Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy me’yor turlari va ularning shaxs xususiyatlarini



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Ijtimoiy me’yor turlari va ularning shaxs xususiyatlarini
shakllantirishda tutgan o‘rni
Shaxs tomonidan qo‘llaniluvchi barcha me’yorlar 2 guruhga 
bo‘linadi:
1. Ijtimoiy texnik (noijtimoiy) me’yorlar.
2. Ijtimoiy me’yorlar.
Ular orasidagi farq nazorat predmetiga ko‘ra aniqlanadi. Ay- 
taylik, ijtimoiy me’yorlar insonlar va ular o‘rtasidagi munosabat- 
ni nazorat qilsa, texnik me’yorlar inson va tashqi dunyo, tabiat, 
texnika vositalari o‘rtasidagi munosabatni nazorat qiladi. Bular: 
«inson — mashina», «inson — mehnat quroli», «inson — ishlab 
chiqarish» kabi munosabatlar.


1. NOIJTIMOIY M E’YORLARni bajarish odamga o‘z faoli- 
yatida texnika yutuqlaridan, tabiiy va sun’iy obyektlardan foydala- 
nishga imkon yaratadi va shu bilan birga buni nazorat qiladi. Ularga 
texnika, qishloq xo‘jaligi, iqlim bilan bog‘liq, fiziologik, biologik, 
fizik, ximik, sanitar-gigiyenik kabi me’yorlar taalluqli. Texnik va 
boshqa noijtimoiy me’yorlarga rioya etmaslik tabiat kuchi yoki 
moddiy obyektlar tomonidan odamlarning aniq qilmishlari uchun 
negativ, ya’ni yomon oqibatlarga olib keladi. Masaian, agrotexnik 
qoidalarini buzish hosildorlikning tushib ketishiga sabab bo‘ladi. 
Agar texnikaviy me’yorlar bajarilmasa, Chernobl atom elektr stan- 
siyasidagi kabi falokat sodir bo‘lishi mumkin.
2. IJTIMOIY M E’YORLAR insonlar o‘rtasidagi munosa­
batlarni boshqaruvchi harakatlar qoidasidir. Bu o‘z navbatida 
shunday tusdagi barcha vaziyatlarda keng qo‘llaniladigan va 
ta’riflangan vaziyatga tushib qolganlarning hammasi bo‘ysunishi 
shart bo‘lgan, bir odamning boshqa odamga nisbatan o‘zini tu- 
tish qoidalarining masshtab, namuna va standartidir.
Me’yorlarning turlari.
Ijtimoiy me’yorlarni 3 asosga ko‘ra tasniflash mumkin:
1) jamoatchilik munosabatlarini nazorat qilish sohasi bo‘- 
yicha;
2) kelib chiqish usuliga ko‘ra;
3) mustahkamlanish usuliga ko'ra.
Jamoatchilik munosabatlarini nazorat qilish sohasi bo‘yicha 
ijtimoiy me’yorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: udum, marosim, 
odat, urf-odat, huquqiy, axloqiy me’yorlar, koorporativ me’yorlar, 
siyosiy me’yorlar, diniy tashkilot me’yorlari, talabalar yotoqxonasi 
me’yorlari, estetik me’yorlar, etiket me’yorlari kabilar.
Odatiy meyorlar
bu muhrlanib qolgan, ma’lum faoliyat jara- 
yonida ko‘p va takroran qo‘llanilishi natijasida shakllangan o‘zini 
tutish qoidalaridir. Odatga aylanayotgan u yoki bu me’yor o‘zining 
baholovchilik xarakterini yo‘qotadi, uning bajarilishi asosida yo- 
tuvchi darajalar esa uning mavjudligi va odatiyligi oldida 2-dara- 
jali boiib qoladi.


Urf-odat m e’yorlari 
odat me’yorlarining bir qismi boiib, bu 
oilaviy, milliy va shu kabi qoidalarni saqlab qolish bilan bog‘liq 
boigan, tarixan rivojlangan va nasldan naslga o‘tuvchi umum- 
lashgan qoidalardir.
Diniy m e’yorlar —
dindorlarning xudoga, machitga, cher- 
kovga, bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarni tashkil 
qilish va ularga amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor qoi- 
dalaridir.
Siyosiy m e’yorlar —
qoiga olish, ushlab turish va ommaviy si- 
yosiy boshqarishni qoilash bilan siyosiy guruhlardagi munosabat- 
larni nazorat qiluvchi axloqiy me’yorlardir. Siyosiy me’yorlar xalq 
va ijtimoiy guruhlarning davlat boshqaruvida, davlat tashkilotlari 
hamda jamiyatning boshqa siyosiy tizimidagi tashkilotlar bilan 
munosabatlaridagi ishtirokini nazorat qiladi.
Iqtisodiy m e’yorlar —
ishlab chiqarish, moddiy boylik taqsimoti 
va iste’moli bilan bogiiq boigan ommaviy munosabatlarni na­
zorat qiluvchi axloqiy qoidalar.
Huquqiy m e’yorlar (ichki va xalqaro) —
barchaga majburiy 
boigan, maxsus davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan, 
shakllanadigan, tasdiqlanadigan va davlat tomonidan nazorat 
qilinadigan shaxslarning o‘zini tutish qoidalari. Ular qonunlar, 
farmoyishlar, ustavlarda e’tirof etiladi va me’yoriy aktlarda aks 
etadi.
Koorporativ m e’yorlar —
turli tashkilotlar o‘rtasidagi, tashkilot 
a’zolari o'rtasidagi munosabatlarni nazorat qiluvchi axloqiy qoi­
dalar.
Axloqiy m e’yorlar 
— jamoatchilikda odamlarning yaxshihk va 
yomonlik, adolat va adolatsizlik, majburiyat, g‘urur, qadr-qim- 
mat kabi axloqiy tushunchalarga muvofiqlikda o‘rnatiluvchi odob 
me’yorlaridir. Axloqiy me’yorlarni buzishdagi sanksiyalar vijdon- 
ning qiynalishi va qilgan ishidan afsuslanishi. Lekin jamoatchilik 
tomonidan qabul qilingan axloqiy me’yorlarni buzganlarga ular to ­
monidan jazo berilishi mumkin. Axloqda me’yor va qarash o‘rtasida 
aniq farq mavjud emas. Bir odam uchun xatti-harakatlar qoidasi


hisoblangan hodisa — boshqasi uchun majburiy bo‘lmagan, ammo 
imkoniyat darajasida bajarish mumkin bo'lgan qarashdir. Shunday 
bo‘lsa ham, jamoatchilikka xos axloq qoidalari ham mavjud. U 
keng tarqalgan va butun jamiyat uchun zarur bo‘lgan me’yorlarni 
o‘z ichiga oladi.
IJTIMOIY ME’YOR
Jamoatchilik mu- 
nosabatlarini na­
zorat qilish sohasi
Shakllanish usuliga 
ko‘ra
Mustahkamlanish 
usuliga ko'ra
i


Bu eng avvalo odamlarning boshqalarga nisbatan ijtimoiy sifat- 
larining namoyon bo‘Jishi — gumanizm, rahm-shafqatlilik, xay- 
rixohlik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, adolatlilik me’yorlaridir. Bu 
m e’yorlar o‘zida axloqiy qadriyatlarni namoyon etadi va ularning 
himoyasi jamiyatning ko‘p a’zolarini birlashtiradi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə