Ijtimoiy psixologiya


ijtimoiy psixologiyada shaxsni o‘rganishning



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

ijtimoiy psixologiyada shaxsni o‘rganishning
o‘ziga xosligi shundaki, bu fan odamlar bir-birlari haqida nima


o‘ylashidan tortib, ular bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishigacha
o‘rganadigan fandir.
Shaxsning «Men» obrazi
Shaxs ijtimoiy psixologiyada, garchi uning shakllanishiga 
jinsi, temperamenti, irsiy belgilari kabi biologik tavsiflar ham 
m a’lum darajada ta’sir ko‘rsatsa-da, ijtimoiy fenomen sifatida 
qaraladi.
Ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqot olib boradigan muta- 
xassislarning aksariyati o‘z tadqiqotlarining asosiy yadrosi sifatida 
G.Olport, S.Meddi, Uilyam Jeyms kabi psixologlarning nazari- 
yalariga tayanadi.
Ulardan biri U.Jeymsning shaxs nazariyasida shaxs «Men»i 
haqidagi fikrlarini to‘liq ifodalay olgan, desak bo‘ladi. U. Jeyms 
shaxs «Men»iga xos ikki aspektni ajratib ko‘rsatdi: empirik «Men» 
va haqiqiy «Men». Empirik «Men» inson nimaniki «o'zimniki» deb 
atay olgan barcha narsalar yig‘indisidir. Uning ichiga:
• Material «Men» — o‘z ichiga shaxsning tana tuzilishi va 
shaxsan uning o‘zigagina tegishli bo‘lgan barcha narsalarini oluv- 
chi «Men» bo‘lsa;
• Ijtimoiy «Men» — shaxsdagi uning atrofidagilar tan olgan 
«Men», har bir shaxsni o‘zi haqida uning atrofidagilarning fikri 
qiziqtiradi, albatta. Demak, shaxsning atrofida qancha alohida 
ijtimoiy guruhlar mavjud bo‘lsa, uning uchun shuncha ijtimoiy 
«Men»i mavjud bo‘ladi;
• Psixik «Men» — individning ijtimoiy muhitda uning kim- 
ligini namoyon qilishiga yordam beruvchi qobiliyat va iqtidorlari- 
ning yig‘indisi hisoblanadi;
• Haqiqiy yoki axloqiy «Men» — shaxsning o‘zini anglashi, 
o‘z-o‘ziga baho berishi doirasidan iboratdir. Zamonaviy psixo­
logiyada bunday «Men»ni shaxsning markaziy bo‘g‘ini sifatida 
qaraladi va «Men» konsepsiya (bu ilmiy atama fanga amerikalik 
psixolog K.Rodjers tomonidan kiritilgan) tushunchasi orqali ifo- 
dalanadi.


U.Jeymsning tasvirlashicha, shaxsning ijtimoiy «Men»i ijti­
moiy psixologik nazariyalar orasida uzoq vaqtdan beri va ko‘p 
o‘rganilgan mavzudir. Sotsiolog olimlardan biri Charlz Kuli 
«Shaxs oynasi» tushunchasini ishlatgan bo‘lib, bu orqali shaxs 
atrofidagi odamlarning unga nisbatan berayotgan bahosi va fikri­
ga aynan oynaga qaraganday qaraydi, degan flkrni asoslagan. 
Uning fikricha, har qanday shaxs o‘ziga nisbatan atrofdagilarning 
berayotgan bahosi va flkrini qabul qilar ekan, o‘zini oynaga sol- 
gandek bo‘ladi. Bu fikrni keyinchalik Jorj Gerbert Mid va Garri 
Stek Sallivanlar ham rivojlantirgan. J.G. Midning fikricha, shaxs­
ning o‘zini anglashi uning ijtimoiy munosabatlarining hosilasi 
bo‘lib, bu jarayonda u o‘ziga tashqi tomondan, go‘yoki obyektga 
qaragandek qarashni o‘rganadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, 
bunda atrofdagi butun bir ijtimoiy guruh yoki jamoa a’zolarining 
fikri — jamoaviy ustanovka sifatida rol o‘ynaydi. Aynan shu holat 
tufayli biz o‘zimizni boshqalar qanday ko‘rsa o‘shanday ko‘rishga 
o‘rganamiz, o‘zimizga boshqalar ko‘zi bilan qarashga o‘rganamiz. 
Lekin o‘sha jamoadan aynan kimningdir fikri nima uchundir 
bizga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, degan savol barchani qiziqtiradi. 
Bu savolga javob aynan jamoa a’zolarining barchasi ham biz haqi- 
mizda bir xilda fikr yuritmasligi va bizga bir xilda baho beraver- 
masliklari bilan bog‘liqdir.
Bundan tashqari atrofdagilarning flkrini inobatga olishimizda 
qanday omillar rol o‘ynaydi, degan savol ham muhimdir. Dast- 
labki omil sifatida fikrlarni qabul qiluvchining yoshi muhim rol 
o‘ynaydi. Masalan, bolalar uchun ota-onasi, o‘qituvchisining 
fikri muhimdir. Katta yoshdagilar uchun esa oila a’zolaridan biri, 
do‘sti, hamkasbi kabilar ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs bolishi mum­
kin. Bu borada jins xususiyati ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. 
Amerikalik Jon Xoelter, amerikalik o‘smir — o‘quvchilar bilan 
tadqiqot o‘tkazib, shuni aniqlaganki, o‘smir qizlar o‘zining o‘g‘il 
bola tengdoshlarining fikrlarini ko‘proq inobatga olar ekan, o‘smir 
o‘g‘il bolalar esa o‘z ota-onalarining fikrlarini ko‘proq inobatga 
olishi aniqlangan (Hoelter J., 1984).


Shaxs «Men»i va o‘zini anglashida boshqalarning ta’siri katta, 
lekin buning o‘ziga xos muammoli jihati ham mavjuddir. Karl 
Yungning ta’kidlashicha, shaxs psixikasi tuzilishida himoya qis- 
mi mavjud va u Persona deb ataladi. Ana shu Persona shaxs­
ning haqiqiy «Men»i va Yolg‘on «Men»i o‘rtasida muammolar- 
ni keltirib chiqaradi. K. Yungning fikricha, Persona, o‘ziga xos 
niqobga ega boiib, shaxs jamoatchilik bilan munosabatlarda 
o‘zinining haqiqiy «Men»inini yashirish maqsadida shu niqob- 
ni taqib oladi. Buning natijasida shaxs o'zining asl basharasini 
har doim ham va barcha ijtimoiy guruhlar oldida ham namoyon 
etavermaydi, natijada uning aslida qandayligini atrofidagilar bila 
olmaydi. K. Yungning taxmin qilishicha, Persona — bu jamiyat 
va shaxs o‘rtasidagi hamkorlikdir. Uning maqsadi — shaxsning 
haqiqiy «Men»ini yashirgan holda boshqalarda yaxshi taassurot 
uyg‘otishdan iboratdir. Ko‘pincha shaxs o‘zining asl holati bilan 
Personani chalkashtirib yuboradi. Bunday holda «Men» ham Per­
sona bilan aralashib ketadi, shaxs esa ijtimoiy muhit oldida rol 
o‘ynovchi yolg‘onchi mavjudodga aylanib qoladi. Boshqacha qilib 
aytganda, shaxs o‘zini o‘z niqobidagi holati bilan chalkashtirib 
yuboradi. K.G.Yung bunday holat individning o‘z-o‘zini ang- 
lashiga xavf solishini ko‘rsatib beradi. Dastlab K.Yung, undan 
keyin esa uning izdoshi Ester Xarding shaxsning atrofidagilar 
uning niqobdagi holatiga qarab bergan bahosini qabul qilishi 
natijasida o‘z «Men»ining haqiqiy mohiyatini to‘liq anglay ol- 
masligi bilan bog‘liq vaziyatlarni ham keltirib o‘tishgan. Bunday 
holatda shaxsning «Men» — konsepsiyasi va Personasi bir-biriga 
mos tushadi. Bunday bolishi shaxs uchun har doim ham istalgan 
holat bolavermaydi. Shu bois bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun shaxs 
faqat atrofidagilarning fikri va bahosiga suyanibgina qolmasdan, 
o‘zi ham o'zini tahlil qilish, o‘z kamchiliklarini tan olish orqali 
o‘zini anglashga va o‘zining haqiqiy «Men»ini, «Men» konsepsi- 
yasini rivojlantirishga harakat qilishi lozim.
Shaxs «Men»ining tuzilishiga doir turli xil yondashuvlar mav­
jud boiib, ular orasida eng ko‘p tarqalgani, o‘z ichiga «Men»ning


uch tarkibini qamrab oladi: kognitiv (o‘zi haqida bilimlar), emot­
sional (o‘z-o‘ziga baho) va xulqiy (o‘ziga munosabat). Shaxsning 
o‘z-o‘zini anglashining tuzilishi haqida boshqa bir yondashuv 
V.V. Stolinga tegishli bo‘lib, u o‘z-o‘zini anglashni tadqiq etishda 
eng asosiysi shaxsning oddiy tavsiflari majmuasida emas, balki 
ma’lum yaxlitlikda o‘zini tushunishi, o‘z identivligini aniqlashida 
aks etadi, degan fikrni ilgari suradi.
Ijtimoiy psixologiyada ko‘proq aynan shu yaxlitlikdagi ma’lum 
strukturaviy elementlar haqida gapirish mumkin. 
0
‘z-o‘zini ang- 
lashning boshqa xususiyati shundan iboratki, uning ijtimoiy­
lashuv jarayonida rivojlanishi — bu nazorat etiladigan, faoliyat 
va muloqot diapazonining kengayishi sharoitida ijtimoiy tajribani 
muntazam egallash orqali aniqlashtirilib boriladigan jarayondir. 
0
‘z-o‘zini anglash shaxsdagi chuqur, intim tavsiflariga man- 
sub. Uning rivojlanishi faoliyatdan tashqarida amalga oshmaydi: 
faqat faoliyat jarayonidagina shaxs o‘zi haqidagi tasavvurlar bilan 
atrofdagilarning u haqidagi tasavvurlarini taqqoslab boradi, kerak 
bo‘lsa, «korreksiyalaydi».


Shaxsning o‘z-o‘zini anglash sohasi — bu «Men» obrazining 
yil sayin o‘zgarib borish jarayoni bo‘lib, bu jarayon davomida 
shaxs dastlab o‘zining boshqalardan farqliligini anglash bilan 
birga, o‘zini ko‘rsatishga harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish 
qobiliyatini ham anglashga harakat qiladi. Undan so‘ng shaxsda 
o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojla- 
nadiki, bular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismi si­
fatida qaraladi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə