagi cha mazmun aks ettiriladi:
Taqdir taqozosi bilan Zolushka shahzoda uyushtirgan katta 
bal (qadimda boy xonadonlar tomonidan maxsus uyushtiriladi- 
gan raqs kechasi)ga tushib qoladi va shahzodaning e’tiboriga sa- 
zovor bo‘ladi. Zolushkani qattiq sevib qolgan shahzoda uni izlab 
kelib, o‘gay onaning xonadonida ko‘rganida avvaliga tanimaydi. 
Nega?


Bu ertak shaxs va uning atrofidagi muhit munosabatlari- 
ni tushunib olish uchun juda sodda misoldir. Zolushka shah- 
zoda huzuridagi balda go‘zal, xushchaqchaq, jozibali ko£ringan 
bo‘lsa, o‘gay ona huzurida butunlay boshqacha ko‘rinadi va o‘zini 
boshqacha tutadi. Balda u o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatlar 
doirasida o‘zini go‘zal va ajoyib qiz ekanligiga ishonib aloqaga 
kirishgan boisa, o‘gay onasining uyida unga nisbatan salbiy mu­
nosabatlar ta’sirida o‘ziga nisbatan past baho berishi natijasida 
o‘zini tortinchoq, kamgap tutadi.
Fransuz filosofi Jan-Pol Sartrning ta’kidlashicha, Zolushka 
bilan sodir boigan voqeada hech qanday hayratlanarli narsa yo‘q, 
uning fikricha, biz odamlar «hamisha vaziyatlarga bogliqmiz. 
Bizni vaziyatlardan ajratib bolm aydi, vaziyatlar shaxs sifatida 
bizni va bizning imkoniyatlarimizni shakllantiradi».
Ijtimoiy psixologiya shaxsga turli xil vaziyatlarning ta’sirini 
o‘rganib, kishilar bir-birlariga qanday ta’sir ko'rsatishini va ular 
bir-birlarini qanday idrok etishlarini o‘rganadigan fan sifatida 
qiziqarlidir. Shuningdek, uning tadqiqot doirasiga barchani birdek 
qiziqtiradigan quyidagi savollar ham kiradi:
— Kishilar bir-birlari haqida nimalarni o‘ylaydilar? Biz­
ning o‘zimiz haqimizdagi tasavvurlarimiz qanchalik to‘g‘ri? 
Do‘stlarimiz haqidagisi-chi? Notanishlar haqidagi fikrlari- 
miz-chi? Bizning fikrlarimiz va harakatlarimiz orasidagi aloqa 
qanchalik ahamiyatga ega?
— Odamlar bir-birlariga qanday va qay darajada ta’sir 
o‘tkazadilar? Ijtimoiy muhit ta’siriga qanday qarshilik ko‘rsatish 
mumkin?
— Nima uchun odamlar ba’zida bir-birlarini xafa qiladilar, 
ba’zi paytlarda yordam beradilar?
Bu savollarning barchasi o‘zaro bogliq boiib, ijtimoiy psi­
xologiya ana shu savollarga javob topish bilan shug‘ullanadi. 
Qisqasini aytganda, 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə