Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy muhitning shaxsga ta’sirida ijtimoiy nazorat



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Ijtimoiy muhitning shaxsga ta’sirida ijtimoiy nazorat
shakllarining o‘rni
Har qanday shaxs ma’lum bir jamiyat a’zosi sifatida yashar 
ekan, faoliyat ko‘rsatar ekan, u albatta ana shu jamiyat tomonidan 
o‘rnatilgan ijtimoiy nazoratga amal qilishga harakat qiladi.


Ijtimoiy nazorat 
— bu shaxsning xulqiga, qadriyatlariga, tasav- 
vurlariga va ustanovkalariga nisbatan jamiyatdagi guruhlarning 
yoki jamoatchilikning ta ’siridir. Ijtimoiy nazoratga ekspektatsi- 
ya, me’yor va sanksiyalar kiradi. 
Ekspektatsiya
— aynan shaxsga 
nisbatan atrofdagilarning kutish shaklidagi talablaridir. 
Ijtimoiy
m e’yor —
ma’lum vaziyatlarda shaxsning nima deyishi, o‘ylashi, 
his qilishi, nima qilishini ko‘rsatuvchi namunalar yig‘indisidir. 
Ijtimoiy sanksiyalar — ijtimoiy nazoratning muhim vositalaridan 
biri sifatida shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan ta’sir choralaridir.
Ijtimoiy nazoratning shakllari —
bu shaxsning jamiyatdagi hayoti 
va turli xil guruhlardagi faoliyatini boshqarish usullaridir. Ijtimoiy 
nazoratning ko‘proq tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat:
1. Qonun — davlat miqyosida shaxslarning rasmiy munosa­
batlarini nazorat qiluvchi va yuridik kuchga ega boigan me’yortiv 
aktlar yig‘indisi.
2. Tabu — shaxsning biror-bir fikri yoki harakatlariga nisbatan 
cheklovlar tizimini qamrab oladi.
3. Urf-odat — yoshlikdan o‘zlashtiriladigan vajamoaviy odatli- 
lik xarakteriga ega. Urf-odatning asosiy belgisi tarqalganlikdir. 
Urf-odat jamiyatda ma’lum bir davrga xos boigan va vaqtincha 
davom etuvchi tavsifga ega.
4. A n’ana — shunday urf-odatki, ma’lum bir xalq madaniyati 
bilan bogliq holda shakllangan, avloddan avlodga o‘tuvchi, xalq- 
ning mentaliteti bilan aniqlanadi. Urf-odat va an’analar ommaviy 
harakatlarni qamrab oladi va jamiyat integratsiyasida muhim rol 
o‘ynaydi. Ma’naviy ahamiyatga ega va aynan guruh yoki jam i­
yatda yaxshilik va yomonlikni tushunish bilan bogliq boigan 
maxsus urf-odatlar mavjud.
5. Axloq — ma’lum bir davrda jamiyat kishilarining xulq-at- 
vorida, xatti-harakatlarida, o‘zaro muloqot jarayonida o‘z aksini 
topadigan ijtimoiy kategoriyadir.
6. Odat — shaxs hayotida ko‘p takrorlanaverganligidan av- 
tomatlashganlik darajasiga aylanib qolgan, anglanilmagan holda 
bajariladigan harakat shaklidir.


7. 
Etiket (etiket me’yorlari) — odamlarga nisbatan ijobiy va 
xayrixohlik bilan muloqotga kirishishda munosabatlarning tashqi 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan o‘zini tutish qoidalari. Ammo 
bunday odoblilik orqasida ba’zan ichiqoralik va shaxsga nisba­
tan behurmatlik munosabatlari yashiringan bo‘lishi ham mum­
kin. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu 
m e ’y o r n i 
baja- 
rishda shaxsning odamlar bilan munosabatida uning samimiyligi 
yo£qolishi mumkin.
Shunday bo‘lsa ham, «semiz janjaldan, ozg‘in tinchlik yaxshi».
Jamiyatning har bir a’zosi interiozatsiya jarayoni va natijasi 
tufayli individ tomonidan doim ham anglanilmaydigan ijtimoiy 
nazoratning kuchii psixologik ta’siri ostida boladi.
Bulardan tashqari shaxsning jamiyatdagi xatti-harakati va 
xulq-atvorini nazorat qilib turuvchi nazorat shakllari ham mav­
jud bo‘lib, ulardan biri ijtimoiy me’yorlardir.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə