Ijtimoiy psixologiya


Mustahkamlanish usuliga ko‘ra



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Mustahkamlanish usuliga ko‘ra 
quyidagilarga bo‘linadi:
Og'zaki
— odatlar, urf-odat, axloqiy me’yorlar avloddan av- 
lodga og‘zaki (og‘izdan — og‘izga) o‘tib keladi.
Yozma —
huquqiy me’yorlar yozma ravishda tasdiqlanganidan 
va maxsus hujjatlarda (qaror qonun, farmoyish) bosib chiqaril- 
ganidan so‘ng o‘zining majburiy ko‘rinishi va huquqiy himoyasiga 
ega bo‘ladi.
Barcha m e’yorlar quyidagi umumiy xususiyatlarga ega bo‘ladi:
• hozirgi davr va muhitga xos tipik, me’yorl «o‘zini tutish» qoi- 
dalarining standart (namuna, etalon)ini o‘zida namoyon etadi;
• majburiy va imkoniyat darajasidagi o‘zini tutish qoidalari- 
ning chegarasini belgilaydi, ijtimoiy yoqlangan harakatlarni tan- 
lashda mo‘ljal sifatida xizmat qiladi va shu bilan birga shu harakat 
nazoratining vositasi hisoblanadi;
• insonlarning hayot faoliyati jarayonida shakllanadi va shu 
ma’noda jamiyatdan ajralmasdir;
• jamoatchilik munosabatlarining tartibi va tashkiliyligini 
ta’minlash uning yagona maqsadidir.
Ba’zan shaxs kimgadir biror-bir ish yuzasidan shunchaki 
yordam berishga harakat qiladi, masaian, yangi ko‘chib kelgan 
qo‘shniga yangi joyga moslashishda yordam berishi. Bunga bizni 
jamoatchilik me’yorlarini qabul qilib ulgurgan ichki hissiyotlari- 
miz majbur qiladi. Me’yor — ijtimoiy kutish sifatida shaxs xul- 
qining me’yorlarini belgilab beradi va unga o‘z majburiyatlarini 
eslatib turadi.
Ijtimoiy sanksiya va uning turlari
Ijtimoiy sanksiya tushunchasi ostida jamiyat uchun aha- 
miyatga ega vaziyatda shaxsning xatti-harakatlariga nisbatan


ijtimoiy guruh yoki jam oatchilikning munosabati tushuniladi. 
Yana ham aniqroq qilib aytganda, ijtimoiy sanksiya — bu jam i- 
yatdagi me’yorlarni jamiyat a’zolari tomonidan bajarilishi yoki 
bajarilmasligiga nisbatan boshqa bir kishilar tomonidan bildiri- 
ladigan jazolash yoki rag‘batlantirish yo‘llaridir. Sanksiyalarni 
bu ma’noda ijobiy yoki salbiy sanksiyalarga ajratish mumkin. 
Masalan, ijtimoiy m e’yorlar bajarilgan holatda ijobiy sanksi- 
yalar qo‘llanilsa, me’yorga amal qilinmaganda salbiy sanksi- 
yalar qo‘llaniladi.
Shaxs jamiyatdagi mavjud biror turdagi me’yorni buzganda 
o‘ta qattiq sanksiyalar — davlatdan quvg‘in qilish, o‘lim jazosi, 
qamoq jazosi kabilar qo‘llaniladi. Sanksiyalarning eng og‘iri tabu 
(axloqiy me’yorlarga qaraganda ancha jiddiy taqiq) va yuridik qo- 
nunlarni (masalan: odam o‘ldirish, davlat sirlarini sotish) buzish- 
ga nisbatan qollanilsa, eng yumshog‘i — guruhiy me’yorlarning, 
shu jumladan oilaviy me’yorlarning (ro‘mol o‘ramaslik) alohida 
ko‘rinishlarini buzish kiradi. Ammo shunday guruhiy odat yoki 
udumlar yoki me’yorlar mavjudki, ular juda qadrlanadi va ular­
ning buzilishiga yoki ularga amal qilmaslikka qarshi ham qattiq 
choralar, sanksiyalar qo‘llaniladi.
Ba’zan bir vaziyatda bir necha ijtimoiy me’yor qoidalari va 
ularni nazorat qiluvchi sanksiyalar mavjud bo‘ladi. Bu esa o‘z 
navbatida shaxsning ko‘p qirrali, har tomonlama tartibli bo‘lib 
rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Olimlar tomonidan sanksiyaning verbal va noverbal tur­
lari ajratilgan. Bundan tashqari yana to‘rt turi ajratilgan bo‘lib, 
ular: pozitiv, negativ, formal, noformal. Ular yana to‘rt tipdagi 
uyg‘unlikni namoyon etadi.
Sanksiyalarning mavjudligi kishilarni ijtimoiy m e’yorlarga 
amal qilishga chorlaydi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy 
m e’yorlarga amal qilgan yoki qilmagan shaxs jamiyat a ’zolari 
tomonidan turli xil sanksiyalarga duch kelishini bilgani va ang- 
lagani holda mavjud me’yorlarni qabul qilib, ularga amal qila­
di.


Pozitiv (ijobiy)
Negativ (salbiy)
Rasmiy
Rasmiy-pozitiv 
sanksi- 
yalar 
(R+) 
jam oatchilik 
oldida 
shaxsning 
rasmiy 
tashkilotlar 
tom onidan 
ragtbatlantirilishi — huku- 
mat sovrinlari, davlat me- 
dallari, stipendivalar.
Rasmiy-negativ 
sanksiya 
R — yuridik qonunlar, hu- 
kum at qarorlari, buyriiq va 
fa rmoyishla rid a ko'rsatilgan 
jazolashlar — qam oq jazosi
fuqarolik huquqidan m ah- 
rum etish, ishdan bo'shatish, 
jarim a solish, m ulkni muso- 
dara qilish kabi jazolar.
Norasmiy
Norasmiy-pozitiv 
sanksiya
(N +) — rasmiy tashkilotdan 
chetdaboim aganjam oatchi- 
lik oldida rag'batlantirish: 
kom pliment, olqishlash.
Norasmiy-negati v 
sanksi-
yalar
(N ) — rasmiy bosqich 
va y o i-y o 4riqiar bilan ko'rib 
chiqilm agan jazolar: tanbeh, 
ustidan kulish.
Tadqiqotchilar ijtimoiy me’yorlarning buzilishiga nisba­
tan bee’tiborlik yoki me’yorga amal qilinmaganda sanksiya 
qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligi holatini o‘rganish maqsadida 
odamlarga so'rovnoma bilan murojaat qilganlar. So‘rovnomaga 
kiritilgan quyidagi savolga nisbatan bildirilgan munosabatlar 
orqali ma’lum bir vaziyatda jamiyat a’zolari tomonidan sanksiya 
qanchalik tez-tez qo‘llanilishi o‘rganilgan. Savol va unga beri- 
ladigan javob variantlari quyidagicha: 
Siz jamoat transportidasiz.
Avtobusga yoshi katta ayol chiqdi. U qo‘Jida og‘ir yuk bilan bir yosh
o'smir bolaning oldiga keldi. Bola esa ayolni ko‘ra turib unga joy
bermadi. Bunday holda Siz:
a) E 'tibor bermayman (bu holatga aralashmayman)
b) Bolaga 
o‘qrayaman 
yoki 
ichimda 
uni 
yoqlamay
o‘tiraveraman
d) Bolaga tanbeh beraman (so‘zlar orqali)
Yoshi, millati va jinsi turlicha bo‘lgan 25 ta odamga ushbu 
so'rovnoma bilan murojaat qilingan. Uning natijalari quyidagi 
diagramma orqali ko‘rsatiladi:


E’tibor bermayman
Tanbeh beraman
0 ‘qrayaman

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə