Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

(38-hadis), «Hech bir ota o‘z farzandiga xulqu odobdan buyukroq
meros berolmaydi» (136-hadis).
Ijtimoiy me’yorlarning kelib chiqishi
Atrofimizni qurshab turuvchi borliq (tashqi olam)dagi mavjud 
boim ish barcha narsa va hodisalar o‘z rivojlanish va kelib chiqish 
tarixiga ega. Xuddi shuningdek me’yorlar ham.
Ijtimoiy me’yorlarning turli ko‘rinishlari bir vaqtning o‘zida 
yuzaga kelmagan, balki zaruriyat tug‘ilganligiga qarab birin-ke- 
tin vujudga kela boshlagan. Jamiyat rivojlangan sari ular murak- 
kablashib borgan. Olimlarning ta’kidlashicha, ijtimoiy me’yorning 
dastlabki turlari ibtidoiy jamiyatda marosimlar (ritual) bo‘lgan. 
Marosim — oldindan bajarilishining qat’iy shakli belgilangan 
asosiy va muhim boigan o‘zini tutish qoidalari. Marosimning 
o‘zi unchalik muhim emas — eng asosiysi uning shaklidir. Ibti­
doiy odamlarning hayotidagi ko‘p hodisalar rituallar (marosim­
lar) yordamida o'tkazilgan. Bizga m aium ki, qabiladoshlarni 
ovga yuborish, sardorlik lavozimini egallash, sardorlarga sovg‘a 
taqdim etish marosimlari boigan. Marosimlardan so‘ng udum- 
lar ajrala boshladi. Udumlar o‘zida ramziy ma’nodagi harakat-


larni o‘tkazishdagi ba’zi qoidalarni aks ettiradi. Marosimlardan 
farqli o‘Jaroq udumlarda shunday xususiyat borki, ular axloqiy 
(ideal) maqsadli va odam psixikasiga chuqur ta ’sir ko‘rsatadi. 
Insoniyatning yangi va yuqoriroq rivojlanish bosqichlarining 
ko‘rsatkichlari bo‘lmish odatlar keyingi davrlarda rivojlangan ijti­
moiy me’yorlardir.
Ibtidoiy davrda rivojlangan yana bir ijtimoiy me’yor turi bu 
diniy me’yorlardir. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchi oldida o‘zining 
zaifligini sezar va uni xudoning kuchi deya qabul qilishar- 
di. Dastlab, diniy sig‘inish obyekti aniq bir buyum — «fetish» 
bo‘lgan. Keyinchalik odamlar biror-bir hayvon yoki o‘simlikka
— «totem»ga sig'inishgan, chunki uni o‘zining himoyachisi va 
ajdodlari deb hisoblashgan.
Ilk ibtidoiy jamiyatda odat va diniy me’yorlar bilan paral­
lel ravishda axloq m e’yorlari ham shakllangan bo‘lib, ularni 
ijtimoiy me’yorlar deb atash mumkin. Ularning vujudga kelgan 
vaqtini aniqlab bo‘lmaydi. Faqat shuni aytish m um kinki, axloq 
insoniyat jam oatchiligi bilan birga yaraladi va ijtimoiy nazorat- 
ning eng m uhim shakllaridan biri hisoblanadi. Davlatlarning 
paydo bo‘lishi bilan birga dastlabki huquqiy m e’yorlar yuzaga 
kelgan.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə